Gemiglobinsianid usuli. Kaliy temir ko’kimtiri (jelezosinerodistiy kaliy) ta'sirida gemoglobin oksidlanib metgemoglobin (gemiglobin)ga aylanadi; u aseton-siangidrin bilan bo’yalgan maxsulot-gemiglobinsianidni (Hb1 CN) xosil qiladi, bo’yalish darajasi gemoglobin miqdoriga proporsional (mose) to’g’ri keladi.
Reaktivlar:
1)transformirlovchi (o’zgartiruvchi) eritma (0,5 ml asetonsiangidrin, 200 mg kaliy temir ko’kimtiri - Kz (Fe (SM)6, 1g natriy bikorbanat NaSO3), 1 l gacha distillangan suv). Reaktivni qora rangli butilkaga quyiladi va uni xona haroratida bir necha oy saqlab, so’ng undan foydalanish mumkin. Ammo reaktiv rangsizlansa yoki butilka tubida cho’kma xosil qilsa, bunda undan foydalanib bo’lmaydi; 2)gemiglobinsianidning standart eritmasi-ayrim firmalarning (masalan,Vengriyaning-"Renal",Chexiyaning-"Imuna")maxsulotlaridan foydalanish mumkin. "Renal" firmasi ishlab chiqaradigan standart eritmada gemiglobin-sianidning konsentrasiyasi 59,75 mg%, "Imuna" firmasining mahsulotida -61,23 mg %. Qon 251 marta suyultirilgamda bu gemoglobin konsentrasiyasi tegishli ravishla 15 va 15,4 g % to’g’ri keladi. Ko’rsatilgan eritmalar suyultirilmagai xolda qo’llaniladi va muzlatgichda 4°C haroratda, yoruqlik tushmasligiga e'tibor bergan xolda saqlanadi.
Aniqlash tartibi. Avval tajriba sinamasi tayyorlanadi: probirkaga 5 ml transformirlovchi eritma quyiladi va unga gemometr pipetkasi bilan aniq o’lchab olingan 0,02 ml qon qo’shiladi. Bunda qon 251 marta suyultirilgan bo’ladi. Probirka yaxshnlab aralashtiriladi. 10 daqiqaga xona haroratida qoldiridali va so’ng fotoelektrokolorimetrda o’lchanadi (shuningdek konsentrasion fotoelektrik kolorimetr - KFK - 2 da; KFO yoki spektrofo-tometrda-to’lqin uzunligi 540 nm da tegishli ko’rsatmadarga rioya .qilgan holda amalga oshirish ham mumkin). Bunda to’lqin uzunligi 500-560 nm (yashil svetofiltr), qalinligi 10 mm (1sm) bo’lgan, kyuvetada bo’sh sinama (suv yoki eritmalar) qarshisida o’lchanadi.
Standart eritmani ham xuddi tajriba sinamasini aniqlash sharoitidagidek o’lchanadi.
Gemoglobin miqdori kalibrlangan grafik yoki formula bo’yicha aniqlanadi.
bunda: Em - tajriba sinamasi;
Ecm - standart eritmaning ekstinksiyasi;
C - gemoglobinsianidning standart eritmadagi konsentrasiyasi, mg %;
K - qonni suyultirish koeffisienti;
0,01 - mg % - ni 1l ga nisbatan grammda qayta hisoblash koeffisienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |