1variant O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishi modellari


Byudjet tizimi budjetlarining g’azna ijrosi Qoidalarining mazmuni va ahamiyati



Download 54,52 Kb.
bet24/27
Sana21.07.2022
Hajmi54,52 Kb.
#833887
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2 5312148214642646073

21.Byudjet tizimi budjetlarining g’azna ijrosi Qoidalarining mazmuni va ahamiyati
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g’azna ijrosining me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850- son (22.12.2016) bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Mazkur “Qoidalar” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Ushbu “Qoidalar” quyidagilarni belgilab berdi:  G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna hisobraqamlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini;  respublika g’azna hisobraqami va hududiy g’azna hisobraqamlarini yuritish tartiblarini,  Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,  byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish tartiblarini,  yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar G’aznachilik organlari byudjetdan mablag’ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilar (keyingi o’rinlarda – mahsulot etkazib beruvchilar) bilan shartnomalarini, shu jumladan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning shartnomalarini ro’yxatga olish, O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish, tegishli byudjetlar xarajatlarining to’lanishi, shu jumladan g’azna hisobvaraqlaridan byudjet ssudalari, subventsiya va dotatsiyalar g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. G’azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g’azna ijrosi bilan qamrab olinadigan byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar, shu jumladan kapital qurilish buyurtmachilarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Naqd pul mablag’larini olish uchun, shu jumladan byudjetdan mablag’ oluvchilarning xodimlariga ish haqi to’lash, xizmat safari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to’lash uchun g’aznachilik bo’linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy bo’linmalari mablag’lari” hisobvaraqlari ochiladi. Davlat byudjeti g’azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va taqdim etish qonunchilikda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo’yicha amalga oshiriladi.

Download 54,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish