2. 2- mavzu: ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish reja


«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»



Download 119,92 Kb.
bet3/5
Sana15.04.2022
Hajmi119,92 Kb.
#555728
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.2-мавзу

3. «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun quyidagilarni nazarda tutadi:

  • xususiy sektorda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish;

  • ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek soatbay ish haqi to‘lash tartibini joriy etish;

  • xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sug‘urta qilish bo‘yicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta to‘lovlari davriyligini ro‘yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqiladi va kiritiladi. Mazkur qaror mehnat stajini elektron tarzda ro‘yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritishning imkonini yaratadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan) kasb-hunarga o‘qitish markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish orqali ularning bandligi ta’minlanishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 sentyabrdagi “Toshkent shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 270-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida bugungi kunga qadar 2 ming nafardan ortiq band bo‘lmagan fuqarolar quyidagi yo‘nalishlarda kasb-hunarga qayta o‘qitilgan va to‘liq ishga joylashtirilgan:

  • “Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyalari” (tokarlar, frezerchilar, payvandchilar, metallga ishlov berish mutaxassislari);

  • “Elektronika va elektrotexnika” (elektron qurilmalar, maishiy elektron texnika, radio va teleapparatlarni ta’mirlash va servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari);

  • “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” (avtochilangarlar, motorchilar, avtotransport vositalarini diagnostika qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish);

  • “Axborot texnologiyalari va tizimlari” (kompyuterlarni dasturlash, kompyuter va boshqa orgtexnikaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash).

Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda5
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda 2010−2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Jamiyatni demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"6gi Farmon va «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"7gi Qarorni qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga kutarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatining, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritish, «Nuroniy» jamg‘armasining barcha bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifatini va turmush darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa yoshdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda to‘tilgan. SHu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqdoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan. Tuman (shahar)lardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 108,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; keksalar va nogironlarning 23 ta Saxovat va Muruvvat uy-internatlari moddiy-texnika bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘mga teng hajmda mustahkamlash.
Dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSH dollari hajmidagi kredit va grant mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan8.
Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanligini aholi o‘rtasida keng tashviqot-targ‘ibot qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada, 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida"gi 2107-sonli Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1652-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2016 yil “Sog‘lom bola – sog‘lom ona yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun joriy yilda 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi.
Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ana shunday ishlar qatorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi9
Lekin, bugungi kun talabi mazkur sohani yanada rivojlantirish, aholi sog‘ligini muhofaza qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilashni taqozo etmoqda. Sohani isloh etish, shubhasiz millatni sog‘lomlashuviga xizmat qiladi.
SHu bilan birga, 2016 yili sentyabr oyida tasdiqlangan 2016-2020 yillarda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur samarali bajarilishini ta’minlash kelgusida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida ijobiy natijalarni qulga kiritishga asos bo‘ladi.
Nufuzli xalqaro institutlarning e’tirof etishicha, O‘zbekistan dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida etakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Jahon reytingida mamlakatimiz yosh avlod salomatligiga eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 10 ta davlat safidan joy oldi. Aholi genofondini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbilar natijasida ayollarning o‘rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaydi. Onalar va go‘daklar o‘limi 3 barobar kamaydi10.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda onalik va bolalikni muqofaza etishga qaratilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar qabul qilindi. Sog‘liqni saklash tizimini tubdan isloh etish asosida ona va bola sog‘lig‘ini asrash bo‘yicha dunyo e’tirof etayotgan milliy model yaratildi. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, oilalarning moddiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashga, har tomonlama sog‘lom farzandlarni shakllantirish, ularning salomatligini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratildi CHunonchi ilk davlat mukofotlaridan biri – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilishi ham ramziy ma’no kasb etdi. Zero, mustahkam oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha ezgu sa’y-harakatlarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bo‘lib, yurtimizda tinchlik-totuvlik hamda taraqqiyotga, yosh oilalarning mustahkamligiga qo‘shilgan hissa bo‘ladi.
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish, hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvar va 7 fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi, shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.
“Harakatlar strategiyasi”da oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan sog‘lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralgan. “Harakatlar strategiyasi”ning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari etakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish, viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun: tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aholi uchun «Salomatlik» poezdlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda11.
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqda. SHuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolash-profilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Yigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.
Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Prezident SH.Mirziyoevning 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi12 PQ-2647 qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ushbu hujjat asosida tibbiyotda keng qo‘llaniladigan 167 nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va 22 turdagi tibbiyot buyumlari uchun narxlarni belgilash tartibi joriy etildi. Qarorda 2017 yilning 1 yanvaridan e’tiboran chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga qo‘yiladigan ustamalar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangani aholining barcha toifalari manfaatiga xizmat qiladi
Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan 76 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda shifokor retseptisiz beriladigan 1033 turdagi dori-darmon vositalari ro‘yxati dorixonalarning haridorga qulay va ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yilmoqda. Tibbiyot xodimlari va dorixonalar mas’ullari uchun amaliy seminarlar tashkil etilib, qaror mohiyati, unda belgilangan vazifalar tushuntirilmoqda.
Pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish sohasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Bu esa aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standarti asosida, turli darajadagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:

  1. Maktabgacha ta’lim.

  2. Umumiy o‘rta ta’lim.

  3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.

  4. Oliy ta’lim.

  5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.

  6. Kadarlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

  7. Maktabdan tashqari ta’lim.

Kadrlar tayyolash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda 3 yillik, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlarining o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (1-4-sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (1-9-sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (3 yillik) qamrab oladi. Kasb-hunar ta’limi dasturlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistratura) ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bayon etilgan.
Mamakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan uning me’yoriy-huquqiy asbslari quyidagi hujjatlarda belgilab berildi hamda ular bazasida eng muhim yo‘nalish va natijalar ijrosi ta’minlandi.


  1. Download 119,92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish