1Qaysi og‘zaki bayon qilish metodi nisbatan qisqa hajmdagi o‘quv materialini o‘rganishda qo‘llaniladi



Download 27,08 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi27,08 Kb.
#486648
Bog'liq
pedagogika


1Qaysi og‘zaki bayon qilish metodi nisbatan qisqa hajmdagi o‘quv materialini o‘rganishda qo‘llaniladi


Hikoya va tushuntirish


Ma’ruza


Suhbat va hikoya


Ma’ruza va tushuntirish


2.Didaktika nima haqida baxs yuritadi?


Ta’lim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, ya’ni ta’lim, bilim berish, o’qitish nazariyasi haqida baxs yuritadi.


Ta’lim jarayoni haqida baxs yuritadi.


Ta’lim-tarbiya haqida baxs yuritadi.


Maktab ta’limi haqida baxs yuritadi.


3.Darsda o‘qituvchining e’tibori bir necha o‘quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o‘quvchilar mustaqil ishlasalar, ta’limning bunday shakli qanday ataladi


Individual-guruhli


Individual


Ommaviy


Guruhiy


4.Ulug‘ adibimiz …qahramonlaridan birining: “Bu xonadondan hech kim norizo bo‘lib ketgan emas” deya aytgan gaplarida elimizga katta hayotiy falsafa mujassam.


Abdulla Qodiriy


Usmon Nosir


Abdulla Qahhor


O‘tkir Hoshimov


5.Ota-onaning farzand oldidagi burchlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan


Yaxshi nom qo‘yish, yaxshi muallim qo‘liga topshirish, savodini chiqarish


Boshini ikki va uyli-joyli qilish, kiyintirish, ovqatlantirish


Yaxshi nom qo‘yish, uyli-joyli qilish, kiyintirish


Kasb-hunarli qilish, savodini chiqarish, kiyintirish va boqish


6.Har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda o‘zining …bilan kuchlidir.


O‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati


Harbiy qudrati ishlab chiqarish salohiyati


Er osti va er usti boyliklari bilan


Tabiiy resurslari


7.Jamoaning majburiy belgisi nimada


Pedagogik rahbarlikning mavjud bo‘lishida


An’analarning mavjud bo‘lishida


Jamoa faolining mavjudligida


Tuzilishga ega ekanligida


8.Kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlarini aniqlang. 1)kasbiy ta’lim berish; 2)kasbni sevish; 3) kasbiy bilim berish; 4)kasbiy mashq; 5)kasbiy konsultatsiya; 6)kasbga moslashuv


1,3,5,6


1,3,4,6


1,3,4,5,6


1,2,4,5,6


9.Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlariga quyidagilardan qaysi biri kiradi


Ijtimoiy ahamiyatli mehnatning o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi


Tumanlardagi ishlab chiqarish sharoitari


Ta’lim muasasasidagi an’analar


Ta’lim muasasasining moddiy bazasi


10.O‘zida uyda va maktabda o‘z-o‘ziga xizmat, maktab kanikuli vaqtida daladagi yozgi ishlar, maktab qurilishi jamoasidagi ishlar qaysi mehnat turiga taalluqli


Ijtimoiy foydali


O‘quv


Ishlab chiqarish


Kundalik


11.Shaxsning faol hayotiy qarashini shakllantirish jamoaning qaysi vazifasiga kiradi


Tashkiliy


Rag‘batlantirish


Tarbiyaviy


O‘rgatuvchi


12.A. S. Makarenkoning fikricha, jamoaning shakllanish bosqichlari uchun nima asos bo‘ladi


Tarbiyalanuvchilarning pedagogik talablarga munosabati


Jamoadagi sog‘lom muhit


Jamoadagi o‘z-o‘zini boshqarish


Jamoadagi an’analar


13.Jamoa rivojlanishining qaysi bosqichida faqat pedagoglar talab qo‘yadi


Ibosqichida


VI bosqichida


III bosqichida


II bosqichida


14.Jamoa shakllanishining qaysi bosqichida jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘ta boradi


II bosqichida


III bosqichida


I bosqichida


IV bosqichida


15.Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi nima?


Didaktika grekcha so’z bo’lib «o’qitish» «o’rgatuvchi» degan ma’nolarni anglatadi


O’qitish nazariyasi demakdir.


Didaktika grekcha so’z bo’lib, o’qitish demakdir.


Didaktika grekcha so’z bo’lib «o’rgatuvchi» degan ma’nolarni anglatadi.


16.Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, jamoaning shakllanishi nechta bosqichda amalga oshiriladi


To‘rt


Besh


Ikki


Uch


17Dars, praktikum, seminar, amaliy mashg‘ulot va konsultatsiyalar – bu:


Ta’limni tashkil etish shakllari


Ta’lim usullari


Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari


Ta’lim vositalari


18.Bilim nima?


Bilim-odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to’plagan umumlashgan tajribasidir.


Bilim-o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ko’nikma va malakalar yig’indisidir.


Bilim amaliyotdan sizga idrok, tasavvur va tafakkur asosida hosil bo’lib, yana amaliyotga qaytib boradigan majmuadir.


Bilim bu-ta’lim demakdir.


;


19.Ko’nikma nima?


O’quvchilarning olgan bilimlariga asoslanib bajaradigan xatti-xarakatlar yig’indisi.


Ko’nikma bu bilimlar asosida hosil bo’ladigan xatti-xarakatlar yig’indisidir.


Ko’nikma bu- malaka asosida hosil bo’ladi.


Ko’nikma bu- to’plangan tajribadir.


20Qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli – bu:


Individual


Sinf-dars


Ma’ruza-seminar


Laboratoriya


21.Quyidagilardan qaysilari ma’ruza-seminar tizimining asosiy shakllariga kiradi? 1) laboratoriya; 2) ma’ruza; 3) fan to‘garaklari; 4) seminar; 5) amaliy; 6) olimpiada


1,2,4,5


1,2,4,6


1,2,3,5


2,3,5,6


22.O‘qitishning individual tizimiga O‘rta Osiyolik qaysi mutafakkir qarshi chiqqan


Abu Ali ibn Sino


Abu Rayxon Beruniy


Al- Xorazmiy


Abu Nasr Forobiy


23.Qaysi qatorda rag‘batlantirish va motivatsiyalash metodlari to‘g‘ri berilgan


Mukofotlash, tanbeh, musobaqa


Mashq, musobaqa, nasihat


Hikoya , tushuntirish, tanbeh


Namuna, o‘rgatish, ma’ruza


24.…davomida insonning oliy nerv faoliyatining o‘ziga xosligi, sog‘ligining holati, qiziqishlari, motivlari, kasb tanlashdagi maqsadlari o‘rganiladi.


Kasbiy tashxis etish


Kasbiy bilim


Kasbiy konsultatsiya


Kasb tanlash


25.Qaysi asarda dehqonlarga nisbatan: “O‘zing bular bilan aralashgin, qo‘shilgin, tilda yaxshi so‘zla, yuzungni ochiq tut”deya ta’rif berilgan


Qutadg‘u bilik


Hayrat ul-abror


Mahbub ul-qulub


Hibat ul-haqoyiq


;


26.Mehnat tarbiyasi mazmunida aks etuvchi xo‘jalik-iqtisodiy omillarni aniqlang. 1)maktablarning imkoniyatlari; 2)o‘quvchilarning yosh xususiyatlari; 3)maktablarning moddiy bazasi; 4)o‘qituvchi kadrlar; 5)ishlab chiqarish sharoitlari; 6)maktablardagi an’analar


1,3,4,5,6


1,2,4, 5, 6


2,3,4,5,6


1,2,3,4,5


27.Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yildagi so‘zlagan nutqi qanday nomlanadi


Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori


Barkamol avlod orzusi


O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li


O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat


30.“Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi ” degan fikr kimga tegishli


Turkiston general-gubernatori M. Skobelovga


Turkiston general-gubernatori fon Kaufmanga


Chor Rossiyasi podshosi NikolayIIga


Chor Rossiyasi podshosi Aleksandr Iga


31.Kasbiy konsultatsiya (maslahat)ning qanday turlari bor


Individual-tashxisli, ma’lumot axborotli, tibbiy


Rag‘batlantiruvchi, individuall-tashxisli, tibbiy


Tibbiy, motivatsion, ma’lumot-axborotli


Tarbiyalovchi, tibbiy, individual-tashxisli


32.Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllarini aniqlang. 1)muammoli; 2)hasharlar uyushtirish; 3)izlanuvchan-tadqiqotli; 4)mehnat bayrami; 5)konstruktorlash; 6)ko‘kalamzorlashtirish; 7)maktab binosoni ta’mirlash


2,4,6,7


1,2,4,5,7


1,2,4,6


1,3,5,6,7


33.Qaysi mehnat turi o‘quvchilarning moddiy boyliklar yaratishdagi ishtiroki, bu jarayonda ularning ishlab chiqarish munosabatlariga kirishishlarini ko‘zda tutadi


Ishlab chiqarish


O‘quv


Ijtimoiy foydali


O‘z-o‘ziga xizmat


33…o‘quvchiga u yoki bu kasbning ijtimoiy-iqtisodiy, psixofiziologik o‘ziga xosliklari haqida aniqlangan bilimlarni berish maqsadida amalga oshiriladi.


Kasbiy bilim


Kasbiy diagnostika


Kasbiy konsultatsiya


Kasb tanlash


34.Quyidagilarning qaysi biri mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlariga kirmaydi


Mehnat faoliyatining majburiy emasligi


Mehnat faoliyatining hammaopligi va qo‘ldan kela olishi


Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘lig‘ligi


Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi


35…bu yosh mutaxassisni kasbiy faoliyatga olib kiruvchi, ishlab chiqarish tizimiga, mehnat jamoasiga, mehnat sharoitlariga, mutaxassislikning o‘ziga xosliklariga ko‘niktiruvchi jarayon.


Kasbiy moslashuv


Kasbiy bilim


Kasbiy konsultatsiya


Kasbiy diagnostika


36.Kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlarini aniqlang. 1)kasbiy ta’lim berish; 2)kasbni sevish; 3) kasbiy bilim berish; 4)kasbiy mashq; 5)kasbiy konsultatsiya; 6)kasbga moslashuv


1,3,5,6


1,3,4,5,6


1,3,4,6


1,2,4,5,6


37.Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlariga quyidagilardan qaysi biri kiradi


Ijtimoiy ahamiyatli mehnatning o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi


Tumanlardagi ishlab chiqarish sharoitari


Ta’lim muasasasidagi an’analar


Ta’lim muasasasining moddiy bazasi


38.O‘zida uyda va maktabda o‘z-o‘ziga xizmat, maktab kanikuli vaqtida daladagi yozgi ishlar, maktab qurilishi jamoasidagi ishlar qaysi mehnat turiga taalluqli


Ijtimoiy foydali


O‘quv


Ishlab chiqarish


Kundalik


;


39.Quyidagilardan qaysilari jazolash metodlariga kiradi


Tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish


O‘z-o‘zini baholash, uyaltirish, musobaqa


Mashq , pedagoik talab, xayfsan berish


Ma’ruza, o‘git, etik suhbat 40.Kerakli sozni topib qo‘ying. ... bu aniq hatti-harakat bilan u yoki bu kishilarning ongi va his tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatish.


O‘rgatish


Mashq


Namuna


Topshiriq


41.Talablar… va … bo‘lishi mumkin.


To‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita


Jamoa, me’yoriy


Rejim, maxsus


Aniq va noaniq


;


43.Tarbiya berish vaqti ham tarbiya metodlarini tanlashga ta’sir ko‘rsatadimi


Ha,albattta


Yo‘q, ta’sir ko‘rsatmaydi


Unchalik emas


Qisman aloqadorlik mavjud


44.Tarbiya vositalari – bu tarbiya usullari…


Yig‘indisi


Yo‘li


Maqsadi


Mazmuni


45.Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlarini toping


O‘rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat


Musobaqa, ijtimoiy fikr, mashq


Hikoya, tushuntirish, ma’ruza


Ogohlantirish, etik suhbat, hikoya


46.Aniqlash va o‘lchash nima deb ataladi


Tekshirish


Baholash


Nazorat


Hisobga olish


46.O‘qitishning muayyan bir davrda o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash nima deb ataladi


Hisobga olish


Nazorat qilish


Tekshirish


Baholash


47.Aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish nima deb ataladi


Shkalalash


Test


Reyting


Baholash


48.Dogmatik ta’lim o‘rniga qanday ta’lim turi qo‘llanila boshlandi


Tushuntiruvchi-namoyishli ta’lim


Muammoli ta’lim


Dasturlashgan ta’lim


Masofaviy o‘qitish


49.Ta’lim metodlarining asosiy funktsiyalarini ko‘rsating.


Motivatsiyali, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tashkiliy


Rivojlantiruvchi, axboriy, kommunikativ


Bashorat qilish, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tashkiliy


Tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, kommunikativ, tashkiliy


50.Kimlar ahamiyati bo‘iycha ta’lim metodlarini klassifikatsiya qilgan


M.A.Danilov, B.P.Esipov


I.YA.Lerner, M.N.Skatkin


E.YA.Golant, N.M.Verzilin


M.A.Danilov, M.N.Skatkin


;


51.Malaka nima?


Malaka bilan bir xil ongli xatti-xarakatlarning ko’p marta takrorlanishi asosida hosil bo’ladigan avtomatik jarayondir


Malaka bu to’plangan tajribadir.


Malaka bilan bir xil xatti-xarakatlarning ko’p marta takrorlanishi asosida.


Malaka bu-tajribadir.


52.Ta’lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlarini ko‘rsating.


Idrok qilish, fahmlab(anglab olish), mustahkamlash, ko‘nikma ,malakalarni hosil bo‘lishi, ularni amaliyotda qo‘llash


Maqsad, vazifa, mazmun, metod, shakl, natija


O‘qitish, o‘qish, yangi bilim , ko‘nikma , malakalarni egallsh, amaliyotda qo‘llash, tekshirish, nazorat qilish


Idrok qilish, o‘qish, amaliyotda qo‘llash, tekshirish


53.O‘quv ishini tashkil etishning shakllaridan hozirgi maktablar tajribasida qo‘llanilayotganlari qaysi guruhda berilgan


Dars, praktikumlar, seminarlar, laborotoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiyalar, uy vazifalari, fakultativ mashg‘ulotlar


Laboratoriya, brigada, repititorlik, bell-lankaster usuli, hikoya, tushuntirish


Dars, tushuntirish, mashg‘ulotlari, konsultatsiyalar, uy vazifalari, fakultativ mashg‘ulotlar


Amaliy mashg‘ulot, seminar, laborotoriya, ma’ruza, muammoli, dasturlashgan, kompyuterlashgan


54.O‘qitish jarayoni nima


Bu ikki yoqlama boshqariladigan maqsadga muvofiq pedagogik jarayon


Bu – bilim ,ko‘nikma, malaka hosil qilish jarayoni


O‘quvchilarning mustaqil ishlarini boshqarishda o‘qituvchilarning rahbarligi


O‘qituvchining tartiblangan faoliyati


55.Qaysi so‘z metod tushunchasining mohiyatini ochib beradi


Maqsadga erishish usuli


Uslubiylik


Tadqiq etish


Birgalikdagi faoliyat


56.Darslik nima?


Darslik muayyan o’quv predmeti mazmunini o’quv dasturida ko’rsatilgan xajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilib beradigan o’quv kitobi sanaladi


O’quv predmetidir.


O’quv qo’llanmasi.


O’quv quroli.


57.Sinf-dars tizimiga kim asos solgan?


Yan Amos Kamenskiy


A. Navoiy


Aristotel


A. Avloniy


58.Metod va usul tushunchalari bir narsami


Yo‘q


Ha


Deyarli bir xil


Muqobil varianti


59.Reja tuzish, ularni bayon etish... Bu erda gap metod haqida borayaptimi yoki usul haqidami


Usul


Shakl


Metod


Metod va usul


60.Amaliy metod qanday bosqichlardan iborat bo‘ladi


O‘qituvchining tushuntirishi, ko‘rsatish, proba,bajariladigan ishlar, nazorat


Tushuntirish, suhbat ko‘rsatib berish


O‘qituvchining tushuntirishi, takrorlash, bajariladigan ishlar, nazorat


Harakatlarni bajarish, muvaffaqqqiyat natijalarini hisobga olish, takrorlash


61.Ta’limning amaliy metodlarini ko‘rsating.


Mashq, laboratoriya, amaliy, didaktik o‘yinlar


Ma’ruza, laboratoriya, munozara, tushuntirish


Demonstratsiya, illyustratsiya, kitob bilan ishlash


Hikoya, tushuntirish, mashq, amaliy


62.Illyustrativ metoddan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat


Ko‘rish va eshitish madaniyatini shakllantirish


O‘rganilayotgan materialni dastlabki idrok etish


Analizatorlar faoliyatini faollashtirish


Estetik didni shakllantirish


63.Sinf deb nimaga aytiladi?


Yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo’lgan muayyan o’quvchilar guruhiga aytiladi.


Bir guruh o’quvchilar yig’indisiga aytiladi?


Bir sinf o’quvchilar jamoasiga aytiladi.


O’quvchi boshchiligidagi jamoaga aytiladi.


64.Quyidagi metodlardan qaysi biri bilimlarni berish, nazorat qilish, mustahkamlash, umumlashtirish, tizimlashtirishga xizmat qiladi


Videometod


Demonstratsiya


Illyustratsiya


Mashqlar


65.Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlarini tanlang.


Suhbat, test, eksperiment, kuzatish


Mashq, lobarotoriya, suhbat, sotsiologik metod


Ma’ruza, tushuntirish, kuzatish, illyustratsiya


Hikoya, maktab hujjatlarini o‘rganish, anketa, test


;


66.Pedagogikaning qaysi sohasi shaxsi va faoliyatida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadi?


Korrektsion pedagogika


Maktab pedagogikasi


Xalq pedagogikasi


Kasbiy pedagogika


67… - bu ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.


Ma’lumot


O‘qish


Rivojlanish


Tarbiya


68.Ilmiy pedagogika nechanchi asrda paydo bo‘ldi


XVII asrda


XVI asrda


XVIII asrda


XIX asrda


69.Pedagogikaning ob’yekti – bu...


Bola, inson


Tarbiya jarayoni


Pedagogik faoliyat


Pedagogik aksiologiya


70.Dars deb nimaga aytiladi?


Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli xisoblanadi.


O’quvchilar bilan olib boriladigan mashg’ulot.


Ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanish ishlariga aytiladi.


O’quvchi va o’qituvchilarning birgalikdagi faoliyatiga aytiladi.


71 … – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagigik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.


Fan


Ishlab chiqarish


Uzluksiz ta’lim


Fan


72…– malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish mohiyatini o‘z ichiga oladi.


Uzluksiz ta’lim


Fan


Davlat va jamiyat


Ishlab chiqarish


73.Zamonaviy o’qituvchi qiyofasidagi fazilatlar soni darslikda nechta etib ko’rsatilgan?


10 ta


5 ta


8 ta


12 ta


74.Didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash deganda nima tushuniladi


Tashxis


Nazorat qilish


Hisobga olish


Baholash


75.Ta’lim oluvchining bilim ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash deganda nima tushuniladi


Nazorat


Tekshirish


Hisobga olish


Baholash


76.Pedagogika va ta’lim tarixida ta’limni tashkil etishning nechta asosiy tizimi o‘rin olgan


Uchta


To‘rtta


Beshta


Ikkita


77.Qaysi ta’lim tizimi yaratilgandan buyon amaliy o‘zgarishga uchramagan


Ma’ruza-seminar


Yakka


Sinf-dars


Individual-guruhli


78.“Osondan qiyinga qarab borish”, “Ma’lumdan noma’lumga qarab borish”, “Soddadan murakkabga qarab borish” kabi tushunchalar qaysi ta’lim tamoyillariga tegishli


O‘quvchilarga mos bo‘lish


Ko‘rgazmalilik


Tushunarlilik


Ilmiylik


79.Qaysi ta’lim tamoyilini Ya.A.Komenskiy didaktikaning oltin qoidasi deb atagan


Ko‘rsatmalilik


Tabiat bilan uyg‘unligi


Ilmiylik


Tushunarlilik


80.Ta’limning ko‘rgazmali metodlarini ko‘rsating.


Demonstratsiya, illyustartsiya


Ma’ruza, hikoya, suhbat


Lobarotoriya, mashq, tushuntirish


Mashqlar, amaliy ishlar, didaktik o‘yinlar


81.Bilish faoliyati bo‘yicha tasnif qilinuvchi ta’lim metodlaridan qaysi biri kam vaqt sarflab, katta hajmdagi bilimni berishni ta’minlay oladi


Reproduktiv


Qisman izlanish


Tadqiqot


Muammoli


82.O‘qituvchining darsga tayyorlanishida qanday bosqichlar ko‘zga tashlanadi


Tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish


Tashxislash,loyihalash, tizimlashtirish


Tashxislash, mustahkamlash, tushunish


Loyihalash, tushunish, bashoratlash


83.Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni belgilang.


DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi


DTS, o‘quv dasturi, sinf jurnali


O‘quv rejasi, dars jadvali, DTS


Darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma


84.Avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakat nima deb ataladi


Malaka


Ko‘nikma


Qobiliyat


Bilim


85.Qaysi olim tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlagan


Ya.A.Komenskiy


Abdulla Avloniy


Disterverg


Gerbart


86.Qaysi ta’lim tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda ham keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda


Sinf-dars


Ma’ruza-seminar


Individual


Jamoaviy


87.Kerakli so‘zni topib qo‘ying. Tarbiya metodlari – bu tarbiya …amalga oshirish…


Maqsadi, yo‘li


Yig‘indisi, usuli


Aniq, qism,


Usuli, qismi


88.Quyidagi metodlardan qaysilari ongni shakllantirish metodlariga kiradi: 1)hikoya; 2)pedagoigk talab; 3)etik suhbat; 4)mashq; 5)tushuntirish


1,3,5


1,3,4


1,2,5


1,2,4


89.Mashq, o‘rgatish, tarbiyaviy vaziyat tarbiyaning qaysi metodlariga kiradi


Faoliyatni tashkil etish


Ongni shakllantirish


Rag‘batlantirish


Nazorat


90.Quyidagilardanqaysi biri yuqori darajada uyushgan jamoa hisoblanadi


O‘quvchilar jamoasi


Ishlab chiqarish jamoasi


Zavod jamoasi


O‘qituvchilar jamoasi


91.Bolalar jamoasi shakllanishining qaysi bosqichida jamoa faoli butun jamoafa nisbatan talab qo‘yadi


II bosqichda


I bosqichda


III bosqichda


IV bosqichda


92.Vatanparvarlik tarbiyasida… o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish muhim rol o‘ynaydi


Davlat ramzlarini


Davlat hujjatlarini


Badiiy adabiyotlarni


Qonun va qarorlarni


93.Tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga nima deb aytiladi


Tarbiya


Ta’lim


Rivojlanish


Ma’lumot


94.Estetika so‘zining ma’nosi nima


Go‘zallikni his qilaman


Xulq-atvor


Donolikni sevaman


O‘qitaman


95.Estetik tarbiyaning asosiy vositalarini aniqlang.


Tabiat, mehnat, badiiy adabiyot


Konkurslar, viktorinalar, seminarlar


To‘garaklar, ijodiy birlashmalar, maktab bayramlari


Kitob, rasm, maket


96.Shaxsning tabiat, jamiyat va sana’tdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go‘zallik borasidagi bahosining aks etishi nima deb ataladi


Estetik ideal


Estetik qiziqish


Estetik baho


Estetik mulohaza


97.Quyidagilardan qaysi biri estetik tarbiyaning vazifasi bo‘la olmaydi


Chiroyli so‘z, modaga ishqibozlikni shakllantirish


Estetik didni, go‘zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash


San’atdagi, atrofimizdagi go‘zallikni his qila olish


O‘quvchilarda estetik ongni tarkib toptirish


98.Estetikaning asosiy tushunchalarini aniqlang. 1)estetik his-tuyg‘u; 2)estetik tamoyil; 3)estetik did; 4)estetik norma; 5)estetik mulohaza; 6)estetik ideal


1,3,5,6


1,2,5,6


1,2,3,4


1,4,5,6


99.Estetika tushunchasini fanga kim kiritgan


Baumgarten


K.D.Ushinskiy


V. Suxomlinskiy


Forobiy


100.Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati nima deb ataladi


Estetik mulohaza


Estetik ehtiyoj


Estetik ong


Estetik did


101.Qachondan boshlab estetika bilimlar sohasiga aylangan


XVIII asrdan


XII asrdan


XIV asrdan


XIII asrdan


102.Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig‘indisi orqali shakllanadigan va shxsning buyum , hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa nima deb ataladi


Estetik did


Estetik ehtiyoj


Estetik ideal


Estetik mulohaza


103.Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi subektiv omillar nima deb ataladi


Estetik ehtiyoj


Estetik ong


Estetik mulohaza


Estetik did


104.“Estetika ” deb atalgan birinchi asar muallifi kim


Baumgarten


Aristotel


Betxoven


Navoiy


105.Quyidagilar orasidan estetik tarbiyaning vazifasiga kiradiganini aniqlang.


Insonni voqelikka estetik munosabatini shakllantirish


Axloqiy sifatlarni shakllantirish


Modaga ishqibozlikni shakllantirish


Tejamkor fuqaroni shkllantirish


106.Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’ilm va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat nima deb ataladi


Estetik ong


Estetik mulohaza


Estetik did


Estetik ideal


107.Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o‘zlashtirishga kirishishi nima deb ataladi


Estetik qiziqish


Estetik did


Estetik ong


Estetik baho


108.O‘quvchilarning jismoniy madaniyatini tarbiyalashning asosiy vositalariga nimalar kiradi


Jismoniy mashqlar, tabiiy va gigienik omillar


Jismoniy jazo, jismoniy ta’sir, tabiiy va sun’iy omillar


Gimnastika, o‘yin, turizm, sport


Quyosh, suv, havo, uyqu


109.Bo‘sh vaqtni foydali va maroqli mashg‘ulotlar bilan to‘ldirish jismoniy tarbiyaning qaysi vazifasiga kiradi


Umummadaniy


Rivojlantiruvchi


Sog‘lomlashtiruvchi


Tarbiyaviy


110.Jismoniy tarbiyaning ta’limiy vazifasiga nimalar kiradi


Odamlarni jismoniy tarbiyaning nazariyasi va tarixi bilan tanishtirish


Insoniy axloqiy sifatlarni shakllantirish


Odamlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmning shakl va funktsiyalarini uyg‘un rivojlantirish


Insonlarni jismoniy mashqlarga qiziqishini oshirish


111.Quyidagi jismoniy tarbiyaning vositalaridan qaysi biri bolaning jismoniy quvvatini, baquvvat tana, qo‘llarni, ishonchliko‘zlarni, zehnlilikni, topqirlikni , tashabbuskorlikni rivojlantiradi


O‘yin


Turizm


Gimnastika


Sayohat


112.Jismoniy mashqlarga nimalar kiradi


Gimnastika, o‘yin, turizm, sport


Uyqu, dam olish, ovqatlanish


Quyosh, havo, suv


Yugurish, sakrash, suzish, konkida uchish


113.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda qanday o‘yin turlari asosiy hisoblanadi


Ochiq havodagi


Sport


Milliy


Tabiiy


114.Jismoniy tarbiyaning pedagogik shart-sharoitlariga nimalar kiradi: 1)sinf tayyorgarlik darajasi; 2)ta’lim muassasasining o‘ziga xosligi; 3)tabiiy(iqlimiy) sharoitlar; 4)tizimli tashkil etish


2,3,4


1,2,4


1,2,3,4


1,2,3


115.Jismoniy tarbiya sohasiga taalluqli hodisalarni ta’riflashda foydalaniladigan asosiy tushunchalarni aniqlang. 1)jismoniy ta’sir; 2)jismoniy tamoyil; 3)jismoniy mehnat; 4)jismoniy kamolot; 5)jismoniy ideal; 6)jismoniy madaniyat


1,3,4,6


1,2,4,6


2,3,4,5


1,2,5,6


116.B.T.Lixachev jismoniy madaniyatning vazifalarini qay tariqa tasnif etadi


Rivojlantiruvchi, tarbiyaviy, ta’limiy, sog‘lomlashtiruvchi, umummadaniy


Motivatsiyali, rivojlantiruvchi, tibbiy, tizimli


Tashkiliy, nazorat, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi, ta’limiy


Ta’limiy, tarbiyaviy, bashorat qilish, sog‘lomlashtiruvchi


117.“Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz vujud kerakdir…………” Ushbu fikrlar kimga tegishli


Abdulla Avloniyga


Alisher Navoiyga


Alpomishga


Sh.A.Amonashviliga


118.Quyidagi qaysi tushuncha jismoniy tarbiya samaradorliga ko‘rsatkichi bo‘la oladi


Jismoniy kamolot


Jismoniy madaniyat


Jismoniy ta’sir


Jismoniy jazo


119.Kim axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirishni ham jismoniy tarbiyaning vazifalariga kiritadi?


I.P.Podlasiy


B.T.Lixachev


A.Q.Munavvarov


V.A.Slastyonin


120.Jismoniy tarbiya vazifalari va qonuniyatlariga bog‘liq holda maxsus tashkil etilgan va ongli bajariladigan harakatlar nima deb ataladi


Jismoniy mashqlar


Jismoniy vositalar


Tabiiy omillar


Gigiyenik omillar


121.Gimnastikaning qanday turlari mavjud


Gigienik, badiiy, ishlab chiqarish, tibbiy


Asosiy, sportga oid, o‘yin, axloqiy , badiiy


Ko‘ngilochar, tibbiy, ishlab chiqarish, turizm


Oddiy, murakkab, ko‘p bosqichli


122.Quyidagi qaysi so‘z “axloq” so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi


Etika


Odat


Estetika


E’tiqod


123.“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining muallifi kim


A.Avloniy


Fitrat


Hamz


Forobiy


124.Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas, hamma sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar nima deb ataladi


Axloqiy kategoriya


Axloqiy normalar


Axloqiy tamoyillar


Axloqiy ideal


125.Axloqiy tarbiya jarayonini mazmunining o‘ziga xosligi nimadan iborat


Odamlarning ijtimoiy hayotlarining hamma tomonlarini qamrab olishida


Jismoniy kuchni talab qilishida


Ijtimoiy ahamiyatli faoliyat ekanligida


O‘z-o‘ziga ishonchni tarkib toptirishda


126.Axloqiy mezonga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolaning nimani bilishi talab etiladi


Ular O‘zbekistonda yashayotganligini bilishi


Vatanni ulug‘lovchi madhiyani bilishi


Rasm chiza olishi, she’rlar, qo‘shiqlar yozishi


O‘z Vatanining fuqarosi ekanligini bilishi


127.Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo‘ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o‘zida birlashtirgan shaxs tavsifi nima deb ataladi


Axloqiy tamoyillar


Axloq


Axloqiylik


Axloqiy norma 127.Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o‘zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu qanday tushuncha bilan ataladi
Axloqiy ideal
Axloqiy norma
Axloqiylik
Axloq kategoriyalar


128.Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


Tarbiya, ta’lim, ma’lumot


Irsiyat, muhit, tarbiya


Bilim, ko’nikma, malaka


O’qitish, o’qish, o’rganish


129.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalangan?


Har tomonlama yetuk mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish


Ishbilarmon kishini tarbiyalash


Savodga o’rgatish


Hunarga o’rgatish


130.O’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni nima deb ataladi?


Ta’lim


Tarbiya


O’rgatish


O’rganish


131.Ta’lim-tarbiya natijasida egallangan bilim, ko’nikma va malakalar majmui – bu...


Ma’lumot


Bilim


Odat


Qobiliyat


132.Tarbiyalanuvchilar ongi, xulq-atvori va his-tuyg’usiga maqsadga muvofiq ta’sir etish nima deb ataladi?


Tarbiya


Qoida


Tamoyil


Qonuniyat


133.Qaysi javobda kuzatish metodining turlari to’g’ri ko’rsatilgan?


Bevosita va bilvosita


Asoslovchi va ta’kidlovchi


Ochiq va yopiq


Analiz va sintez


134.Anketa metodining qanday turlari mavjud?


Ochiq va yopiq javobli


Chiziqli va chiziqsiz


Aniq va noaniq


Asosiy va qo’shimcha


135.Uzluksiz ta’lim jarayonining ob’ekti, sub’ekti, iste’molchisi va amalga oshiruvchisi – bu...


Shaxs


Fan


Davlat


Jamiyat


136.Aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan ta’lim turi qanday ataladi?


Magistratura


Oliy ta’lim


Akademik litsey


Maktab


137.O’zbekiston Respublikasida ta’lim nechta turda amalga oshiriladi?


Etti


Olti


Besh


To’rt


138.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni nechta moddadan iborat?


O’ttiz to’rt


Qirq besh


Ellik


Oltmish


139.Qaysi ta’lim turida umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratiladi?


Boshlang’ich ta’lim


Maktabgacha ta’lim


Oliy ta’lim


Maktab


140.O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va ...


Uzluksiz


Tizimli


Standart


Muqobil


141.Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni qanday tartibda olishlari mumkin?


Pulli-shartnoma


Davlat byudjeti asosida


Loyiha asosida


Oilada


142.Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun ...


Majburiy


Ochiq


Ixtiyoriy


Erkin


143.Qaysi ta’lim turi bola shaxsini sog’lom va etuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi?


Maktabgacha ta’lim


Oliy ta’lim


Akademik litsey


Kollej


144.Hayotiy faoliyat jarayoni va maxsus


tarbiyaviy xatti-harakatlar ta’sirida inson rivojlanishini muhim shakli nima deb ataladi?


Shakllanish


Tarbiya


Ta’lim


O’rganish


145.Tarbiyalanuvchini psixikasi va jismoniy taraqqiyotida bosqichma-bosqich va


qonuniy o’zgarishlarning sodir bo’lishi nima deb ataladi?


Rivojlanish


Odat


Bilim


Ko’nikma


146.Jamiyatda o’z o’rniga ega, ijtimoiy ahamiyatga ega maqsad yo’lida bir yoki bir nechta kishini o’z orqasidan ergashtira oladi – bu …


Shaxs


Inson


Etakchi


Arbob


147.Barqaror, takrorlanuvchi, invariantli tavsifga ega narsa-hodisa va jarayonlarning ichki mavjud aloqalari nima deb ataladi?


Qonun


Tamoyil


Odob


Axloq


148.Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’ektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik – bu ...


Qonuniyat


Metod


Shakl


Vosita


;


150.O’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati nima deb ataladi?


O’rgatish


O’rganish


O’qitish


Ta’lim


151Anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni - ...


O’rganish


Bilim


Ko’nikma


Malaka


152.Qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan talabalarning tartiblangan o’zaro harakati nima deb ataladi?


O’qitish


Maqsad


Natija


Metod


153.Ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi - ... bu


Bilim


Odat


Ko’nikma


Malaka


154.Egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash jarayoni qanday ataladi?


Ko’nikma


Bilim


Malaka


Axloq


155.Avtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi – bu …


Malaka


Bilim


Ko’nikma


Ta’lim


156.O’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar yig’indisi nima deb ataladi?


Ta’lim mazmuni


Ta’lim metodi


Didaktik vositalar


Natija


157.O’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq – bu …


Ta’limni tashkil etish shakli


Usul


Uslub


Maqsad


158.... yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying.


Fan


Shaxs


Ishlab chiqarish


Davlat va jamiyat


159... o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirish, tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurtidir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying.


Kasb-hunar kolleji


Akademik litsey


Umumiy o’rta ta’lim


Oliy ta’lim


160... o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurtidir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying.


Akademik litsey


Kasb-hunar kolleji


Oliy ta’lim


O’quv markazi


161.Yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt nima deb ataladi?


Vosita


Metod


Shakl


Uslub


162... o’quv jarayoni umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying.


Ta’lim tamoyillari


Ta’lim qonuniyati


Ta’lim metodlari


Qoidalar


163.O’zbekiston Respublikasida ta’lim necha xil muassasalarda olib boriladi?


7 xil


3 xil


4 xil


5 xil


164.Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari necha bosqichga bo’linadi?


2 bosqich


3 bosqich


4 bosqich


6 bosqich


165.Ta’lim mazmunini belgilashga doir qaysi g’oya o’quv dasturidagi soatlarga qo’shimchalar kiritish, chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan tarzda o’qitishni nazarda tutadi?


Tabaqalashtirish


Amaliylashtirish


Integratsiyalash


Individuallashtirish


166.Metodning alohida tomoni yoki tarkibiy qism nima deb ataladi?


Usul


Vosita


Uslub


Shakl


167.Ta’limning binar metodlarini kim guruhlashtirgan?


M.I.Maxmutov


M.Danilov


B.Esipov


M.Skatkin


168.Ta’lim to’g’risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan?


1997 yil


1992 yil


2000 yil


2005 yil


169.Didaktik o’yin manbasiga ko’ra qanday ta’lim metodi sanaladi?


Amaliy


Og’zaki


Ko’rgazmali


Videometod


170.Demonstratsiya – bu:


Ko’rgazmali metod


Amaliy metod


Kitob bilan ishlash


Og’zaki metod


171.Qaysi metod o’qish, o’rganish, reja tuzish, konspekt qilish kabi usullarda amalga oshiriladi?


Kitob bilan ishlash


Mashq


Videometod


Amaliy 172.Agar o’rgatish metodi tushuntirish bo’lsa, o’rganish metodi sifatida nima xizmat qiladi?


Reproduktiv metod


Ko’rgazmali amaliy metod


Izlanishga doir metod


Evristik metod


173.Muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat nima deb ataladi?


O’quv dasturi


O’quv rejasi


Darslik


O’quv qo’llanma


174.Davlat ta’lim standarti o’zida o’quv rejaning qaysi turini aks ettiradi?


Tayanch o’quv rejani


Namunaviy o’quv rejani


Ishchi o’quv rejani


O’quv dasturini


175.Muayyan o’quv fani bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba nima deb ataladi?


Darslik


O’quv qo’llanma


O’quv rejasi


Metodik qo’llanma


176.O’rta asrlarga oid ta’lim turini aniqlang.


Dogmatik


Muammoli


Modulli


Masofali


177.Loyiha tizimini kim tomonidan ishlab chiqqan?


U.Kilpatrik


L.Tramk


E.Parkxers


B.Lankaster


178.Bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli nima deb ataladi?


Dars


To’garak


Ekskursiya


Uy vazifasi


179.Har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish kabilar darsga qo’yiladigan qanday talablarni aks ettiradi?


Didaktik


Rivojlantiruvchi


Umumiy


Tarbiyaviy


180.O’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish kabilar darsga qo’yiladigan qanday talablarni o’zida ifoda etadi?


Rivojlantiruvchi


Umumiy


Tarbiyaviy


Didaktik


181.Bo’lajak darsni tashkil etilishning turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish o’qituvchining darsga tayyorlanishini qaysi bosqichiga tegishli?


Bashoratlash


Loyihalash


Tashxis


Rejalashtirish


182.Dars loyihasini yana qanday nom bilan atash mumkin?


Boshqaruv dasturi


Boshqaruv tamoyili


Boshqaruv apparati


Boshqaruv obyekti


183.Darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish ta’limning qaysi yordamchi tegishli?


Uy vazifasi


To’garak


Ekskursiya


Maslahat


184.O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradigan ta’limning yordamchi shakli qanday nomlanadi?


To’garak


Fakultativ mashg’ulot


Dars


Aralash dars


185.O’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog’liqlikda ishlab chiqiladigan ta’limni tashkil etish shakli – bu:


Fakultativ mashg’ulot


Uy vazifasi


Amaliy dars


Laboratoriya darsi


186.O’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradigan ta’limni tashkil etishning yordamchi shakli nima deb ataladi?


Maslahat


Ekaskursiya


Fakultativ mashg’ulot


Amaliy dars


187.Qanday asosga ko’ra didaktik vositalar motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi?


Audiovizuallik


Boshqaruv


Faoliyat obyektiga ko’ra


Faoliyat subyektiga ko’ra


188.O’quv qo’llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o’quv-texnik vositalar, mebel, o’quv-laboratoriya qurilmalari faoliyat obyektiga ko’ra qanday didaktik vositalar hisoblanadi?


Material vositalar


O’rgatish vositalari


O’rganish vositalari


Ideal vositalar


189.Radio, magnitofon, musiqa asboblari – bu;


Audio vositalari


Vizual vositalar


Ideal vositalar


Material vositalar


190.O’quv kinofil’mlari, diafil’mlar, komp’yuterlar, magnitofon tasmalari, radioeshittirish, teleko’rsatuvlar – bu:


Ta’limning texnik vositalari


Moddiy visitalar


Axborot vositalari


Texnoligik vositalar


191.Nazorat o’z ichiga qanday tarkibiy qismlarni qamrab oladi?


Tekshirish va baholash


Tashxis va bashoratlash


Qiyoslash va taqqoslash


Bevosita va bilvosita


192.Nazoratning qaysi funktsiyasida o’quvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar?


Tarbiyaviy


Ta’limiy


Nazorat


Korrektsiya


193.O’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalar – bu:


Ta’lim tamoyillari


Ta’lim natijasi


Ta’lim metodlari


Ta’lim funktsiyalari


194.O’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va o’quvchi-lar o’quv-bilish faoliyati-ni tashkil etish usullari – bu:


Ta’lim metodlari


Ta’lim vositalari


Ta’lim tamoyillari


Ta’lim funktsiyalari


195.O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish qanday funktsiyalarni bajaradi?


Nazorat qilish, o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish


Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish


O’qitish, tashkil etish, tizimlash


Umuminsoniy, gumanistik, demokratik.


196.Darsda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?


Ommaviy, guruhli, individual


Konsul’tatsiya, instruktaj, konferentsiya


Sinf-dars, amaliy, ko’rgazmali


Ma’ruza-seminar, amaliy


197.Faoliyatni tashkil etish va ijtimomiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish metodlariqaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?


Pedagogik talab, ijtimoiy fikr, o’rgatish, mashq, tarbiyaviy ta’sir


Tushuntirish va o’rgatish, ma’ruza, suxbat, munozara, namuna


Maqullash, maqtash, tashakkurnoma e’lon qilish, mukofat berish, taqdirlash


Jazolash, ogohlantirish, xayfsan berish


198.Maqsadga qaratilganligi, hayot bilan bog’liqligi, ong bilan xulq bir-ligi, oila va maktabning hukmronligi, talabchanlik va o’quvchi shaxsini hurmatlash, o’quvchilarning yosh va individual husustyalarini hisobga olish, sistemalilik, uzluksizlik – bu:


Tarbiya tamoyillari


Tarbiya metodlari


Tarbiya aositalari


Tarbiya shakllari


199.Axloqiy did va ongni, xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarni rivoj-lantirish umuminsoniy madaniyat va milliy qadriyatlarga hurmatni tarbiyalash – bu:


Axloqiy tarbiya


Ekologik tarbiya


Mehnat tarbiyasi


Fuqarolik tarbiyasi


200.Didaktika – bu:


Ta’lim nazariyasi


Rivojlantirish nazariyasi


Tarbiya nazariyasi


Ta’lim nazariyalari


201.O’rganiladagan o’quv predmetlari (fanlari) ularni o’quv yillar bo’yicha o’tish izchilligi, bir o’quv yiliga yoki har bir haftaga ajratiladigan soatlar soni aks etadigan me’yoriy hujjat nima deb ataladi?


O’quv rejasi


O’quv dasturi


Darslik


O’quv qo’llanma


202.Pеdаgоgikа nеchа bo’limdаn ibоrаt?


4 bo’limdаn;


2 bo’limdаn


3 bo’limdаn


6 bo’limdаn


203.Pеdаgоgikа fаni nimаni o’rgаtаdi?


Pеdаgоgikа grеkchа so’z bo’lib “pаynе (bоlа) аgоgеuyn (еtаklаymаn)” mа’nоsini bildirаdi, jаmiyatning insоnni tаrbiyalаsh kаbi eng muhim vаzifаsini bаjаruvini o’rgаtаdi;


Pеdеgоgikа tаlаbаlаrnimngsh tа’lim vа tаrbiya qоnunlаrini, prinsiplаrigа hаmоhаng mаqbul uyo’l tаnlаsh qоbilyatini shаkllаntiruvchi fаn;


Tа’lim-tаrbiya vа mа’lumоt bilаn qurоllаntiruvchi fаn;


Tа’lim-tаrbiya vа mа’lumоt vа qоnuniyatlаrni o’rgаtаdi:


204.Pеdаgоgikа fаni mеtоdоlоrgiyasi dеgаndа nimаni tushunаsiz?


Butun dunyo vа shаrq аllоmаlаrining pеdеgоgik qаrаshlаrini;


O’quvchilаrgа tа’lim-tаrbiya bеrishdа Fаrоbiuy, Ibn Sinо, А. Nаvоiuy, А. Аvlоniuylаrning nаzаriuy mеrоsini;


Pеdеgоgikа fаni bu uning аsоsi hisоblаnаdi;


Butun dunyo, SHаrq vа Mаrkаziuy Оsiyo оlimlаri yarаtgаn fаlsаfаni;


205. Pеdаgоgikа fаni nimаni o’rgаtаdi?


*Pеdagоgikа tаlаbаlаrning tа’lim vа tаrbiya qоnunlаrini, prinsiplаrigа hаmоhаng mаqbul u yo’l tаnlаsh qоbilyatini shаkllаntiruvchi fаn


Pеdаgоgikа grеkchа so’z bo’lib “pаynе (bоlа) аgоgеuyn (еtаklаymаn)” mа’nоsini bildirаdi, jаmiyatning insоnni tаrbiyalаsh kаbi eng muhim vаzifаsini bаjаruvini o’rgаtаdi


Tа’lim-tаrbiya vа mа’lumоt bilаn qurоllаntiruvchi fаn


Tа’lim-tаrbiya vа mа’lumоt vа qоnuniyatlаrni o’rgаtаdi
Download 27,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish