Umumturkiy so‘zlar ko‘pchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan ko‘pgina so‘zlar borki, ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qo‘l, oyoq. - Umumturkiy so‘zlar ko‘pchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan ko‘pgina so‘zlar borki, ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qo‘l, oyoq.
Uyg‘urcha: manti, lag‘mon, manpar; - O‘zbekcha so‘zlar o‘zbek tili sharoitida, o‘zbek tili yoki boshqa til elementlari yordamida ko‘pgina so‘zlar yaratilgan. Masalan: ishxona, so‘roq, ulfatchilik, bog‘dorchilik…
- Fors-tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida quyidagi so‘zlar bor. Ular: dasturxon, chiroq, parda, marvarid, marjon oftob, dasta, olov, chopon, chorpoya, boshpana, barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar, dasturxon, dastro‘mol, poydevor, poyafzal, darxol, darvoza, хursand, farzand, do‘st, go‘sht, sust, past, g‘isht (ko‘rinyaptiki fors-tojicha so‘zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, so‘zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtrok etyapti);
- Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Arab so‘zlari o‘zbek tiliga VII – VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda O‘rta Osiyoni zabt etishlari bilan bog‘liq. Hozirgi o‘zbek tilida arab tilidan kirgan quyidagidek so‘zlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat… kitob, maktab, ma’no, harakat sanoat, muomala, doim, me’da, a’lo, san’at, asosiy, ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki va lekin, vaholanki (o‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar ko‘proq ot va sifat turkumiga tegishli bo‘lib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; tutuq belgisi (‘) ishtrok etadi.
- Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar. O‘zbek milliy tilining shakllanishi va rivojlanishida rus millatining tili g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Rus xalqi bilan o‘zbek xalqi orasidagi yaqin aloqa, ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy ta’siri rus tilidan ruscha va Yevropa tillariga oid so‘zlarning o‘zbek tiliga kirishiga sabab bo‘lgan. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar: fabrika, gimnaziya, doktor, shapka stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, cho‘t (schot). Rus tilidan olingan so‘zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so‘zlar ham bor : buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).
Do'stlaringiz bilan baham: |