Muvozanatga yaqin jarayonlar termodinamikasining ba’zi parametrlarga bog’liqligi.
Klassik termodinamikaning vaqt omilini chetlab o’tadi, chunki vaqt cheksizlikka intiladi. Ammo, tirik organizmda kechadigan barcha jarayonlar tezligi o’zaro kuchli darajada farqlanadi. Masalan, diffuziya glikoliz yoki nerv (muskul) qo’zg’alishiga nisbatan sekin kechadi. Ammo ochiq sistemaning stasionar holatida tezlik o’zgarmas kattalikga ega bo’ib, vaqt davomida doimiy bo’lib qoladi. Aynan mana shunday hol stasionar holatdagi sistema xossalarining o’zgarmasdan saqlanishi bilan xarakterladigan termodinamik muvozanat bilan o’xshashligini tashkil etadi. Izonirlangan sistemaning evolyusiyasi , termodinamik muvozanat tomon yo’lalib entropiyaning maksimumga,(S max), erkin energiyaning esa minimumga (G0 0) intinishi bilan borib oxirgi natijada bunday hol sistemali inqirozga olib keladi.
Termodinamika ikkinchi qonunini klassik ta’rifi, bir qarashda, xayot faoliyat jarayonlari prinsiplariga zidday ko’riladi. Haqiqatdan ham, tirik organizmning o’sish va rivojnanish davrlarida tartiblanganlik va murakkablashish o’zligidan kechadi. Bunday hol, termodinamika ikkinchi qonuni ta’kidlaganidek, entropiyaning oshishi emas, balki uning kamayishi bilan kechadi. Aslida, tirik organizm ochiq sistema bo’lgani uchun, bunday sistema umumiy entropiyaning o’zgarishi (dS), unda kechadigan jarayonlarning qaytarmasligi bilan shartlanib, shakllanadigan entropiya (diS) va uning tashqi muhit bilan aloqasi tufayli yuzaga keladigan entropiya (deS) dan tashkil topadi, ya’ni DS=diS + deS. Izomirlangan sistemalarda deS = 0 shunga muvofiq, ikkinchi qonunga binoan, bunday sistemalar entropiyasining o’zgarishi dS = diS > 0.
Hujayra metabolizmida, har doim diS va deS-ga mos jarayonlarni topish mumkin. Masalan, glyukoza va boshqa oziq moddalarning tashqaridan kirib kelishi va ular oksidlanishidan hosil bo’lgan mahsulotlarning tashqariga chiqarilishi shu xil jarayonlardir. Fotosintezda yorug’lik erkin energiyasining sarfnalishi, SO2 va N20 dan glyukoza monekulasining sintezlanishiga olib keladi, ya’ni deS < 0. Glyukozaning hujayrada parchalanishi esa entropiyaning oshishiga (dS>0) olib keladi. Xullas, ochiq sistema entropiyasining umumiy o’zgarishi oldingi tenglamaga mos keladi. Mazkur tenglamaga vaqt parametrining kiritilishi ochiq sistema entropiyasining umumiy o’zgarishi emas, balki, uning vaqtga bog’liq o’zgarishi, ya’ni tezligi haqida ma’lumot beradi, ya’ni
Agarda deS/dt < 0 va deS/dt> diS/dt, bo’lsa, sistemada entropiya hosil bo’lishining umumiy tezligi dS/dt<0 bo’ndi, ya’ni manfiy entropiyaning kirib kelish tezligi, musbat entropiyaning chiqib ketish tezligidan katta bo’ladi. Bordi-yu, buning aksi yuz bersa, ya’ni deS/dt < diS/dt holatda dS/dt>0 bo’lib, buning oqibatida ochiq sistema zavolga yuz tutadi.
Stasionar holatda, deS/dt < 0 va deS/dtq diS/dt, bo’lgani uchun dS/dtq0, ya’ni sistemaning entropiyasi o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |