Kurs ishining vazifalari:
– Bu maqsaddan kelib chiqqan holda kurs ishimizning vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
–Yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalarini o’rganish;
- Yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizma qiluvchi materiallarini tahlil qilish ;
- Yog`ochni quritish va saqlash qoidalarini o’rgatish ;
- Yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga rardoz berishda ishlatiladigan materiallarini o’rganish
- Yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan foydalanish texnologiyasini tahlil qilish;
- Yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilishni o’rganish;
- Yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlar yasashni o’rganish;
Kurs ishining ahamiyati: Mazkur kurs ishidan umumiy o’rta ta`lim maktablarining texnologik ta`limi o’qituvchilari, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar va kasbiy ta`lim yo’nalishi talabalari foydalanishlari mumkin.
I.Bob. Yog’och materiallarini yo’nishda ishlatiladigan qo’l asboblarni tuzilishi va ishlatilishi 1.1. Yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari Yog`ochning kimyoviy xossalari. Yog`och asosan organik moddalardan tashkil topgan bo`lib, umumiy massasining 99 foizi turli yog`och navlarining kimyoviy tarkibi deyarli bir xil bo`ladi. Quruq yog`och o`rtacha 49 foizi uglerod, 44 foizi kislorod, 6 foizi vodorod, 0,1-0,3 foizi azoddan tarkib topadi. Yog`och yondirilganda uning noorganik qismidan kul qoladi. Kulning tarkibiga kaltsiy, kaliy, natriy, magniy va b kimyoviy elementlar kiradi. Ushbu elementlar selyulloza, lignin kabi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi. Bundan tashqari yog`ochning tarkibida kichik miqdorda smola, pektin, yog`lar, va boshqa moddalar bo`lishi mumkin. Yog`ochning fizikaviy xossalari. Materiallarning butunligiga ta`sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o`zgartirmaydigan xossalar yog`ochning fizik xossalari deb ataladi. Yog`ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli(teksturasi), hidi, namligi, nam ta`sirda bo`kishi, quruvchanligi, zichligi, nam o`tkazuvchanligi, issiqlik o`tkazuvchanligi, tovush o`tkazuvchanligi, elektr o`tkazuvchanligidan iborat.
Yog`ochning hidi. Yog`och undagi smolalari, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog`liq xolda xar-xil hidli bo`ladi. Yog`ochning o`zak qismi o`tkir xidli bo`lib unda yuqoridagi moddalar ko`p bo`ladi. Yangi kesilgan, shuningdek, igna bargli daraxtlar yanada o`tkir hidli bo`ladi. Yog`och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba`zan hidi o`zgarib ketadi. Hidning o`zgarishi yog`ochning buzulishiga ham bog`liq.
Yog`ochning namligi. Namlik daraxtning hayoti va uning o`sishi uchun kerak bo`lgan asosiy omillaridan biridir. Namlik daraxtning o`sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritilmaganiga qarab oz yoki ko`p bo`ladi.
Yog`ochning qurishi. Yog`ochda erkin va bog`langan suvlar bo`ladi. Yog`ochning ichki bo`shliqlarini, ya`ni xujayralar ichidagi va xujayralar orasidagi fazoni to`ldiruvchi suvlar erkin yoki kapillyar namlik, xujayra pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog`langan yoki gigraskopik namlik deyiladi.
Tovush o`tkazuvchanlik deb yog`och materiallarningtovushni o`tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog`ochning tovush o`tkazish qobiliyati yuqori. Yog`och tolalari yo`nalishi bo`yicha tovush havoga nisbatan 15-18 marta, eni bo`yicha 3-6 marta tez o`tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |