Duodenal zondlash.
Kerakli jihozlar: duodenal zond uzunligi 1, 5 metr, 0,1% atropin eritmasi 20,0 gr shprits, sorbit yoki kselit, isitgich, iliq suv, probirkalar, 33% magnezii sulfat yoki 40% glyukoza, qisgich.
Harakat algoritmi:
Bemor stulga joylashtirib o’tkaziladi.
Bemor oldiga sochiq tutilib oyoqqa, tizza oldiga tog’ora tutiladi.
Bemor psixologik tayyorlanadi (bemorga chuqur nafas olib bezovta bo’lmaslik, hamshira aytganini tinch, vazmin xolatda bajarishi tayinlanadi).
Bemorga ogzini "a-a-a" deb ochish va tilini chiqarish buyuriladi.
Siz bu paytda o’ng qo’lingizda zondning bosh qismidan ushlab tiliga tekkizmasdan tomog’iga solasiz.
Bemorga og’zini yopib, zondni tishlamasdan sekin-asta yutish buyuriladi.
Bemorning shu zondni 3 ta belgisigacha yutishi ya'ni 20-30-45 minut davom etadi.
Bemor kushetkaga o’ng tomoni bilan boshi plastroq qilib (yostiqsiz) yotkiziladi.
Bemorning o’ng qovurga ostiga qattiq buyum qo’yilib, ilik isitgich qo’yiladi.
Duodenal zond ichi shtativdagi 1chi probirkaga solinib quyiladi (probirkalar bemorga nisbatan pastda bo’ladi). 1 chi porsiya 12 barmoq ichak suyukligi olinadi.
Shundan keyin bemor chalqancha yotqizilib, zond uchidan 50-60 ml 33% li magnezii sulfat eritmasi yuboriladi va 10 daqiqa zond uchi qisib qo’yiladi.
Qisqich olinib 2-probirkaga o’t pufagidan chiqadigan suyuqlik yig’iladi.
Suyuqlik rangining o’zgarishiga qarab, 2-chi probirkadan zond 3-chi probirkaga ko’chiriladi, ya'ni 3-chi porsiya yig’iladi. (o`t suyuqligini yig`ish boshlanadi: A porsiyasi (o`t yo`larining porsiyasi), B porsiya (o`t qopining porsiyasi), C portsiyasi (o`tning jigar porsiyasi)
Oshqozon va o`n ikki barmoq ichak suyuqligini olib bo`lgandan keyin zondni sekinlik bilan chiqarib olinadi va bemorga mos keladigan tana holati yaratib beriladi
Bemorga muolaja tugaganligi haqida aytib, og`izdagi noxush hidlarni yo`qotish uchun chayiladi va og`iz atrofidagi teri artiladi. Muolaja uzoq vaqt davom etganligi uchun bemorga minnatdorchilik bildiriladi.
Ishlatilgan jihozlarni olib tashlab, probirkaga etiketkani yopishtiriladi va laboratoriyaga jo`natiladi
Qayd etish. Muolaja o`tkazilgan sana, yig`ishni boshlagan va tugatgan vaqti, suyuqlikning holati, muolajani bajaruvchining ismi – familiyasi, ishlatilgan moddaning dozasi va nomi, bemorning umumiy holati, ajralgan suyuqlikning miqdori, tashqi ko`rinishi (rangi, tiniqligi, qon ketishning mavjudligi va h.k.)
Eslatma:
Duodenal zondlash muolajasi bemorni charchatadi, 1-1,5 soat davom etadi.
Agar 2 soat o’tgach o’t paydo bo’lmasa to’xtatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |