2- mavzu. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy – nazariy asoslari. Reja


O’simliklarning muhitga moslashishi



Download 1,94 Mb.
bet6/7
Sana05.07.2022
Hajmi1,94 Mb.
#742874
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 mavzu Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy – nazariy asoslari 2021

O’simliklarning muhitga moslashishi

  • Morfologik moslanish tanasining ustida chig’anoqlar, sovutlar, qalqon va tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, shiliqqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo’ng’izlar ana shunday moslashadi.

Morfologik moslashish

  • Fiziologik moslanish esa metabolitik suv hosil qilish orqali amalga oshadi. Masalan, odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10% gacha suv yo’qotishi mumkin. Undan ortiq suv yo’qotilsa organizm halok bo’ladi.
  • Bu ko’rsatkichlar turli hayvonlarda turlicha, masalan, tuyalar – 27%, qo’ylarda – 23%, itlarda – 17%, agar bundan oshsa halokat yuz beradi.

Fiziologik moslashish

Etologik moslashish

  • Yorug’lik ta’sirida o’simlik va hayvonlarda boradigan eng muhim jarayonlar
  • 1.
  • Fotosintez
  • O’simlik tushayotgan nurni taxminan 1-5% o’zlashtiradi. Fotosintez barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida energiya manbaidir. Xlorofill to’planishi uchun ham yorug’lik zarur.
  • 2.
  • Transpiratsiya
  • Quyosh nurining o’simlikka tushayotgan 75%i o’simlikdan suvni bug’latishga sarf bo’ladi. Bunda suv bug’latish tezlashadi. Bu hol hozirgi davrda suv muammosini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
  • 3.
  • Fotoperiodizm
  • O’simlik va hayvonlarning hayotini uyg’unlashtirish uchun muhim (ayniqsa ko’payish davrida) ahamiyatga ega.
  • 4.
  • Harakatlanishi
  • O’simliklarda kuzatiladigan fototropizm va fotonastiyalar o’simlikni yetarli yorug’lik bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Fototaksis bir hujayrali o’simliklar va hayvonlarda o’ziga xos yashash joyini tanlashda rolь o’ynaydi.
  • 5.
  • Hayvonlarni ko’rishi
  • Eng muhim organizmdagi funktsiyalardan biri hisoblanadi.
  • 6.
  • Boshqa jarayonlar
  • Odamlarda D vitaminni sintezlanishi, terini qorayishi kabi himoya moslanishlari. Tik tushayotgan nurdan qochish kabi xulqiy harakatlar.
  • Umurtqasizlar (Invertebrata) - umurtqa pogʻonasi boʻlmaydigan hayvonlar guruhi. Hayvonot dunyosini umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni 19-asr boshida fransuz olimi J.B. Lamark taklif etgan boʻlib, sistematik ahamiyatga ega emas. Chunki umurtqasizlarga hayvonot dunyosining xordalilardan tashqari barcha tiplari kiradi. Lekin xordalilarning hamma vakillarida umurtqa boʻlmaydi. Hozir "U." termini faqat hayvonlarni umumiy tavsiflash uchun ilmiy asar va oʻquv qoʻllanmalarida ishlatiladi. U.ning taksonomik guruxlari uzil kesil hal etilmagan. Ularga bir hujayralilarning 5 - 7 tipi, plastinkalilar, gʻovaktanlilar, taroqlilar, barcha chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar (hammasi boʻlib 16—23 tipga mansub hayvonlar) tipi kiradi.
  • Lekin bir qancha taksonomik guruhlar tarkibi (mas, bir hujayralilar, chuvalchanglar) aniq belgilanmagan. U.ning 1,5 mln. dan 2,0 mln.ga yaqin turi maʼlum. Umurtqalilarning esa 45 ming turi bor.
  • Umurtqasizlar chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit (qarang Parazitizm). U. tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan U. baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, lishankalar va boshqa skeletidan iborat). Koʻpchilik Umurtqasizlar yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va boshqalar).
  • Umurtqasizlar hayotiy mahsuloti texnik xoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek, U..dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali U. bilan birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi.
  • Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hozirgizamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. U. yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega.
  • Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlarda, choʻllarda va boshqa joylarda yashaydi. Barcha U. evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi kuzatiladi. Bunday rivojlanish morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari, xattixarakatlari hamda psixik faoliyati jihatidan takomillashgan formalar vujudga kelishiga olib kelgan.
  • U.ning qad. ajdodlari (bosh skeletsizlar, pardalilar) dengizda yashagan. U. dastlab chuchuk suvda paydo boʻlib, evolyutsiyaning dastlabki bosqichini oʻtgan. Ular evolyutsiyasi davomida birlamchi oʻq skelet — xorda oʻrniga dastlab togʻayli, keyinroq suyakli umurtqa pogʻonasi paydo boʻlgan. Natijada suv oqimiga qarshi xarakatlana oladigan kuchli muskulatura uchun pishiq va elastik tayanch skelet vujudga kelgan. U.ning suvdan quruqlikda yashashga oʻtishi bilan ular organizmida muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Harakat organlarining faol ishlashi uchun ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, sezgi organlari va markaziy nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi (ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, oshqozon, ichaklar)ning turli qismlaridan fermentlar ajralib, ovqatni uzluksiz parchalash imkoniyati tugʻilgan; jigar organizmda muhim kimyoviy "laboratoriya" vazifasini bajargan.
  • U. yuragi boʻlmacha va qorinchadan iborat. Qon aylanish sistemasi yopiq. Jabra yoki oʻpka orqali nafas oladi. Qadimgi U.ning chuchuk suvda yashashga oʻtishi bilan suvtuz almashinuvi birlamchi buyrak — mezonefros oʻrniga amniotalarda ikkilamchi buyrak — metanefros paydo boʻlgan. Metabolizmning gormonal boshqarilishi murakkablashgan. U.ning nerv sistemasi va sezgi organlari ishi rivojlangan. Baʼzilarida elektr va magnit sezuvchi organlar ham bor. U., odatda, ayrim jinsli, birok, germafroditizm ham uchrab turadi. Tuban U. tuxum qoʻyib, koʻpchiligi tirik bola tugʻib koʻpayadi. Yuksak U. nasliga gʻamxoʻrlik qiladi. Eng qadimgi U. qoldiqlari ordovik davri chuchuk suv xavzalari yotqiziqlaridan topilgan. Sudralib yuruvchilar mezozoyda juda keng tarqalgan. Ulardan sut emizuvchilar va kushlar paydo boʻlgan. Hozir U.ning 40 - 45 ming turi mavjud boʻlib, 7 sinf (toʻgarak ogʻizlilar, togʻayli baliqlar, suyakli baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar)ga boʻlinadi.


Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish