2- kurs III semestr


Qon ivishi mexanizmi va uning ahamiyati



Download 15,84 Mb.
bet64/192
Sana23.04.2022
Hajmi15,84 Mb.
#575619
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192
Bog'liq
2 kurs kattalarda HP amaliy mashg\'ulotlar

Qon ivishi mexanizmi va uning ahamiyati
Qonni klinik tekshirish usullari. Qon kasalliklari haqida tushuncha
Qonning ivishi organizmning himoya reaksiyasidir. Tomirlardan chiqqan qon uch-to'rt daqiqa mobaynida ivib qoladi. Qonning ivishi juda murakkab fermentativ jarayondir. Bu jarayon uch bosqichda sodir boiadi.
1-bosqichda tromboplastinning o'tmishdoshi ajralib chiqib, qon plazmasi omillari bilan o'zaro ta'sir qiladi va faol tromboplastinga aylanadi. Faol tromboplastin hosil bo'lishi uchun Ca2+ ionlari va bir qancha plazma omillari, akselerator, ya'ni globulin va antigemofilik omil bo'lishi zarur. Antigemofilik omil bolmasa, tromboplastin hosil bo'lishi susayadi. Tomirlar jarohatlanganda oqib chiqayotgan qon ivimaydi. Bu kasallikni gemofiliya deyiladi.
2-bosqichda tromboplastin ishtirokida protrombin trombinga aylanadi. Bu reaksiyaning borishi uchun kalsiy ionlari va reaksiyani tezlashtiruvchilar akselerator vazifasini bajaruvchi plazma omili zarur. Tomirdan chiqarilgan qonga kalsiy ionlarini bog’lab oladigan natriy sitrat eritmasi quyilsa, protrombindan trombin hosil bo'lmaydi va qon ivimaydi. Shunga asoslanib, tibbiyot amaliyotida qon quyish uchun tayyorlashda unga natriy sitrat qo'shiladi. Bunday qon stabillashtirilgan qon, deyiladi.
3-bosqichda hosil boigan trombin ta'sirida plazmaning eriydigan fibrinogeni erimaydigan fibringa aylanadi. Bu fibrin ingichka iplarning qalin chigaliga o'tib qoladi va qon laxtasi hosil boladi. Fibrin olib tashlanganida qon ivish xususiyatini yo'qotib qo'yadi. Bunday qon fibrinsizlantirilgan (difibrillangan) qon, deyiladi.
Buni quyidagicha tasvirlash mumkin.
Qon oqayotganda, trombotsitlaming yopishishi ro'y beradi, bu ularning shikastlanishiga olib keladi. Ca2+, ATF va bir qator qon ivish omillari ishtirokida esa, faol tromboplastin hosil bo'ladi. Aktiv tromboplastin strukturasi bo'yicha glikoproteid, funksiyasi bo'yicha proferment bo'lgan plazma protrombinga ta'sir qiladi va uni trombinga o'tkazadi. Trombin proteolitik ferment hisoblanadi va qon oqsili fibrinogenni molekular massasi 300 bo'lgan polipeptidlar molekulasiga gidrolizlaydi. Keyinchalik bu molekulalar fibringa polimerlanadi va u ivindini shakllantiradi. Fibrinolizin (plazmin) ta'sirida iviydi va parchalanadi. Qonning ivish jarayonlarini tormozlovchi omillarga geparin, limon kislota tuzlari, antitromboplastin, antitrombin kiradi.
Qonni biokimyoviy tekshirish
Plazmaning rekalsifikatsiya vaqtini aniqlash
Mohiyati: Qon plazmasining ivish vaqtini optimal miqdorda kalsiy xlorid qo'shilganda aniqlanadi.
Kerakli reaktivlar:
1) 1,34 % li natriy oksalat eritmasi;
2) 0.277 % li kalsiy xlorid eritmasi (suvsizlantirilgan preparatdan tayyorlanadi);
3) natriy xloridning izotonik eritmasi.
Aniqlash tartibi: venadan olingan qon 1.34 % li natriy oksalat eritmasi bilan 9:1 nisbatda aralashtiriladi va 5 daqiqa davomida 1000 aylianish daqiqasida sentrifugalanadi. Probirkani 37°C suv hammomiga qo'yiladi va unga 0.2 ml kalsiy xlorid eritmasi 0,1 n natriy xloridning izotonik eritmasi qo'shiladi va 60 soniyadan so'ng (vaqtni sekundomerda belgilanadi) 0,1 ml plazma quyiladi va yana sekundomerni ishga tushiriladi; plazmaning ivish vaqti aniqlanadi. Aniqlash 2—3 marta takrorlanadi.
Me'yorda sog'lom odamdagi plazma oqsili 60—120 soniya davo­mida iviydi. Rekalsifikatsiya vaqtining uzayishi trombotsitopeniyada, kamayishi esa, gemofiliya, gipergeparinemiyada kuzatiladi.

Download 15,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish