«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo'llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo'llarida
«Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o'ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya'ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo'ylab signalning so'nish muammosi bo'lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o'rtasidagi so'nishdir. Bu holat- da aniq ajratilgan markaz yo'q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo'lishi mumkin. Ko'pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma'lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to'xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to'liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo'ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo'ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to'xtatish lozim bo'ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarning tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko'p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko'p axborot oqimini ishonchli ta'minlaydi, chunki unda konflikt holati yo'q («Shina» topologiyasida mavjud), shuningdek, markaziy obyekt ham yo'q («Yulduz» topologiyasida mavjud).
Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o'tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarning birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) butun tarmoqning ish faoliyati to'xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to'qnashuv ro'y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko'proq) parallel aloqa yo'llari o'tkaziladi, ulardan bin zaxira uchun mo'ljallanadi.
«Halqa» topologiyasining yirik yutug'i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba'zida bir necha o'n kilometrgacha). Bu ma'noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
«Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o'tkazilishini kamchilik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba'zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo'li o'tkazilib, bu aloqa yo'llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi
— axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).
1.2.4. Boshqa topologiyalar
Yuqorida ko'rib o'tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topolo- giyani bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo'lgan deb qarash mumkin. «Yulduz» topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy (1.6-rasm) va passiv (1.7-rasm) topologiya bo'lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir necha aloqa yo'llarining birlashgan markazida — markaziy kompyuterlar, «Pas- siv daraxt» holatida esa, konsentratorlar (xablar) joylashgandir.
1.6-rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi. 16
1.7-rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K — konsentrator.
Odatda, turli topologiyalar elementlaridan hosil bo'lgan «Yulduz»— «Shina» (1.8-rasm) va
«Yulduz»—«Halqa» (1.9-rasm) topologiyalari ham qo'llanadi.
1.8-rasm. «Yulduz»—«Shina» topologiyasiga misol.
«Yulduz»—«Shina» (star — bus) topologiyasi «Shina» va «Pas- siv yulduz» topologiya elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda konsentratorga alohida kompyuter va shuningdek, shina segmentlari ulanadi. Ya'ni ayni vaqtda butun tarmoq kompyuterlarini o'z ichiga oladi va
«Shina»ning jismoniy topologiyasi amalga oshiriladi.
1.9-rasm. «Yulduz»—«Halqa» topologiyasiga misol.
Keltirilgan topologiyada bir-biri bilan ulangan va magistral deb atalgan tayanch shina hosil qilingan bir necha konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin.
U holda har bir konsentratorlarga alohida kompyuter yoki shina segmentlari ulanadi. Shunday qilib, tarmoqdan foydalanuvchi «Shina» va «Yulduz» topologiyalarining afzalliklaridan mohirona foydalana olish va tarmoqqa ulangan kompyuterlar sonini oson o'zgartira olish imkoniga ega bo'ladi. «Yulduz»—
«Halqa» (star-ring) topologiya holatida halqaga kompyuterlarni emas, maxsus konsentratorlarni (1.9- rasm) ulab, konsentratorlarga kompyuter- larni ikkita aloqa yo'li orqali yulduzsimon qilib ulanadi. Aslida, tarmoqdagi hamma kompyuterlar yopiq halqaga ulanadi, chunki konsentrator ichida hamma aloqa yo'llari yopiq halqani hosil qiladi (1.9-rasmda ko'rsatilgandek). Bu topologiya «Yulduz» va «Halqa» topologiya afzalliklarini birlashtirish imkonini hamda barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |