2 – mavzu: Ontologiya, gnoseologiya va ongfalsafasi



Download 74,36 Kb.
bet15/16
Sana12.06.2022
Hajmi74,36 Kb.
#658448
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-MAVZU

Ijtimoiy makon. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bunda insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy makon to‘g‘risida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o‘rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o‘zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko‘rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko‘lamli strukturalar o‘z holicha, xaotik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi, madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o‘zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o‘zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Ijtimoiy vaqt insonning biologik vaqti o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u, biologik va planetar-kosmik vaqtdan farqli o‘laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o‘zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi. XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli ko‘rilmagan darajada jadallashtirdi. yer kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor bo‘lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o‘tish endilikda soatlar bilan (Oy, Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga olmaganda) o‘lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi.
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar, millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig‘ining vaqt ko‘rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin. Ulardan har birining yashash vaqti va sur’ati har xil bo‘lib, o‘z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir o‘tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik taniqli futurolog E.Toffler e’tiborni qaratadi. Uning fikricha, «er aholisining 70% o‘tmishda (turli o‘tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa marginallar bo‘lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir»7.
Xullas, makon va vaqt olamdagi aloqadorliklar majmuasini ifoda etadi. Ular harakat, materiya va moddiy o‘zaro ta’sirlar bilan chambarchas bog‘langan. Olamdagi barcha o‘zgarishlar, narsalarning shakli va ko‘rinishlari fazo va vaqt strukturasi bilan bog‘langandir. Materiyaga hayot baxsh etuvchi atribut harakat bo‘lsa, makon va vaqt unga shakl baxsh etadi, uni shakllantiradi, rivojlantiradi, ravnaq toptiradi.

Download 74,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish