2- Ma’ruza. Modellashtirish. Modellashtirish tushunchalari, tizimni modellashtirish. Axborot jarayonlarini modellashtirish.
Ma’lumki, informatika fani XIX asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo’nalishlarda rivojlanib kelmoqda.
Model-haqiqiy obektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan nusxasidir.
Model so’zi (lat.modulus-o’lcov, me’yor) – biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan: erning modeli-globus, osmon va undagi yulduzlar modeli-planetraiy ekrani, pasportdagi suratni shu passport egasining modeli deyish mumkin.
Bizni qiziqtirayotgan va o’rganilayotgan narsa yoki jarayon ob’ekt deb ataladi. Masalan. Universitetdagi kompyuterlar ob’ektlarga misol bo’la oladi. Bir turdagi o’rganilayotgan ob’ektlar o’zining xususiyatlari – tavsifiga ega bo’ladi. Har bir alohida olingan obekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan o’rganilayotgan kompyuterlar nomli obektlarning tavsifi: ishlab chiqarilgan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), prosessor nomi, tezligi Ugi (CPU), vinchester sig’imi, tezkor xotira, vodeoxotira bo’lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqarilgan firma nomi Asus, prosessor Intel va h.k.
Umuman olganda, modellar obektlarning ifodalash vositalarini tanlashga qarab quyidagi sxemada tasvirlanganidek, uch asosiy turga bo’linadi (2.1-rasm).
2.1-rasm. Modellar obektlarning ifodalash.
1. Abstrakt modellar o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi.:
Matematik
Iqtisodiy matematik modellar.
Matematik modellar obektning tuzilishi va o’zaro bog’lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat.
Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo’llanila boshlandi.
F.Kenening “Iqtisodiy jadvallar” da birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini shaklanishini ko’rsatib berishga harakat qilingan.
Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Mustaqil O’zbekistonning 5 ta tamoyil asosida bozor iqtisodiyotiga o’tish modeli ham iqtisodiy matematik modelning asosini tashkil etadi.
Fizik model obektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo’ladi, lekin undan miqdor (o’lchami, tezligi va h.k.) jihatidan farq qiladi. Masalan, samalyot, kema, avtomobil va boshqa.modellarini olish mumkin.
Biologik model esa turli jonli obektlar va ularning qismlariga (hujayra, organism va h.k) xos biologic tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |