1."Ta’lim mazmuni" tushunchasini va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlar



Download 25,08 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi25,08 Kb.
#331353
  1   2   3
Bog'liq
9 variant umumiy pedagogika


1-TOPSHIRIQ

1.“Ta’lim mazmuni” tushunchasini va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlar.


Ta’limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning bilish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.

Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:

a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari;

b) davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o‘quv yurti oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalari;

v) o‘qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o‘quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e‘tiborga oluvchi didaktik talablar.

Maktablarda beriladigan ta’limning mazmuni tarixiy va sinfiy xususiyatga egadir. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni, hajmi o‘sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.

Ta’lim jarayon sifatida bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarning ma’lum yig’indisini faoliyat va munosabatlarining tegishli tajribasini o‘zlashtirishga qaratilgan maxsus ishlarning tashkil qilinishidir. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarni, faoliyat va munosabatlar tajribasini o‘zlashtirishda erishilgan darajadir. Ta’lim tizimi sifatida – davlat muassasalari va boshqarish organlarining majmuasi bo‘lib ular doirasida insonni tarbiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu tariqa ta’lim doimo bir yula tarbiyalash jarayonini ham, o‘qitish jarayonini ham ifodalaydi.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga kelib, pedagogika tarixida «maktabda beriladigan ma’lumotning mazmunini bola xohishiga bo‘ysundirish» ga qaratilgan nazariya keng yoyildi. Mazkur nazariyaning ko‘zga ko‘ringan vakili Amerikalik faylasuf –pedagog Jon Dyudir. Uning qarashicha maktab azaldan mavjud bo‘lgan tabiiy layoqatlarni, qiziqish va odatlarni rivojlantirishga xizmat qilmog’i lozim. Shunday ekan, maktablarda hamma o‘quvchilar uchun umumiy bo‘lgan o‘quv rejasi va dasturlarning bo‘lishi ham shart emas, balki alohida-alohida Shaxslar layoqatiga moslangan ma’lumotlar berilishi lozim.

2.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi zamonaviy g‘oyalar.
Ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi
hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo’lgan Ma’lumotlarni berishga yo’naltiriladi.
Umumiy ta’lim asosida o’zlashtirilgan Ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini tahminlashga imkon
beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo’ladi. Maxsus ta’lim – o’zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib,
shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko’nikma hamda
malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko’ra maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta
ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va

ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo’linadi.

3.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjatlar.
Ta'lim dasturlari ma'lum darajadagi ta'lim mazmunini belgilaydi va yo'naltiriladi. Rossiya Federatsiyasida ta'lim dasturlari bo'linib, amalga oshirilmoqda umumiy ta'lim(Asosiy va qo'shimcha) va professional(asosiy va qo'shimcha).
Umumiy ta'lim dasturlarishaxsning umumiy madaniyatini shakllantirish, shaxsni jamiyatdagi hayotga moslashtirish, ongli tanlash uchun asos yaratishga va kasbiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy ta'lim dasturlari maktabgacha, boshlang'ich umumiy ta'lim, asosiy umumiy ta'lim, o'rta (to'liq) umumiy ta'lim.
Kasbiy ta'lim dasturlarikasbiy va umumiy ta'lim darajasini izchil oshirish, tegishli malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash muammolarini hal qilishga qaratilgan.
Kasbiy dasturlarga boshlang'ich kasb-hunar ta'limi, o'rta kasbiy ta'lim, oliy kasb-hunar ta'limi, aspirantura dasturlari kiradi kasb-hunar ta'limi.
Har bir asosiy umumiy ta'lim dasturi yoki asosiy kasb-hunar ta'limi dasturi (ma'lum bir kasb, mutaxassislik uchun) mazmunining majburiy minimumi tegishli davlat ta'lim standarti bilan belgilanadi va u shuningdek ularni davlat va shahar ta'lim muassasalarida rivojlantirishning me'yoriy muddatlarini belgilaydi. — Источник: https://voilokmaikop.ru/uz/k-dokumentam-reglamentiruyushchim-soderzhanie-obrazovaniya-otnosyatsya-zakon.html © voilokmaikop.ru

4.Darslik va uning vazifalari, unga qo‘yiladigan talablar.



Darsliklar DTS asosida belgilangan ta’lim sohasining har bir sinfda (chorakda) 
haftada, kunda yetkaziladigan axborot va ma’lumotlar, tushuncha va tasavvurlarning majmui bo‘lib, muallif yoki mualliflar guruhi tomonidan yaratiladi va bir necha

(kafedra yoki uslubiy sho‘ba, ta’lim markazi IMK, vazirlik nashr bo‘limi, nashriyot

nashr) bo‘limlaridan muhokamadan o‘tkaziladi. Dastlab kichik tirajda chop etilib,

tajriba-sinovdan hamda tanlovlardan o‘tkaziladi va so‘ngra zaruriy nusxalarda chop

etishga ruxsat beriladi. Darsliklarda mavzu nomi, bayoni, savollar, testlar, suratlar,

chizmalar, grafiklar beriladi va ular o‘quvchilar, tinglovchilar va boshqa ta’lim

oluvchilar uchun chiqariladi.

O‘quv qo‘llanmalari deganda nima tushuniladi

va ular qanday yaratiladi?

O‘quv qo‘llanmalari – darsliklarni (yoki uning

qismlarini) o‘qitish usullari, uslublari, yo‘llari va

vositalari,

jihozlari,

texnologiyasi

haqida

ta’lim

oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan

metodik maslahatlar majmuidir.

O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada

qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha

ta’lim usullari, uslublari asosida (masalan, test-reyting nazorat uslubi, pedagogik

texnologiyalar asosida va hokazo) qaytadan ishlab chiqishi mumkin. Qo‘llanmalar

biror sinf yoki darslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin.


Download 25,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish