Yara kasalligi parhvzida ishlatiladigan mahsulot va taomlarning ozuqa qiymati
Sut va sut mahsulotlari oshqozon sekresiyasini sust stimulyatori hisoblanadi. Sutdagi yog’lar emulsiya holatida bo’lib, organizmda yaxshi xazm bo’ladi. Sut ratsionlari organizmga suvsizlantiradigan ta'sir ko’rsatadi, natijada yallig’lanish reaksiyasiga moyillikni kamaytiradi.
Sut mahsulotining eng foydalisi - tvorog. Yara kasalliklarida yangi sutni kalsiy tuzlari yoki 3 foizli sirka yordamida tvorogga aylantirish yo’li bilan tayyorlangan nordon bo’lmagan tvorogni ishlatish tavsiya qilinadi.
Qimmatli oqsil mahsulotlardan bu - tuxum. Tuxum sarig’ida yog’ miqdori ko’p bo’lib, o’t ajralishiga yordam beradi. Yara kasalliklarida o’t pufagida o’t turib qolgan vaqtga tuxumning iste'mol qilinishi o’t xaydashga ta'sir ko’rsatadi.
Go’shtda organizm uchun kerak bo’lgan barcha aminokislotalar mavjud. Yara kasalligida ekstraktiv moddalardan tozalangan, ya'ni pishirib olingan go’sht iste'mol qilinadi. Buning uchun go’sht sovuq suvga solinadi, sekin-asta isitilish vaqtida ekstraktiv moddalar go’shtdan sho’rvaga ajralib chiqadi. Agar, go’sht qaynab turgan suvga solinsa, ekstraktiv moddalar qamroq ajraladi. Ekstraktiv moddalar oshqozonga ta'sir qilib, oshqozon sekretsiyasini oshiradi.
Yara kasalligi bilan og’rigan bemorning ovqatlanishida baliq to’la qiymatli oqsil manbaidir; asosan yogsiz turdagi daryo baliqlari ishlatiladi (sudak, cho’rtan baliq va boshqalar). Baliq suvda pishirilgan holda ishlatiladi. Baliq va baliq mahsulotlari oshqozonga ta'sir qilmasdan, organizmda, yaxshi hazm bo’ladi. Bu mahsulotlarga oshqozon suyuqligi kam miqdorda ajraladi.
Yara kasalligining parhezida yog’lar muxim ahamiyatga ega. To’laqonli ratsionlarni yaratish uchun o’simlik va xayvon moylari ishlatiladi.
Yara kasalligida parxezga murakkab va oddiy uglevodlar kiritiladi. Uglevodlarning asosiy manbalari: non, yormalar, sabzavotlar, mevalar, shakar, asal. Davolashning birinchi bosqichlarida uglevodlar miqdori cheklanadi; ahvoli yaxshilanishiga qarab uglevodlarning iste'mol qilinishi normal fiziologik ehtiyojlargacha kengaytiriladi.
Bir xil ovqatlanish, ovqatni tez-tez va bo’lib-bo’lib iste'mol qilish, parxezni asta-sekin kengaytirish - asab tizimi qo’zg’alishining pasayishiga imkon beradi.
Yara kasalligiga qarshi parhezlar oshqozonga ta'sir qilibgina qolmay, organizmning umumiy ahvoliga bir qator patogenetik mexanizmlarga ta'sir ko’rsatadi.
Birinchi parhezni bemor uzoq vaqt olib, faqat shifokorning ruxsati bilan asta-sekin turli xil ovqatlanishga o’tishi kerak. Parhez terapiyaning uslubiyati kasallikning davri, bosqichi, asoratlariga bog’lik. Parhez terapiya davolashning boshqa usullari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Yara kasalligi kechishining klinik turlari xilma-xilligi kompleks terapiyani tabaqalangan holda o’tkazilishini talab qiladi. Kompleks terapiya bir qator uslubdan iborat bo’lib, ularning orasida parhez taomlar muxim o’rin tutadi.
1 - parxezning taxminiy taomnomasi (2925 kkal)
Do'stlaringiz bilan baham: |