Respublikamizning har bir fuqarosi o‘z ona tili bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining davlat tilini ham bilishi kerak. Davlat tiliga hurmat va e’tiborning birinchi belgisi shu tilda to‘g‘ri, chiroyli so‘zlash va yozishdir. Tarixda o‘zbek tili alifbosini shakllantirishda bir qancha alifbolardan foydalanilgan. 1929-yilgacha savodli kishilar arab yozuvida yozishgan. 1929-yildan 1940-yilgacha o‘zbek tili lotin yozuvida yozilgan. 1940-yildan kirill yozuviga o‘tilgan. 1993-yilgacha o‘zbek tili shu yozuvda yozilgan. 1993-yil O‘zbekistonda rasman lotin yozuvi qaytadan joriy etildi. Hozirda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida lotin yozuvidan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |