Vintli juftning o’z-o’zidan tormozlanishi va foydali ish koeffisienti O’z-o’zidan tormozlanish shartini quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin, Tbur>0. Gayka chetidagi ishqalanishni hisobga olmagan holda faqat rezbadagi o’z-o’zidan tormozlanishni qarab chiqamiz va shunda, - Mahkamlovchi rezbalar uchun ψ ko’tarilish burchagining qiymati 2°30'…3°30' chegarada yotadi, φ ishqalanish burchaginiki esa ishqalanish koeffisientiga bog’liqlikda f≈0,1da 6° gacha va f≈0,3 da 16° gacha o’zgaradi. Shunday qilib, barcha mahkamlovchi rezbalar o’z-o’zidan tormozlanuvchidir. Metrik rezba qadami kichiklashib borishi bilan uning o’z-o’zini tormozlashi ishonchliroq bo’lib boradi, chunki ularda ψ burchak kichikdir. Ammo, yuqoridagi mushohadalarga qaramasdan, mashinalarda maxsus mahkamlovchi elementli rezbali birikmalardan foydalaniladi. Bu holat vint va gayka orasidagi ishqalanishning titrash natijasida sezilarli kamayishidir. Mana shu holatda vint va gayka badanining radial deformasiya hisobiga mikroko’chishi paydo bo’ladi. Bu esa vintli juftning o’z-o’zidan bo’shashiga sabab bo’ladi. Yo’naltiruvchi rezbalar o’z-o’zidan tormozlanuvchi va tormozlanmaydigan qilib tayyorlanishi mumkin.
- Ishqalanish koeffisientining yuqorida keltirilgan qiymati statik yuklamalarda o’rinlidir. O’zgaruvchan yuklamalar va asosan titrashlar natijasida ishqalanish sirtlarining o’zaro mikrosiljishlari tufayli ishqalanish koeffisienti pasayib ketadi (0,02 gacha va undan kichik). O’z-o’zidan tormozlanish sharti buziladi va o’z-o’zidan buralib ketish yuz beradi.
- Vintli juftning foydali ish koeffisientini gaykani burash uchun sarflangan ishning ishqalanish yo’q deb faraz qilingandagi qiymatini ishqalanish mavjud bo’lgandagi qiymatiga bo’lish yo’li bilan topish mumkin. Bunda gaykani burashga sarflangan ish uni burish burchagiga burovchi momentga teng. Burish burchaklari teng va bunda, gaykani burash uchun sarflangan ishlar orasidagi nisbat, momentlar orasidagi nisbatga teng.
- Rezbadagi yo’qotishlarni hisobga olib vintli juft uchun f.i.k.ni topamiz
- O’z-o’zidan tormozlanuvchi juftda ψ˂φ, η˂0,5. Shuning uchun ko’pchilik vintli mexanizmlar o’z-o’zdan tormozlanuvchi va ularning f.i.k. 0,5 dan kichik. ψ oshishi va φ kamayishi bilan f.i.k. ortadi.
- Vintli mexanizmlarda rezbaning ψ ko’tarilish burchagini oshirish uchun ko’p kirimli vintlar qo’llaniladi. Amaliyotda ψ 20…25º dan katta bo’lgan vintlar kam qo’llaniladi, ya’ni bunda f.i.k. qiymati sezilarsiz, rezbani tayyorlash qiyinlashadi.
- Vintli mexanizmlar f.i.k. ni oshirish uchun rezbadagi ishqalanishni kamaytiruvchi turli vositalar qo’llaniladi: antrifriksion metallar, ishqalanuvchi sirtlar sinchiklab ishlov beriladi va moylanadi, gayka ostidan podshipnik o’rnatiladi, sharikli vintli juftlarni qo’llash.
- Bolt materiallari
- O’zgaruvchan yuklanishlar ostida ishlaydigan rezbali birikmalarda avvalambor rezbaga tushadigan yuklanish qismini kamaytirish tadbirlarini ko’rish lozim. Buning uchun birikayotgan detallarning va ularning tutashish sirtlarining bikrligini oshirish kerak. Bu holda qistirmalarning bikrligini oshirish, tayanch yuzasi o’lchamlarini kengaytirish, tutashish yuzalarini bir-biriga moslashtirish usullarini qo’llash mumkin. Boltning rezba o’yilmagan qismi diametrini (0,8... 1,05) d1 qadar oshirish ham maqsadga muvofikdir. Ba’zi hollarda bolt kallagi tagiga maxsus elastik shaybalar qo’yilishi ham mumkin.
- Rezba tubi dumaloqlanish radiusini oshirish uning charchashga qarshiligini oshirishga olib keladi. O’ramlar orasida yuklanishni to’g’ri taqsimlash samarali usullardan hisoblanadi. Ma’lumki, rezba o’ramlari soni o’nta bo’lganida N.E. Jukovskiyning ma’lumotlari bo’yicha 1-o’ramga 0,34; 2-o’ramga 0,227; 3-o’ramga 0,151; 4-o’ramga 0,11; 5-o’ramga 0,0682; 6-o’ramga 0,0452; 7-o’ramga 0,03; 8-o’ramga 0,02; 9-o’ramga 0,013; 10-o’ramga 0,0089 qism o’qiy yuklanish to’g’ri kelar ekan. Bunda gayka bilan detalning tutashish sirtiga 1-o’ram mos kelishi nazarda tutilgan. Quyida o’ramlar bo’yicha yuklanishni to’g’ri taqsimlash konstruksiyalari keltirilgan (12-rasm).
- Rezbali detallarning mustahkamlik darajalari, ular uchun ishlatiladigan materiallar va ruxsat etilgan kuchlanishlar
- Po’lat vintlar, boltlar va shpilkalar ikkita raqamlar: 3.6, 4.6, 4.8, 5.6, 5.8, 6.6, 6.8, 6.9, 8.8, 10.9, 12.9, 14.9 bilan belgilanadigan 12 ta mustahkamlik darajasi bo’yicha tayyorlanadi. Birinchi raqamning 100 ga ko’paytmasi mustahkamlik chegarasi σv ning eng kichik qiymatini ko’rsatadi (MPa da); birinchi va ikkinchi raqamlarning ko’paytmasini 100 ga ko’paytirsak σoq oquvchanlik chegarasi (MPa da) kelib chiqadi. (3.6 mustahkamlik darajasi uchun bu holat taxminiydir). Rezbali detallar uchun mustahkamlik darajasi tanlanganda yuklamaning qiymati va tavsifi, ishlash sharoiti, tayyorlash usuli e’tiborga olinadi.
- Rezbali detallar uchun asosan turli rusumdaga po’latlar ishlatiladi. Bular qatoriga umumiy vazifadagi rezbali detallar uchun kam va o’rta ugleroddi St 3, 10, 20, 35, 45 va boshqa po’latlar, mas’uliyatli vazifadagi rezbali detallar uchun legirlangan 40G, 35X, 38XA, 45G, 40G2, 40X, 30XGSA, 16XSN va boshqalar kiradi.
- Namlik, zanglatuvchi muhit ta’sirida bo’lgan rezbali detallarga zangdan saqlovchi usullar bilan ishlov beriladi. Rezbali birikmalar uchun nometall materiallar ham ishlatilishi mumkin.
Эътиборингиз учун раҳмат!
Do'stlaringiz bilan baham: |