Energiya ta’minoti xo‘jaligi. DATK energiya ta’minoti xo‘jaligiga 8 distansiya va 1ta energo montaj poyezdi kiradi. O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish 1971-yildan buyon olib borilmoqda. O‘tgan davrda quyidagi uchastkalar elektrlashtirildi:
- Chenkeldi – Shumilov, 65 km. masofa;
- O‘zbekiston – Keles va Shumilov – Qizil to‘qimachi – 58 km;
- O‘zbekiston – Xavos – 130 km;
- Xavos – Bekobod va Xavos – Jizzax – 83 km;
- Jizzax – Samarqand – Marokand – 130 km;
- Solar - Xo‘jakent.
Hozirgi paytda kompaniyaning foydalanilayotgan elektrlashtirilgan uchastkasi 619,9 km. tashkil etadi, tarmoklangan uzunligi - 1769,9 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |