20- ma’ruza
Sirpanish podshipniklari. Sirpanish podshipniklari to’g’risida umumiy ma’lumotlar va tasnifi. Sirpanish podshipniklarini shartli hisoblash
2- soat
Ma’ruza rejasi:
Sirpanish podshipniklari to’g’risida umumiy ma’lumotlar va tasnifi
Sirpanish podshipniklarini shartli hisoblash
- Podshipnik, dumalash podshipnigi, sirpanish podshipnigi, radial, tirak, radial-tirak podshipniklar, vkladish, vtulka, quruq ishqalanish, suyuqlikda ishqalanish, chegaraviy ishqalanish, qovushqoqlik, moy qatlami, solishtirma bosim, ishqalanish rejimi.
Tayanch so’z va iboralar:
- Podshipniklarning turlarini, sirpanish podshipniklarining ishlash sharoiti va shartli hisobini o’rganish.
Mаqsаd:
Afzalliklari:
Кatta (1000 min-1 gacha) chastota bilan ishlash hollarida dumalash podshipniklariga qaraganda ko’pga chidaydi
Vallarni talab qilingan darajada aniq yo’nalishda o’rnatish imkonini beradi
Ajraladigan qilib tayyorlanganligi uchun uni valning istalgan qismiga o’rnatish mumkin
Zarb bilan ta’sir qiladigan mavjud bo’lgan hollarda podshipnikdagi moy qatlami bu kuchlarning salbiy ta’sirini kamaytiradi
Dumalash podshipniklaridan foydalanish mumkin bo’lmagan agressiv muhitli sharoitda (masalan, suvda) bemalol ishlay oladi
Кamchiliklari:
Moyli muhitda ishlashi
Yurgizib yuborish momentining kichikligi
Rangli materiallar ishlatilishi
Podshipniklarning vazifasi va tasnifi. Podshipniklar vallar va aylanuvchi o‘qlar uchun tayanch vazifasini bajaradilar. Ular valga tushadigan radial va o‘q bo‘yicha yo‘nalgan yuklamalarni qabul qilish bilan birga valning aylanishlar o‘qining zarur holatini ham saqlaydilar. Mexanizm FIK kamayib ketishidan saqlanish uchun podshipniklardagi isroflarning eng kam qiymatli bo‘lishi talab etiladi. Mashina va mexanizmlarda qo‘llanilgan podshipniklarning sifatiga ularning ishchanlik qobiliyati va umrboqiyligi chambarchas bog‘liqdir
Podshipniklar ishqalanish turi va qabul qiladigan yuklamasi bo‘yicha tasniflanadi.
Ishqalanish turi bo‘yicha podshipniklar sirpanish va dumalash podshipniklariga ajratiladi. Sirpanish podshipniklarida valning tayanch qismi podshipnik sirti bo‘ylab sirpanadi. Dumalash podshipniklarida esa sirpanib ishqalanish dumalab ishqalanishga konstruktiv tuzilishiga muvofiq tarzda almashtiriladi.
Qabul qiladigan yuklama bo‘yicha podshipniklar radial, tirak va radial-tirak turlariga bo‘linadi. Mashina va mexanizmlarda yuqorida keltirilgan podshipniklarning barchasi keng ko'lamda ishlatiladi.
Sirpanish podshipniklari quyidagi holatlarda ishlatiladi: yig‘ish shartlari bo‘yicha ajraladigan qilib tayyorlash lozim bo‘lgan tayanchlar uchun; standart dumalash podshipniklari tayyorlanmaydigan katta diametrli vallar uchun; dumalash podshipniklarining umrboqiyligi yetarli bo‘lmagan titrashli va zarbli yuklamalarni qabul qiladigan tezkor vallarning tayanchlarida; yuqori sifatli maxsulotlar olishga mo‘ljallangan pretsizion mashinalarning tayanchlarida; tayanchlarning radial o‘lchamlari cheklanganida; yordamchi, sekinyurar va kam mas’uliyatli mexanizmlarda.
Podshipnikning asosiy tarkibiy qismi ichqo‘yma 1(1-rasm) hisoblanib, u podshipnikning maxsus tayyorlangan korpusiga 2 yoki to‘g‘ridan–to‘g‘ri mashinaning korpusiga o‘rnatiladi.
Qabul qiladigan yuklamaning yo‘nalishi bo‘yicha sirpanish podshipniklari radial va tirak turlarga bo‘linadi. Radial va uncha katta bo‘lmagan o‘q bo‘yicha yo‘nalgan yuklamalarning birgalikdagi ta’sirida o‘q bo‘yicha yo‘nalgan yuklamani ichqo‘ymaning yon yuzasi qabul qiladigan podshipniklar qo‘llaniladi.
1-rasm. Mashina korpusiga o‘rnatilgan ajralmaydigan a, hamda ajraladigan korpusli b va ichqo‘ymali podshipnik
1-rasm, a da: 1 – ichqo‘yma, 2 – moy uchun ariqcha, 3 – mahkamlash vinti, 4 – mashina ko‘rpusi.
Do'stlaringiz bilan baham: |