2 – mavzu: Ontologiya, gnoseologiya va ongfalsafasi



Download 74,36 Kb.
bet2/16
Sana12.06.2022
Hajmi74,36 Kb.
#658448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-MAVZU

Borliq voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa, mavjudlik esa voqelikning tashqi, ko‘zga tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi. Borliq esa voqelikning chuqur mohiyatini ham qamrab olib, aql vositasidagina bilib olinadi, deyiladi. Mavjudlik so‘zi lotinchada ex(s)istentia deb atalib, bu so‘z lotincha - ex(s)isto dan olingan bo‘lib - mavjudman degan ma’noni anglatadi. Ekzistensializm – mavjudlik falsafasi shu so‘zdan olingan. Reallik esa borliqning muayyan ob’ektda mavjud bo‘lgan mujassamlashgan qismini ifodalaydi. Reallik borliqning ayni paytdagi mavjud qismidir.
Borliq eng umumiy va juda keng qamrovli falsafiy tushuncha bo‘lib, u dunyodagi mavjud bo‘lgan barcha moddiy va ma’naviy narsalar, hodisalar, jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Borliq tushunchasi yordamida kishilar dunyoning ob’ektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bo‘ladilar.
Borliq kategoriyasining falsafiy mohiyati quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi:
1.Borliqning doimiy va abadiy mavjudligi, undagi narsalar va hodisalar esa o‘tkinchiligi;
2. Borliqning yagonaligi, birligi, bir butunligidir;
3. Borliqning doimiy o‘zgarish va rivojlanishdaligi;
4. Borliq moddiylik va ma’naviylikning birligidir.
Borliq yagona bir butunlik sifatida o‘zining mavjudlik shakllariga ko‘ra xilma-xildir. Hozirgi falsafiy adabiyotlarda borliq shakllarini bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan quyidagi sohalarga ajratilgan:
1.Insondan, uning ongidan tashqarida ob’ektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan buyumlar, hodisalar, jarayonlardan iborat moddiy borliq;
2.Inson, uning ruhiyati va ongi bilan bog‘liq sub’ektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan his-tuyg‘ular, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, bilimlar tarzidagi ma’naviy borliq.
Shu bilan birga, ularning har biri o‘z navbatida yana bir qancha shakllarga bo‘linadi. Moddiy borliqning quyidagi konkret shakllarini ajratish mumkin: tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, ijtimoiy borliq yoki jamiyat moddiy borlig‘i. Ma’naviy borliq esa inson ongi bilan bog‘liq barcha ma’naviy hodisalar: his-tuyg‘ular, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma’naviy hayotidir. Shu jihatdan ma’naviy borliqning quyidagi ikki ko‘rinishi farq qilinadi: 1.Individuallashgan ma’naviy borliq; 2. Ob’ektivlashgan ma’naviy borliq.
Ma’naviylikning bu ikki ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Individuallashgan ma’naviy borliqning tashuvchisi – bu individ ongi va ruhiyatidir. Konkret kishining his-tuyg‘ulari, ichki ruhiy kechinmalari, orzu-istaklari, xotirasi, taassurotlari, fikrlari, hayollari, qarashlari, g‘oyalari, individual ongosti va ongsizlik jarayonlari – bular barchasi individuallashgan ma’naviy borliqning elementlaridir. Ularni asosan psixologiya fani o‘rganadi va bu xususda hali o‘rganilmagan mavzular talaygina.
Ob’ektivlashgan ma’naviy borliq – bu individ ongida paydo bo‘lgan g‘oyalar, qarashlar, fikrlar undan tashqariga chiqib ob’ektivlashuvi, reallashuvi, moddiylashuvidir, ya’ni ular individual ongdan tashqarida, ob’ektiv tarzda mavjud bo‘ladi. Ob’ektivlashgan ma’naviylik tabiiy va sun’iy tillar materiallarida, ijtimoiy ong va uning shakllarida, masalan, muayyan ilmiy, adabiyot va san’at asarlarida, madaniyat obidalarida ifodalangan g‘oyalar, qarashlar, nazariya va ta’limot shakllarida tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, takomillashib boradi va asrlar osha insoniyatga xizmat qilib, saqlanib turadi. Ob’ektivlashgan ma’naviylikning yaqqol ifodasi – bu til(nutq)dir, chunki til – reallashgan ongdir. Tilda ong mahsuli – fikr moddiylashadi. Insoniyat yaratgan barcha moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklari, kitoblar, formulalar, loyihalar, modellar, ranglar, kuylar, notalar, raqslar – barcha-barchasi ma’naviylikning ob’ektivlashgan ko‘rinishidir.
Aktual va potensial borliq. Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo‘ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.

Download 74,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish