O`zaro bir – birini to`ldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. To`ldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omillari) – bu iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarishda qatnashadigan elementlar (er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborotlar).
Tadbirkorlik qobiliyati deganda, o`ziga xos bo`lgan shunday inson resursi tushuniladiki, u o`zidan boshqa ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalana olish qobiliyatini mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |