Tasavvuf tariqatlari haqida so‘zlaganda Najmiddin Qubro asos solgan Qubroviya haqida ham to‘xtalib o‘tishni maslahat beramiz. Qubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o‘z vatanini, halqini bildan sevgan insonni ham ko‘ramiz. Shunday qilib, O‘zbekiston respublikasi prezidentining Toshkent Islom Universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni va shu farmonga sharhda ta’kidlanganidek: “Islom ommalashuvi va rivoji sifatida vujudga kelgan tasavvuf ham O‘rta Osiyo sharoitida Yassaviya, Qubroviya, Naqshbandiya tariqatlarini vujudga keltirdiki, ular butun o‘rta Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlarining asrlar davomida ma’naviy, madaniy rivojlanishida muhim rol o‘ynadi”. Ana shularni hisobga olgan holda mustaqil mamlakatimizda islom dini omilidan, uning boy ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi katta imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo, masjidlarga, aziz avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. qarovsiz qolgan masjidlar ta’mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar yotgan, o‘tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning Haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu o‘tmishda faqat hayoliy orzu va armon edi. Ulug‘ allomalar – Iso Termiziy, hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamahshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Qubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Marg‘iloniy va boshqa ulug‘ zotlarning yubileylari bo‘lib o‘tdi. 1998-yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225-yilligi nishonlandi. Qur’oni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O‘tmishda birorta ham diniy ulamoning yubileyi o‘tkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish ta’qiqlangan edi. Yuqorida ayganimizdek, borlari ham yo‘q qilingan edi. 1999-yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Mustaqillik yillari Islom dini va islomiy qadriyatlarni tik5lash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Islom va Islomiy qadriyatlar ma’naviy va ma’rifiy hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Islom Karimov so‘zlari bilan aytganda: “Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz...Dinga xurmat va e’tiqod – biz uchun o‘lmas qadriyatdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |