1Tijorat banklarining mablag’lar jalb qilish bilan bog’lik operasiyalari, ularning moxiyati va turlari


Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari auditini takomillashtirish masalalari



Download 43,79 Kb.
bet6/7
Sana08.06.2022
Hajmi43,79 Kb.
#643118
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs iwiw

3. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari auditini takomillashtirish masalalari
Tijorat banklari aktiv va passivlarining mohiyati, ularni ichki
auditdan o’tkazishning zarurligi

Tijorat banklarining resurslari tarkibida bo‘ladigan o‘zgarishlar bevosita ularning aktiv operatsiyalari sifatiga, ya’ni aktivlar diversifikatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki tijorat banklarining jalb qilinayotgan mablag‘larining muddatlaridan kelib chiqqan holda bank ushbu mablag‘larni daromad olish maqsadida aktiv operatsiyalarga joylashtiradi. Tijorat banklarining rivojlanish strategiyasidan kelib chiqqan holda, jalb qilinayotgan resurslar sifati ham shu yo‘sinda o‘zgarib boradi.


O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar faoliyatini boshqarishni takomillashtirishni va ular faoliyatidagi yuzaga keladigan risklarni kamaytirishni talab qiladi.
Ana shunday, bir paytda bank faoliyatining asosiy omili bo‘lgan bank aktivlarini boshqarish muammolarini o‘rganish, bu sohada horij tajribalarini o‘rganib, o‘z sharoitlarimizga moslashtirib amaliyotga qo‘llash banklar faoliyatini hozirgi zamonga mos ravishda rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.Shu sababli, tijorat banklarida aktivlarni boshqarishning tashkiliy mexanizimiga amal qilish jarayonini quyidagicha ifodalishni maqsadga muvofiq, deb topilgan.
Tijorat banklari aktivlarini boshqarishga Markaziy bank tomonidan ta’sir bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun zahiralar yaratishga doir talablarini belgilash, ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash orqali namoyon bo‘ladi.
Tijorat banklarida aktivlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimini yuritishda bank boshqaruv organlari (aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, bank Kengashi va bank Boshqaruvi) muhim ahamiyatga ega.
Mazkur munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 5 iyuldagi 943-son bilan ro‘yhatga olingan “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi Nizomda belgilab qo‘yilgan.
Har qanday bank ham o‘zining aktivlari tarkibini samarali shakllantirishda ma’lum bir muammolarga uchraydilar. Bank aktivlarining sifati, aktivlarning maqsadga muvofik tuzilishiga, likvidliligiga, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasiga, riskli aktivlarning hajmiga, muammoli va sifatsiz aktivlarning salmog‘iga va aktivlarning o‘zgaruvchanlik sifatlariga bog‘liq. Biz ATB “O’zsanoatqurilishbank” misolida aktivlarning holati va dinamikasi, daromadliligi, risklilik darajasi, likvidliligi va aktivlardan samarali faydalanish tahlini ko‘rib chiqamiz. Tahlil jarayonida bank aktivlarining umumiy summasi hisobot davrida qanchalik o‘zgarganligini, undan keyin o‘zgarish sabablarini aniqlangan.
Bank aktivlari miqdorining tarkibi va dinamikasini o‘rgangan holda, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar belgilanmog‘i lozim.
Buning uchun aktivlar daromadliligi nuqtai nazaridan ham tahlil etilmog‘i lozim.
Bank aktivlari risklilik darajasi tahlili. Aktiv operatsiyalar uchun risk darajasi muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki ko‘pgina banklar katta foyda izidan quvib, likvidlilikni esdan chiqaradi. Bu yo‘nalishda ularga o‘z mijozlarining moliyaviy holatini chuqur o‘rganish va to‘lovga qobiliyatlilik darajasini tahlil qilishni tavsiya qilish mumkin.
Bank risklari aktivlarning qiymatini oshishi yoki pasayishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan aktivlarni riskka tortish tizimi Xalqaro standartlar sifatida qabul qilingan.
Aktivlarning shkalasi bo‘yicha riskka tortishda ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
1-guruh Tavakkalchilikdan holis bo‘lgan aktivlar (tavakkalchilik kozffitsiyenti – 0 foiz) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- bankda va uning filiallarida nakd pul ko‘rinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, yo‘ldagi naqd pullar va bank omborlarida yoki Markaziy bank omborlarida saqlanayotgan oltin quymalar);- Markaziy bankda vakillik va zahira hisobvaraqlaridagi mablag‘lar;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga to‘g‘ridan -to‘g‘ri talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;
- tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga qo‘yiladigan boshqa talablar;
- aktivlar yoki ularning O‘zbekiston Respublikasi va tavakkalchi-ligi past bo‘lgan mamlakatlar milliy valyutalariga denominatsiya qilinib, naqd pul bilan ta’minlangan hamda bankka alohida cheklab qo‘yilgan depozit hisob raqamda saqlanayotgan qismi;
- nomoddiy aktivlar, shu jumladan gudvill.
2-guruh minimal tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik koeffitsiyenti – 20 foiz) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlar banklariga talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari;
- tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlarda ro‘yxatga olingan banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan boshqa barcha aktivlar;
- bankning Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari;
- joriy bozor qiymatida baholangan va Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli - qog‘ozlar bilan ta’minlangan aktivlar va ularning qismlari;
- bankning tavakkalchiligi past bo‘lgan mamlakatlarga kirmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, ushbu mamlakatlar Markaziy Hukumatlari va Markaziy banklariga nisbatan talablari;
- joriy bozor qiymatida baholangan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki tavakkalchiligi past mamlakatlar bo‘lgan Markaziy Hukumatlari tomonidan emissiya qilingan yoki kafolatlangan qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar o‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (yo‘ldagi naqd pullar hisobga kirmaydi).
3-guruh o‘rtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkal- chilik koeffitsiyenti – 50 foiz) o‘z ichiga jismoniy shaxslarga bir oilaga uy-joy (xonadon) sotib olish yoki qurish uchun berilgan va dastlabki garov (garov predmetiga egalik qilishning imtiyozli huquqi) sifatida sotib olinayottan yoki qurilayotgan uy-joy (xonadon) bilan ta’minlangan kreditlarni oladi. Bunda kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati 60 foizdan oshmasligi kerak. “O‘stirmaslik” maqomi berilgan yoki restrukturizatsiya qilingan kreditlar tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan aktivlar toifasiga kiradi. Bank dastlabki garov huquqiga ega bo‘lmasa, bunday kreditlar tavakkalchiligi yuqori (100 foiz) bo‘lgan aktivlar hisoblanadi.
4-guruh yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkal- chilik koeffitsiyenti – 100 foiz) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, jumladan, tadbir-korlik tuzilmalari, qishloq xo‘jalik, ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, iste’mol va ipoteka kreditlari, 18-20 bandlarida ko‘rsatilgan kreditlar bundan mustasno;
- bankning asosiy vositalari, inshootlari, jihozlari va shaxsiy ko‘chmas mulklari;
- boshqa barcha aktivlar.
5-guruh quyidagi aktivlarga o‘ta yuqori (150foiz) tavakkalchilik darajasi qo‘llaniladi:
- sud jarayonidagi aktivlar va (yoki) belgilangan muddatlarda undirilmagan aktivlarga;
- bank tomonidan qarzdorning qarzini to‘liq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan ko‘chmas mulk;- bank tomonidan ikki yildan ko‘p bo‘lgan muddatda foydala-nilmayotgan ko‘chmas mulk;
- qarzdorning moliyaviy ahvoli og‘irlashganligi sababli shartlari qayta ko‘rib chiqilgan yoki muddati bir marotabadan ortiq uzaytirilgan kreditlar.
Mijozlarga berilgan ssudalarga 2 xil risk uchraydi:
a) kreditni qaytmaslik riski;
b) foiz riski.
Bank aktivlarining likvidliligini tahlili. Bank likvidliligini saqlash g‘oyat muhim hisoblanadi. Bu narsa ikki maqsadga erishish uchun zarurdir: birinchidan, omonatlar olib qo‘yilganda bankning o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ta’minlash uchun, ikkinchidan, kreditlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun.
Likvidlilik deganda - bankning o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘z vaqtida javob bera olish qobiliyati tushuniladi. Likvidlilik bankning kundalik faoliyatida pul mablag‘lari mavjudligi yoki o‘z aktivlarini likvid mablag‘larga aylantira olish qobiliyati bilan ta’minlanadi. Bankni boshqarishning asosiy vazifalaridan biri, bu bank likvidliligi bilan uning daromadliligi o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashdir.
Mashhur Amerkalik iqtisodchi Piter S.Rouz “...bank mablag‘larini o‘ziga maqbul narxlarda hamda aynan shu mablag‘lar zarur bo‘lganida jalb eta olsa bank likvid hisoblanadi” deya izoh beradi.
Har bir bank o‘zining majburiyatlarini bajarish uchun, likvidlik talablariga javob berishi uchun bankning barcha aktivlarini qaytarilish muddatiga ko‘ra likvidlik darajasi bo‘yicha guruhlarga bo‘lib chiqadi. Bular yuqori likvidli aktivlar, uzoq muddatli likvidli aktivlar.
Yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi: kassadagi nakd pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar, Markaziy bankning majburiy rezervlar fondiga o‘tkazilgan mablag‘lar, davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalardir. Bu mablag‘lar yuqori likvidli bo‘lib zarur bo‘lganda bank bu mablag‘larni zudlik bilan o‘z majburiyatlarini to‘loviga ishlatishi mumkin.
Likvidli aktivlar qatoriga: qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan barcha kreditlar (bularga 30 kundan oshgan va qaytarish muddati ko‘pi bilan bir marotaba o‘zaytirilgan kreditlar kirmaydi) kiradi va qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan barcha debitorlar, majburiy rezervlarga o‘tkazilgan ortiqcha to‘lovlar kiradi.
Uzoq muddatli likvidli aktivlar qatoriga bank tomonidan so‘mdagi yoki chet el valyutasida berilgan va qaytarish muddati bir oydan ko‘p bo‘lgan kreditlar va qaytarish muddati bir yildan oshgan hamda kami bilan 50foiz kafolat yoki kafillik berilgan kreditlar, qaytarish muddati o‘tgan ammo davlat kafolati berilgan kreditlar, qimmatli qog‘ozlarni va nodir metallarni garovga olib berilgan kreditlar ham kiradi.
Likvidlikni boshqarishning iqtisodiy me’yorlari:
1. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti:
Ljoriy= (JA / JM)*100foiz (min 30foiz).
2. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti:
Llahzali = (PM / MM)*100 (min 25foiz).
3. Qisqa muddatli likvidlilik koeffitsiyenti:
Lqisqa mud. = (QMA / QMM)*100 (max 100foiz).
Likvidlikni boshqarish siyosati Bank Boshqaruvi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi shart. Bunda likvidlikni boshqarish bo‘yicha qarorlar bank Kengashida muntazam ravishda ko‘rib borilishi kerak .
Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili. Banklar mavjud aktivlaridan samarali foydalanishlari lozim. Bank aktivlari turli tuman bo‘lib, ular har xil faoliyatda ishtirok etadilar. Lekin barcha aktivlarning foydalanishini umumiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin.
Bank barcha aktivlarining samarali foydalanishini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlarga: aktivlarning natijaviyligi (An=kredit aylanmasining, aktivlar o‘rtacha summasiga nisbati), aktivlarning daromadliligi (Ad=barcha daromadlar summasining, aktivlar o‘rtacha summasiga nisbati), aktivlarning tejamkorligi (At=xarajatlar summasining, aktivlar o‘rtacha summasiga nisbati) va aktivlarning foydaliligi (Af=sof foydani, aktivlar o‘rtacha summasiga nisbati) ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
Bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘lik bo‘lgan operatsiyalar, aktiv operatsiyalar deyiladi, boshqacha qilib aytganda bankning aktiv operatsiyalari bu bank tomonidan foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali yo‘naltirishdir.
O.I.Lavrushinaning “Pul, kredit va banklar” nomli kitobida aktiv operatsiyalar qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash, aholiga iste’mol kreditlari berish, qimmatli qog‘ozlar sotib olish, lizing, faktoring, innovatsion moliyalashtirish kabi tarkibiy qisimlarga bo‘lgan.
T.Karaliev, O.Sattarov, I.Sayfiddinov “Tijorat banklari faoliyati tahlili” fanidan ma’ruza matnlari to‘plamida esa bankning aktiv operatsiyalarini to‘rt guruxga bo‘lingan, ya’ni:
- kredit operatsiyalari, buning natijasida bankning kredit portfeli shakllanadi;
- investitsiya operatsiyalari, investitsiya portfelini shakllantirish uchun asos bo‘ladi;
- kassa va hisob kitob operatsiyalari, bank o‘z mijozlariga ko‘rsatadigan asosiy xizmat turlari;
- boshqa aktiv operatsiyalar, ya’ni barcha bank operatsiyalarini samarali amalga oshirishga tegishli infrastruktura yaratish bilan bog‘liq operatsiyalar.
Boshqa iqtisodiy adabiyotlarda bankning aktiv operatsiyalari deganda eng avvalo resurlarni daromad olish maqsadida yo‘naltirilgan aktivlar ya’ni qimmatbaho qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar, kreditlar, lizing va faktoring operatsiyalari nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bank aktiv operatsiyalari daromad keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qismini daromad keltirish uchun joylash bo‘lib, hisoblanadi. Bank aktivlarining holati uning faoliyati davomida o‘zgarib turadi. Bank aktivlarining holati ijobiy yoki salbiy tamonga o‘zgarishi mumkin. Bank aktivlarining qanday o‘zgarishi aktivlarni boshqarishga va to‘g‘ri yo‘naltirishga bog‘liq. Shuning uchun ham bank aktivlarining holatini muntazam ravishda o‘rganib, ularning audit tekshiruvlaridan o‘tkazib borish lozim.
Audit o‘tkazishning dastlabki bosqichi rejalashtirish bosqichidir. Rejalashtirish bosqichi esa: dastlabki rejalishtirish, auditning umumiy rejasi va audit dasturini ishlab chiqishdan iborat.
Banklar, audit chog‘ida quyidagi kredit operatsiyalari faoliyatini tekshiradi: korxonalar uchun kredit berish (uning muddatini uzaytirish) hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, kredit shartnomalarini rasmiylashtirish, hujjatlarni saqlash tartibi asosida majburiyatlarini ta’minlash, kreditlarni berish va to‘lash uchun buxgalteriya yozuvlarini to‘g‘ri yozish, qarzga baholanadigan foizlarni olishda buxgalteriya yozuvlarini to‘g‘ri yozish, kredit zahiralarini o‘rnatish va zararlarni qoplash vaqtida foydalanish, bank kreditlar monitoringini ta’minlash.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Fuqarolik kodeksining kredit shartnomalari qoidalariga muvofiqligini tekshirish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qoidalari, kredit shartnomasida kreditor bank vakolati mansabdorlari va qarz oluvchining imzo va muhrlari, Kredit qo‘mitasi tomonidan berilayotgan kreditlarning shartnomalarini ko‘rib chiqish va uning ro‘yxatga olishni nazorat qilish lozim. Kredit hisob-kitob operatsiyalari audita Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va bevosita tijorat bankining kredit siyosatiga asoslangan holda o‘tkaziladi.
Kredit portfeli tahliliga asoslangan holda audit muayyan berilgan kreditga bankning tavakkalchiligini aniqlaydi. Ushbu bosqich alohida e’tibor berishni talab etadi. Chunki auditorlar tavakkalchilik darajasiga qarab aniq kreditga nisbatan hisoblangan zahirani ko‘paytirish yoki kamaytirishga haqlidir
Kredit portfelining holatini tahlil qilishda auditor kredit berish bilan bog‘liq bir nechta ko‘rsatkichlarni, ya’ni berilgan kreditning o‘ziga xos hususiyati, uning ta’minlanishi, foizlarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida daromad hisobvaraqlariga olinishini qaytarilish muddatlari va hokazolarni o‘rganishi lozim bo‘ladi.
Kredit portfelini umumiy tahlilini yuritish davrida: kreditlash ishlarini samaradorligi aniqlab borilganligini, kreditlardan olingan daromadlar bankning jami daromadlaridagi ulushni, kredit portfeli, kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan zahirlar tahlilini, kredit portfeli bo‘yicha kreditlar samaradorligiga, ya’ni, kredit portfelidagi ajratilgan kreditlarni bankning umumiy aktivlaridagi salmog‘ini, kreditlarning diversifikatsiya qilinganligini tekshirish lozim.


Download 43,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish