2-Amaliy mashg’ulot Piroliz va kreking jarayonlarini o‘rganish Peja



Download 326,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana06.09.2021
Hajmi326,3 Kb.
#165971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Амалий ОМС

С

4

Н

10

 

 



Siklik  uglevodorodlar  pirolizida  yon  zanjir  parchalanadi,  undan  tashqari 

naften xalqasini ochilishi bilan olefinlar hosil bo‘ladi: 

 

Piroliz radikal-zanjirli mexanizm asosida sodir bo‘ladi. Jarayonning nazariy 



asoslarini yaratishda N.N. Semenov, V.V. Voevodskiy, A.I. Dinses va boshqalar 

katta hissa qo‘shgan. 

Radikal-zanjirli mexanizm uch bosqichdan iborat: initsiirlash (faol markaz 

hosil bo‘lishi); zanjirning davom etishi; zanjirning uzilishi. Parafmlar piroliz 

jarayoni mexanizmini, etan misolida ko‘ramiz. 

 



 

 

 



Piroliz natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlar unumi, destruksiyaga uchrash 

darajasi xomashyoning uglevodorod tarkibiga bog‘liq. C2-C4 tarkibli gazlar, 

benzin va gazoyl fraksiyalaridagi n-parafinlarni piroliz qilish natijasida, asosan 

pirogaz hosil bo'ladi (7-jadval). 

7-jadval 

Hosil bo'layotgan pirogazni uglevodorod xomashyosi tarkibiga bog‘liqligi 

Hosil bo'luvchi kom-

ponentlar, % (mass.) 

Etan pirolizi - 

850-900°C 

Butan pirolizi - 

800850°C 

Birlamchi haydalgan 

benzin pirolizi - 800-900°C 

Engil gazoyl 

pirolizi - 750-800°C 

Vodorod 

3,4 


1,3 

1,0 


0,7 

Metan 


3,4 

21,6 


16,6 

11,5 


Atsetilen 

0,2 


0,4 

0,4 


0,3 

Etilen 


48,7 

37,8 


29,3 

25,0 


Etan 

39,3 


5,1 

4,0 


3,4 

Propilen 

1,1 

17,3 


16,4 

14,5 


Divinil 

1,1 


3,6 

5,6 


5,1 

Butenlar 

0,2 

1,5 


4,4 

3,9 


Benzol 

0,6 


2,5 

7Д 


7,0 

Og‘ir smola 

0,1 

0,6 


5,2 

9,1 


 

Tarmoqlanmagan normal tuzilishli parafin uglevodorodlar pirolizi natijasida 

eng ko‘p past olefinlar hosil bo‘ladi. 7-jadvaldan etanni pirolizida etilenning unumi 

eng ko‘p  ekanligi ko‘rinib turibdi. Uglevodorodlarni molekulyar og'irligi ortishi 

bilan etilen hosil boiishi kamayadi, C4 olefinlar miqdori ko'payadi, etilen va 

propilen nisbati kamayadi. Izoparafinlar qiyinroq pirolizlanadi va hosil bo‘ladigan 

olefinlar miqdori kam bo'ladi. 



Sanoatda piroliz jarayoni isitiladigan trubasimon pechlarda olib boriladi. 

Jarayonga quyidagi texnologik parametrlar ta’sir etadi: harorat, xomashyoni 

reaktorga kelish vaqti va suv bug’i konsentratsiyasi (suyo’ltirgich). Harorat 

ko'tarilishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Piroliz jarayoni unumdorligi xomashyoni 

reaksiya muhitida bo‘lish vaqtiga bog‘liq. Suv bug’ini piroliz reaktorlariga 

yuborishdan asosiy maqsad, uglevodorodlarni parsial bosimini pasaytirish va oraliq 

reaksiyalar tezligini kamaytirishdan iborat. Suv bug’i konsentratsiyasi ortishi bilan 

etilen, buten, butadien hosil bo‘lishi ko‘payadi, aromatik uglevodorodlar unumi 

kamayadi Trubasimon piroliz pechi 4-rasmda ifodalangan. Piroliz jarayoni 850-

870 °C sodir bo‘ladi. 

Gazsimon yoki suyuq yoqilg‘i 2-panelli gorelkada yuboriladi va u yerda 

yonadi. Piroliz pechining 3-radiant seksiyasida 4-ta vertikal trubalar mavjud bo‘lib, 

u yerda piroliz jarayoni sodir bo‘ladi. Reaktordagi jarayon haroratining doimiy 

bo‘lishiga aloxida e’tibor qaratiladi. Qisman sovutilgan gazlar  5-konveksiya 

kamerasiga o‘tadi, u yerda issiqlik konveksiyasi hisobiga issiqlik almashinish sodir 

bo‘ladi. Bu yerdagi trubalar seksiyasida xomashyo va bug’-  suyo’ltirgich kerakli 

haroratgacha qizdiriladi, shundan so‘ng ular trubalarning radiant seksiyasiga keladi 

va piroliz mahsulotlari keyingi qayta ishlash bosqichiga ketadi. Yoqilg‘i gazning 

issiqligi utilizatsiyalanadi va atmosferaga chiqariladi. 

 

4-rasm. Piroliz pechining sxemasi: 



1-korpus; 2-panel gorelkalar; 3-radiant kameralar; 4-vertikal trubalar; 5-

koveksion kamera. 

Benzinni piroliz qilish texnologik sxemasi 5-rasmda ifodalangan. Piroliz 

jarayoni 1-trubasimon pechda olib boriladi, uning gorelkasiga yoqilg‘i va havo 

yuboriladi. Yonuvchi gazlarning konveksiya kameralaridan chiqadigan issiqligidan 

2,3 va 4-issiqlik almashtirgichlarda piroliz jarayoniga kelayotgan uglevodorod 

xomashyosini bug’latish va isitish, suv kondensatini isitish uchun foydalaniladi. 



 

5-

rаsm. Bеnzinni pirоliz qilish tехnоlоgik sхеmаsi: 



1-

pirоliz  pеchi;  2-4, 11-issiqlik  аlmаshtirgichlаr;  5,8-utilizаtоr    qоzоnlаr;  6- 

bug’ yig’gich; 7- 

оg’ir frаksiya kоlоnnаsi; 9-nаsоslаr; 10-fil’trlаr; 12-еngil frаksiya 

kоlоnnаsi;  13-sеpаrаtоr;  14-аylаnmа  suvni  tоzаlаsh    blоki;  15-аylаnmа  suv 

issiqligini  

               

rеkupеrаtsiya qilish blоki; 16- sоvutgich.   

 

Piroliz mahsulotlari 1-trubasimon pechdan 850-870 °C haroratda chiqadi. 



Olefinlarni polimerlanishi va smolalanishini oldini olish uchun ularni 500-700 °C 

haroratgacha tez sovutiladi, ya’ni chiniqtirishga uchratiladi. CHiniqtirish uchun 

chiniqtirish-bug’latish jixozlari (ZIA) qo‘llaniladi. Ular gaz trubali 5-utilizator 

qozondan iborat. Piroliz mahsulotlarini trubalarda yuqori chiziqsimon tezlik bilan 

harakatlanishi natijasida og‘ir zarrachalarni devorga yopishish extimoli yo‘qoladi, 

issiqlik uzatish koeffitsienti ortadi va 350-400 °C gacha tez sovutish amalga 

oshiriladi. ZIA apparatiga kelayotgan suv kondensatining issiqligi hisobiga, yuqori 

bosimdagi (11-13 MPa) bug’ hosil bo‘ladi, u 6-chi yig‘gichda to‘planadi, so‘ngraI-

pechning  birorta seksiyasida 450 °C gacha isitiladi va trubokompressorlarning 

privodida ishlatiladi 

Qisman sovutilgan piroliz mahsulotlari 7-birlamchi fraksiyalash kolonnasiga 

yuboriladi. U yerda yengil moy va og‘ir moy hisobiga flegma hosil bo‘ladi. 

Birinchi moyni bug’lanishi va ikkinchini isishi hisobiga piroliz mahsulotlarini 100-

120 °C gacha sovushi sodir bo‘ladi; ulardan og‘ir moy kondensatsiyalanadi, u esa 

7-chi kolonnaning pastki qismida koks va sajani yig‘adi. Ushbu aralashmadan 10- 

filtrda koks ajraladi, og‘ir moyning issiqligidan (filtratning) aylanma suvlarni 

isitish uchun 11-issiqlik almashtirgichda foydalaniladi. 

7-kolonnaning pastki qismidagi tarelkadan sirkullanadigan og‘ir moy 

ajratiladi, undan ajralayotgan issiqlik bug’ hosil qilish uchun 6-bug’ yig'gichli 8- 

utilizator qozonga yuboriladi. Hosil bo‘lgan bug’ 2-issiqlik almashtirgichda 

isitiladi, u esa piroliz uchun qo‘llaniladigan uglevodorod xomashysiga qo'shiladi. 

Sirkullanuvchi moy 8-utilizator-qozondan keyin toblanadi va 7-kolonnani sug'orish 

uchun o‘tkaziladi. 



100-120 °C gacha sovutilgan piroliz mahsulotlari suv bug’i-suyo’ltiruvchi 

bilan birga sovuq suv bilan sug‘oriladigan 12-kolonnaga yo'naltiriladi. Natijada 

piroliz gazidan suv kondensatsiyalanadi, uni yengil moy deyiladi, piroliz gazi esa 

ajratish qurilmasiga o‘tkaziladi. Engil moy 13-separatorda suvdan ajratiladi, bir 

qismi 7-kolonnaga flegma hosil qilishga yuboriladi, qolgan qismi esa qurilmadan 

chiqariladi va keyingi ishlab chiqarish jarayoniga yuboriladi. 13-separatordagi issiq 

suv 14-tozalash tarmog'idan o‘tadi va bir qismi  II-issiqlik  almashtirgich orqali 8-

utilizator qozonga qaytib keladi, so'ngra bug’ xolida piroliz jarayoniga yuboriladi. 

Suvning qolgan qismi uning issiqligini utilizatsiyalash uchun 15-sistemasiga 

yo‘naltiriladi (masalan binolarni isitish, texnologik jarayonlarni isitish), 

qo‘shimcha ravishda 16-sovutgichda sovutiladi va 12-jixozni sug‘orishga 

o‘tkaziladi. 




Download 326,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish