2 – ma’ruza: Beton va armaturaning fizik – mexanik xossalari



Download 495,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana29.04.2022
Hajmi495,11 Kb.
#594257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 - Ma'ruza. QK

3. Betonning kirishishi. 
Betonning muhim xossalaridan biri uning hajmiy o‘zgarishidir. Bunday 
o‘zgarish tsementning suv bilan birikishi chog‘ida ro‘y beradigan fizik-kimyoviy 
jarayonlar, betondagi namlikning o‘zgarishi, qotish jarayonida o‘zidan issiqlik 
ajralishi, tashqi muhit haroratining o‘zgarishi va nihoyat, tashqi yuklarning ta’siri 
natijasida vujudga keladi. 
Beton hajmining o‘zgarishiga olib keladigan sabablardan biri-kirishishdir. 
Betonning kirishishi yuqoridagi hodisalar oqibatida ro‘y beradi.
Betonning to‘liq kirishishini ikki xil deformatsiyaning (rosmana kirishish va 
nam ta’sirida kirishish) yig‘indisi sifatida tasavvur etish mumkin. Rosmana 
kirishish tsement bilan suvning birikishi natijasida haqiqiy hajmining 
kamayishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayon qaytmas bo‘lib, kichraygan hajm 
shundayligicha qoladi. Nam ta’siridagi kirishish beton tarkibidagi namlikning 
o‘zgarishidan hosil bo‘ladi; bu jarayon qisman qaytuvchandir: beton quruq havoda 
qotsa, uning hajmi kichrayadi (kirishadi); sernam sharoitda qotsa, uning hajmi 
kattalashadi (shishadi).


Nam ta’siridagi kirishish oqibatida vujudga kelgan deformatsiya rosmana 
kirishish 
deformatsiyasidan 
10-20 
marta 
katta 
bo‘lib, 
kirishish 
deformatsiyalarining asosiy manbai hisoblanadi. 
Kirishish (shishish)ning miqdori 
sl

tsement turi, beton tarkibi, uni 
yotqizish sharoiti, muhitning namligi va harorati kabi omillarga bog‘liq bo‘lib, 
o‘rtacha qiymati kirishishda 0,3 mm/m va shishishda 0,1 mm/m atrofida bo‘ladi.
Beton armaturalansa, uning kirishishi va shishishi kamayadi. 
Kirishish deformatsiyasi vaqt o‘tgan sari kamaya boradi [8]. Kirishish 
sirtdan boshlanib, beton qurigan sari ichkarilab boradi. Quyosh nurlari ta’sirida 
beton tez qurisa (Markaziy Osiyo sharoitida aynan shunday bo‘ladi), uning sirtida 
yoriqlar paydo bo‘ladi. 
Kirishish oqibatida betonda «xususiy» ichki kuchlanishlar paydo bo‘ladi. Bu 
kuchlanishlar konstruktsiyaning yoriqbardoshligi va bikrligini pasaytiradi, 
binobarin, inshootning suv o‘tkazmaslik qobiliyati hamda uzoqqa chidamliligi ham 
kamayadi.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruktsiyalarda betonning kirishishi oldindan 
hosil qilingan kuchlanishlarning qisman yuqolishiga olib keladi. 
Betonga uzoq vaqt mobaynida yuk yoki kuchlanishlar ta’sir etganda unda 
vujudga keladigan noelastik deformatsiya sudraluvchanlik (polzuchestь) deb 
ataladi. Uzoq vaqt davomida vujudga kelgan sudraluvchanlik deformatsiyalari 
qisqa muddatli kuchlar deformatsiyasidan bir necha marta katta bo‘lishi mumkin. 
Betonning sudraluvchanligi katta amaliy ahamiyatga ega, shuning uchun ham 
konstruktsiyalarni hisoblash va loyihalashda u albatta, e’tiborga olinadi. 

Download 495,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish