2- Ma’ruza
Microsoft Excel elektron jadval haqida umumiy tushuncha.
Reja
Microsoft Excel haqida umumiy tushuncha.
Aktiv katakcha va diapazonlar
Excel oynasi bilan ishlash
Microsoft Excel Microsoft Office dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. U o’ziga elektron jadval, ilova, funksiya va grafiklar yaratish instumentlarni qamrab oladi. Excelning afzal tomonlaridan biri sanoat va ilmiy sohada keng qamrovda ishlatishidir. Ushbu elektron jadval nafaqat hisob kitobni bajarish uchun, balki turli, rejali dasturlar ta’minoti uchun ham ishlatiladi. Shunday qilib foydalanuvchi uchun MS Excelda boshqa dasturlar bilan o’zaro bog`liqlikda foydalanish imkoniyati mavjud. [A-1,23 bet]2
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo'lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa soxaga tegishli masalalarni yechish shuningdek formulalar bo’yicha xisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga xam katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muxim axamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan MS EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lish talab etiladi.
MS EXCEL elektron jadvaliga xisoblash vositasi sifatida qaraladi. MS EXCEL iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro’zg’or buyumlari xamda bankdagi xisob raqamlari xisob-kitobini olib borishda xam yordam beruvchi tayyor dasturlardan biri xisoblanadi. Microsoft Excel dasturini yuklash uchun “Пуск –Microsoft Office–Microsoft Excel” pictogrammasidan yoki ishchi maydonda Microsoft Excel yorlig`idan foydalanish mumkin.(Rasm 2.1)
Dasturning uskunalar paneli boshqa office paketi dasturlari uskunalar paneliga uxshash bo`lib, unda Главная, Вставка, Разметка страницы, Сылки, Рассылки, Рецензирование, Вид, Настройка panellari mavjud.
Foydalanuvchi Excel dasturini ishga tushurganda ishchi maydon ustun va qatorlardan iboratligi, ustunlar lotin harflar bilan, qatorlar esa sonlar orqali ifodalanganiga guvoh bo’ladi. Ularni birlashgan joyi esa yacheykalar deb yuritiladi.(Rasm-2.2) [A-1,24bet]3
Yacheyka – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo`lib, har bir katakcha o`zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo`lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o`ng burchakda)ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.
Rasm 2.2. Ustun va kataklar bilan ishlash
Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko`p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi) ga bo`linadi.
________________________________
3Introduction to Software for Chemical engineers. Mariano Martín Martín. CRC Press is an imprint of the Taylor & Francis Group, an information business. London, New York. 2010
Do'stlaringiz bilan baham: |