2- ma’ruza: turizmda transport vositalarining infratuzilmasi reja


Dеngiz va daryo transporti. Dеngiz va daryo kruizlari. Kruizlar toifasi va narxlari



Download 390 Kb.
bet16/39
Sana31.12.2021
Hajmi390 Kb.
#198288
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Dеngiz va daryo transporti. Dеngiz va daryo kruizlari. Kruizlar toifasi va narxlari.

Dengiz va daryoda turistlarni tashish odatda yo‘lovchi tashish, ekskursiya sayohati, paromlar va sayr kemalarida sayohat ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Dengiz va daryoda turistlarni tashishlarni ta’minlash maxsus kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi (kemachilik, sayr kemalari kompaniyalari), ular ko‘p hollarda turoperatorlar rolida chiqadilar.

Odatda turistlarni tashish uchun suvosti qanotlariga ega tez yurar kemalardan foydalaniladi, ular nisbatan manzilga tez eltishni ta’minlaydi. Ko‘p hollarda dengiz va daryo kemalari turistlarini boshqa transport vositasi bo‘lmagan arxipelaglar yoki orollarga olib borish uchun qo‘llaniladi (masalan, Amazonka bo‘ylab sayohat choqida). Reysli yo‘lovchi kemalarda turistlarni tashish oldindan bronlashtirilgan biletlar asosida amalga oshiriladi. Boshqa transport tashkilotlari singari kemachilik kompaniyalari turistlar toifasi va sayohatchilar soniga qarab imtiyozlar va chegirmalar taqdim etishadi.

Turizmda dengiz va daryoda sayyohlarni tashishlar turi asosan sayr-sayohat kemalari hisoblanadi. Bu – Kruizing deb ataladi. Kruizing – bir necha xalqaro turizm bozori segmentlarini birlashtirgan va o‘zida kompleks bozor tuzilmasini mujassam etgan xalqaro biznesdir. U turizm shakllarining biri bo‘lib dengiz bo‘yi turizmi va dam olishi hisoblanadi.

Dengiz kruizi industriyasi turistik bozorda XX asrning 70 yillari boshida mashhur bo‘la boshladi va hozirgi vaqtda u rivojlanishda davom etayapti. 1980 yildan 1990 yilgacha sayr – sayohat kemalari qurilishiga 3 mln. AQSH dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflandi, qaysikim bu ularning jahon flotini ikki barobarga ko‘paytirdi.

Kruizlarning amaldagi yo‘nalishlari soni keyingi o‘n yilda sezilarli oshdi. Yangi yo‘nalishlardan ayrimlari AQSH kompaniyalariga tegishli, lekin ko‘pchiligi Yevropaniki – Gresiya, Italiya, Norvegiya, Daniya va Buyuk Britaniyaga qarashli. Ularning marshrutlari kruiz bozorida mustahkam o‘rin egallaydi. Rossiya kompaniyalari ham kruiz yo‘nalishlari holatini kengaytirmoqda va u g‘arb bozoriga muvaffaqiyatli kirib bormoqda. Chunki, Amerika va Yevropa firmalariga nisbatan past ta’riflarni taklif etmoqda.

Kruiz kemalari turizm industriyasida eng katta sarf harajatlarga ega. Bularni qoplash uchun kruiz kemalari 80-90 %, avia yo‘nalishlar – 60-65 %, otellar -55-60 % ga to‘ldirilishi lozim.

Kruiz barcha yo‘nalishlarida turli daromad darajasidagi turistlarni jalb etish uchun maqbul narxlarni taklif etadi, shuningdek turli chegirmalar beradi, masalan, nomavsumiy davrda yoki safar qo‘shimcha ravishda bronlashtirilgan hollarda.

Flot shinamligi va texnik jihatdan yaqini jihozlangan, bortdagi servis darajasi, bazaviy ta’riflari hajmi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha kruiz kompaniyalari uchta asosiy toifaga bo‘linadi:


  • standart (ular odatda uch yulduz - *** bilan belgilanadi);

  • birinchi klass (****), masalan, Costa Criises, Nor = Wegian Cruise Line;

  • o‘ta shinam (*****), masalan, Holtand Airerican Line, Cclbriry Cruises;

  • superlyuks (******), masalan, Seribourb va boshq.

Ulardan tashqari ixtisoslashgan operatorlar (masalan, Club Med, Wirdstar va boshq.) mavjud.

Jahon kruiz bozorida 60 ga yaqin operatorlar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 47 tasi 1-3 ta kemalarni ekspulatatsiya qiladi. Biroq ulardan ko‘pchiligi yirik kruiz korxonalarning sho‘’ba operatorlari hisoblanadi, ular alohida kemalar va aniq hududlar bo‘yicha mustaqil ishlashga yaratilgan.

Yirik kruiz operatorlari sifatida haqli ravishda amerikaliklar hisoblanadi (Carnival Cruist Lint Corporation, Royal Caribblan) shuningdek Britaniya kompaniyasi PRO Cruises Divison.

Kruizlar narxiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: uning davomiyligi, mavsum, kayutalarning joylashishi va kattaligi, kema tipi, odatda narx kundalik ta’rif bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Eng gavjum mavsum paytida narx (Karibda qish, Alyaskada yoz) baland, eng pasti turistlpr kam mavsumda. Kayutalar joylashishi ham muhim omil bo‘lib, u kruiz bahosiga ta’sir qiladi. Suvdan ancha balandda joylashgan kayutalar qimmat turadi. Ular turistlarga okean manzarasini ochadi va ko‘ngilochar joylarga, restoran va boshqalarga yaqinroq bo‘ladi. Kruiz bahosi eski kemalarda – yangi kemalardagiga nisbatan ancha yuqoriroq, chunki birinchisi kengroq va yo‘lovchilar zichligi esa ancha kamroq bo‘ladi.

Turagentliklar va mijozlar uchun amaldagi qulayliklar kruizlarning narx klassifikatsiyasi hisoblanadi. Shartli ravishda ularni besh toifaga bo‘lish mumkin: tejamli (bir kishiga bir kunga 75-150 dollar), klassik (100-200 dollar), qulayliklari katta (150-400 dollar), lyuks (400-1000 dollar) va eksklyuziv (700-1200 dollar).


Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish