Komprimirlash, tozalash va quritish. Separatsiyalangan pirogaz 40 °C
haroratda 11-besh bosqichli pirogazli kompressorga uzatiladi. 1-4 bosqichida u 1,9
MPa bosimgacha komprimirlanadi, bosqichlararo sovutgichlarda sovutiladi, 10-
sepratorda suyuq uglevodorodlardan ajratiladi, so'ngra tozalashga o‘tkaziladi.
Pirogaz vodorod sulfid va uglerod to'rt oksididan 12-ishqor bilan tozalash
kolonnasida 1,9 MPa bosim va 45-50 °C haroratda tozalanadi. So‘ngra u
sovutgichda sovutiladi va 4MPa bosimgacha 11-kompressorning 5 bosqichida
komprimirlanadi. Keyin pirogaz sovutgichda 15 °C haroratgacha sovutiladi va
seolitlar bilan to‘ldirilgan 13-quritgichga o‘tkaziladi, u yerda minus 60 va minus
70 °C gacha sovutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |