OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2-amaliy ishi Mavzu: Shaxs va guruh o’rtasidagi nizolar
Toshkent 202 Shaxs va guruh o’rtasidagi nizolar
Reja:
Nizo nima ………………………………………………………………………………….3
Nizo turlari ………………………………………………………………………………..4
Shaxs va guruh o’rtasidagi nizo …………………………………………………5
Nizo sabablari ……………………………………………………………………………6
Xulosa ……………………………………………………………………………………….7
Nizo Ikkita yoki ko‘proq tomonlar, ya’ni aniq shaxslar va guruhlar o‘rtasidagi haqiqiy kurashdir, bunda har bir tomon o‘zining nuqtayi nazari yoki maqsadini qabul qilinishiga va boshqa tomonni ushbu narsani qilishiga xalaqit berishga harakat qiladi. Shunday fikr borki, nizo bu hamma vaqt ham istalmagan hodisa, undan qochish va uni vujudga kelgan paytdayoq darhol hal qilish kerak. Haqiqatda esa nizolar tashkilot faoliyati samaradorligi oshishiga olib keluvchi vazifaviy yoki guruhli hamkorlik va ular faoliyat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi disvazifaviy bo‘lishlari mumkin. Aniqrog‘i, nizolar ham ijobiy va ham salbiy vazifalarni bajarishi mumkin (8.2-jadval). Nizolarning u yoki bu vazifalarini ustunlik qilishi asosan ularni boshqarishga bog‘liqdir.
Nizo turlari Nizo 4 turga bo’linadi
Birinchi tur- shaxs ichidagi nizo. U turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Uning eng keng tarqalgan shakllaridan biri — rolli nizolar, bunda bir kishi oldiga uning ishi natijalari qanday bo‘lishi sababdan ziddiyatli talablar qo‘yiladi.
Ikkinchi tur — shaxslararo nizo (eng keng tarqalgan). Rahbarlarga ko‘pincha jamoa manfaatlarini himoya qilishga to‘g‘ri keladi
Uchinchi tur — shaxs va guruh o‘rtasidagi nizo. Norasmiy guruhlar xulq me’yorini belgilaydilar. Har bir kishi bu guruhga qabul qilinishi uchun ularga rioya qilishi kerak.
To‘rtinchi tur — guruhlararo nizo, ya’ni guruhlar (rasmiy va norasmiy) o‘rtasidagi hamda kasaba uyushmalari va ma’muriyat o'rtasidagi. Xizmat guruhlari ko‘pincha maqsadlardagi farqlari tufayli bir-birlari bilan nizolashadilar.
Shaxs va guruh o’rtasidagi nizo
Norasmiy guruhlar xulq me’yorini belgilaydilar. Har bir kishi bu guruhga qabul qilinishi uchun ularga rioya qilishi kerak. Ammo agar guruhning tilaklari alohida shaxsning tilaklariga nisbatan ziddiyatda bo‘lsa, bu holda nizo kelib chiqadi. Nizo lavozimli vaziyatlar zaminida ham vujudga kelishi mumkin. Rahbar intizom choralarini qo‘llashga majbur bo‘ladi, ular qo‘l ostidagilarda ommabop bo‘lmasliklari mumkin. Bu vaqtda guruh javob zarbasini berishi — rahbarga nisbatan munosabatni o‘zgartirishi mumkin.
Quyidagilar nizolarning asosiy sabablari bo‘ladi:
1. Ham m a vaqt cheklangan resurslarni xodimlar yoki bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlanishi. Rahbariyat materiallari, kishi resurslari va moliyaviy mablag‘larni turli guruhlar o‘rtasida shunday taqsimlashga harakat qiladiki, u tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga yordam bersin. Bunda har bir guruh oz emas, balki ko‘proq olishni istaydi natijada nizo vujudga keladi.
2. Vazifalarning o‘zaro bog‘liqligi. U bir odam yoki guruh vazifani bajarishda boshqa odam yoki guruhga bog‘liq bo‘lgan barcha yerda mavjud bo‘ladi.
3. Maqsadlardagi farqlar. Korxona borgan sari ixtisoslashayotgan bo‘linmalarga bo‘lingan vaqtda nizoli vaziyatlar vujudga keladi. Ular o‘z maqsadlarini o‘zlari shakllantiradilar va ularga erishishga, butun tashkilot maqsadlariga erishishga qaraganda ko‘proq e’tibor qaratishlari mumkin.
4. Vaziyat va flkrlarni baholashdagi farqlar. Qandaydir vaziyat haqidagi tasavvur ma’lum maqsadga erishish istagiga bog‘liqdir. Vaziyatni obyektiv baholashning o‘rniga, odamlar, ularning fikrlariga ko‘ra, faqat o‘zlarining guruhlari va shaxsiy ehtiyojlari uchun qulayroq vaziyatning muqobilligi va jihatlarini ko‘rib chiqishlari mumkin. Masalan, qo‘li ostidagi kishi o‘zini hamma vaqt ham o‘z fikrini ifodalash huquqiga ega deb hisoblaydi, shu bilan bir vaqtda rahbar, qo‘li ostidagi kishi faqat undan so‘ralgan paytdagina o‘z fikrini ifodalash huquqiga ega va unga aytilgan narsani so‘zsiz bajarishi kerak deb hisoblaydi.
5. Xulqning odatlar va hayot tajribasidagi farqi. Tadqiqotlarga ko‘ra turli hayot tajribasi (ma’lumot, ish staji, yoshi va ijtimoiy ta’riflar)ga ega kishilar hamma vaqt ham to‘liq o‘zaro bir-birlarini tushunishga erisha olmaydilar. Ularning hamkorlik qilishlarida nizolar vujudga keladi.
6. Qoniqarsiz kommunikatsion aloqa. Axborotlarga ega bo‘lmagan xodimlar vaziyat yoki boshqalarning nuqtayi nazarini tushuna olmaydilar, bu nizoning sababi bo‘ladi.
7. Xodim larning lavozimli yo‘riqnom alari ham da bo‘linm alar haqidagi qoidalarning yo‘qligi, noaniqligi yoki takrorlanishi.
8. Xodimning huquqlari, uning faoliyat natijalari uchun javobgarligining mutanosib yetarli emasligi.
9. Jamoa a’zolari mehnatini baholashning o‘ylab ko‘rilmagan mezonlari.
10. M ehnatni yomon tashkil etilishi va sharoitlari.
11. Rahbarlik lavozimiga yangi kelgan kishida rahbarlik faoliyati, xodimlar bilan ishlash qobiliyati va ko‘nikmalari yo‘qligi. Bunday rahbar odamlarni uyushtira olmaydi. Hatto uning qo‘li ostidagilarga qo‘ygan qonuniy talablari ham e’tiroz, salbiy reaksiyani, ba’zida esa nizoni keltirib chiqadi.
12. Shaxsning atrofdagilar bilan to‘qnashuvga beriluvchi barqaror sifatlari, xarakteri alomatlarining mavjudligi, masalan o‘z so'zida qattiq turib olishga moyillik, boshqalarning kamchiligiga chidamaslik, o‘zini o‘zi tanqid qilishning pasayishi, manmanli к va tarbiyasizlik.
13. Boshqa odamning xususiyatlari yoki xulqiga nisbatan yanglish munosabatga asoslangan psixologik chidamaslik. Masalan, qandaydir kamchiliklarni u yoki bu yosh, millat, kasb, partiyalikning barcha vakillariga asossiz to‘nkashdan iborat bo'lgan xurofiy odatlar