2-amaliy mashg’ulot Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?



Download 26,31 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi26,31 Kb.
#675888
Bog'liq
gadoyi ilhom 2


2-amaliy mashg’ulot
1.Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?
2.Gadoiy devonida qanday lirik turga oid she’rlar jamlangan?
3.Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
4.Shoir devonida g’azalning o’rni qanday?

1. Gadoiyning nomi hozirgacha ma’lum emas. Bu adib haqidagi tarixiy-adabiy ma’lumotlar ham juda oz hisoblanadi. Shoir haqidagi ayrim ma’lumotlar Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasi va «Mahbub ul-qulub» asarlarida uchraydi. Shuningdek, Faxri Hirotiyning «Radoyif ul-ash’or» nomli tazkirasida Gadoiyning fors-tojik tilida yaratilgan g‘azali ham mavjud. Bu shuni anglatadiki, shoir ikki tilda ijod etgan, ya’ni u zullisonayn shoir bo‘lgandir.


Shuningdek, A.Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasi keltirilishicha:
Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti,
bir navoye aytur va uning mashhur matlalaridin biri budurkim
Mavlononing yoshi to‘qsondin o‘tibdur. Bu matla’ aningdurkim:
Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloyi jon emish,
Kim aning dardi qoshida, yuz o‘lum hayron emish».
Yuqoridagi parchadan xulosa qilsak:
a) Gadoiyning yashagan davri haqidagi ma’lumot. Ya’ni, shori Gadoiy Bobur Mirzo zamonida yashagan va ijod qilgan. Bobur Mirzo – Abulqosim Boburdir. U 1452–1457- yillarda hukmronlik qilgan.
b) Adibning yoshi haqidagi ma’lumot. Ma’lumki, «Majolis un-nafois» hijriy 807 (milodiy 1491- 1492) yilda tuzilgan. Agar shu paytda Mavlono Gadoiyning to‘qson yoshlarda ekanligiga qarasak, adib taxminan XV asr boshlarida tug‘ilgan bo‘ladi. Gadoiy devon tuzgan shoirdan hisoblanadi.

2. Gadoiyning “Devoni Gado” nomli devoni 15 asr 2 yarmi — 16 asr boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan. Shoir devonida 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qitʼa, tuyuq mavjuddir. Uning devonida g‘azallar asosiy o‘rin tutadi. Shuningdek, unda mustazod, qit’a janrlarining namunalari mavjud. “Devoni Gado” dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli Halil Sulton sharafiga atab yozilgan. Devonning qoʻlyozmasi hozirda Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi, shuningdek, mikrofilmi va fotonusxasi esa Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Gadoiyning forsiydagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning „Radoyif ul-ashʼor“ tazkirasiga kiritilgan.

3. Shoirning badiiy mahorati juda yuqori hisoblanadi. Chunki u o’z she’rlarida tajnis, tazod, tashbeh kabi she’riy san’atlardan ustalik bilan foydalangan. U g’azal janrida shuhrat qozongan shoir hisoblanadi. Shunga ko’ra, Gadoyi ulug’ mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy Gadoiy ijodiga yuqori baho bergan. Uni turkigo‘y adiblar orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovorligini uqtiradi. «Majolis un-nafois» tazkirasida shunday yozadi:


«Mavlono Gadoiy turkigo‘ydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti, bir navoye aytur va uning mashhur matlalaridin biri budurkim:»
Yuqoridagi misralar orqali Gadoiy naqadar mashhur shoir bo’lganini anglashimiz mumkin, shuningdek uning she’rlari shoirlar orasida alohida e’tirof etilgan.

4. Biz bilamizki, mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Yuqoridagilarga ko’ra, Gadoyi g’azal janrida samarali ijod qilgan shoir hisoblanadi va uning devonida ham g’azallar alohida o’rinni egallaydi. Shoirning “Yoz fasli”, “Mubtalo bo’ldi yana…”, “Sanga” , “Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga…” kabi g’azallari juda mashhur hisoblanadi.


EY KO’NGUL, DILBAR XAYOLI CHUNKI HAMDAMDUR SANGA
Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga,
Vodiyi hijron ichinda o’zga ne g’amdur sanga.
Alhaq ushbu lutfi xulq-u husni istig’no bila,
Kishvari ko’rk ichra sultonlig musallamdur sanga.
Ul ko’zi o’tluqni sevdung o’z hadingni bilmayin,
Ishq o’ti har necha kuydursa, hanuz kamdur sanga.
Qon yutarmen rashk elindin har kecha tongg’a degin
Kim, nechuk bodi sabo hamroz-u hamdamdur sanga.
Ayb emastur gar parishonsen dog’i oshuftahol,
Ey Gado, chun orzuyi zulfi purxamdur sanga.
Yuqoridagi g’azal shoirning ishqiy mavzudagi g’azallaridan biri hisoblanadi. G’azalning maqtasida shoir to’g’ridan to’g’ri ko’ngilga murojat qilyapti. Matlaning o’zida shoir Nido she’riy san’atidan foydalangan, ya’ni Ey ko’ngil deb undalma qo’llagan, bu esa g’azalning ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qilgan. G’azalda oshiqning xokisor holati shunchalar samimiy va dilga yaqin tasvirlanadiki, o'quvchi beixtiyor bu tasvirning asiriga aylanadi. G'azal bugungi kunda ham xonandalarimiz tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda. G’azalda sanga so’zi radifga olingan, shuningdek, qofiyasida hamdamdur, g’amdur, musallamdur, kamdur, purxamdur kabi turkcha va fors-tojikcha so’zlar qatnashgan.

TEST
1. Devonning qo‘lyozmasi hajmi 66 varaq bo‘lib, shoirning 230 g‘azali, 1 qasidasi, 1 mustazodi va 5 to‘rtlikdan iborat. Gap kimning devoni haqida ketmoqda?
A. Atoyi
B. Sakkokiy
C. Lutfiy
D. Gadoiy
2. Gadoiy haqidagi dastlabki ma’lumot kimning qaysi asqrida uchraydi?
A. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy”da
B. Navoiy “Majolis un-nafois”da
C. Navoiy “Mahokamat ul-lug’atayin”da
D. Devoni hikmatda
3. Gadoiy devoninig qo’lyozmasi qayerda saqlqnadi?
A. Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi
B. Istanbul kutubxonasida
C. London kutubxonasida
D. Sankt Peterburg kutubxonasida
Download 26,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish