Iqtisodiy ehtiyoj - shaxsni, korxonani yoki jamiyatni faoliyat ko`rsatishini va rivojlanishini ta’minlab turish uchun zarur bo`lgan moddiy resurslar. Iqtisodiy ehtiyojni iqtisodiy faoliyatga undaydigan ichki kuch sifatida qarash mumkin.
Iqtisodiy ehtiyojni ikki turga bo`lish mumkin: birlamchi ehtiyoj (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy); ikkilamchi ehtiyoj (dam olish, sayohat qilish, sport bilan shug`ullanish, o`qish va hokazo). Umuman olganda, ehtiyoj real va noreal bo`lishi mumkin.
Real ehtiyoj deganda, ushbu ehtiyojni qondirish uchun shaxsning daromadi yetarli bo`lishi taqozo qilinadi.
Noreal ehtiyoj bo`lganda,ehtiyojni qondirish uchun daromad yetarli bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |