Palpatsiya yotgan xolatda o’tkaziladi.Bemorning qo’llari ko’krakda va boshi pastroqda bo’lishi lozim.
Hamshira chap qo’li bilan o’ng qovurg’a ravog’ini ushlab oladi. (I va III barmoqlar IX va X qovurg’a orqa yuzasida IV-V barmoqlar bel soxasiga I bosh barmoq esa o’ng qovurg’a ravog’ini oldi tomon ustiga joylashtiriladi)
I – o’ng qo’lning bukilgan barmoqlari o’ng qovurg’a ravog’i sohasi qorinning to’g’ri mushaklari tashqi qirrasi jigarning pastki chegarasi sohasiga qo’yiladi
Buyrakni paypaslashda bemor gorizontal holatda yonida yotgan bo’lishi kerak
Buning uchun hamshira chap qo’lini to’g’rilagan va barmoqlarini birlashtirgan holda bemorning bel sohasining o’ng yarimiga qo’yadi
I -o’ng qo’l barmoqlarini bir oz eggan holda qorin bo’shli g’ining qovurg’alar ravogining pastki qismiga qo’yadi. Hamshiraning o’ng qo’li chap qo’liga nisbatan perpendi kulyar holatda bo’ladi.
II - nafas olganda teri pastga surilib teri burmasini hosil qiladi
III - bemor nafas chiqarganda o’ng qo’l qoringa chuqur botiriladi, chap qo’l bilan buyrakni o’ng qo’lga yaqinlashtiradi.
IV – o’ng qo’l barmoqlarini yuqoriga surib buyrakni yuqori chegarasini sezishi mumkin.