1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


SHayboniylar sulolasi:SHayboniylar davrida ijtimoiy-madaniy hayot



Download 0,6 Mb.
bet40/103
Sana24.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#219603
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
2 5242666810708332222

40. SHayboniylar sulolasi:SHayboniylar davrida ijtimoiy-madaniy hayot.
Balxash ko‘li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo‘lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti qipchoq deb atala boshlandi. qipchoqlar va boshqa turkiy qabilalar hukmronligi ostida bo‘lgan bu hududni 1236 yilda Botuxon o‘zining turk mug‘ul qo‘shinlari bilan egalladi. Tarixda Oltin O‘rda deb atalgan bu davlat XIV asr boshlarida ikki qismga bo‘linib ketadi. SHarqiy qismi Oq O‘rda tarixiy manbalarda “O‘zbeklar mam-lakati” deb ham yuritilgan. XV asrning o‘rtalariga kelib, Jo‘jli-xonning beshinchi o‘g‘li SHayboniy urug‘idan bo‘lgan Abulxayrxon (1412-1468 y) ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soladi. Bu davrda temuriylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahrda o‘zaro feodal urushlar nihoyatda kuchayib ketgan edi. Bundan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni Xorazm-ning bir qismini bosib olib, temuriylar davlatining yon qo‘shnisi bo‘lib qoladi. Abulxayrxonning vafotidan keyin inqirozga uchragan bu davlat XV asrning 80 yillarida Muhammad SHayboniyxon (1481-1510) tomonidan qayta tiklanadi.
SHayboniylar davlatining asoschisi Muhammad SHoxbaxt SHay-boniyxon iste’dodli shoir va zamonasining o‘qimishli, bilimdon kishilaridan biri edi. U taxtga o‘tirmasdan oldin Buxoroda yashab, madrasada ta’lim oladi. Mashhur ilohiyot olimi Muhammad Xitoiy uning ustozi bo‘lgan. Tarixchi olimlardan Kamolitdin Binoiy va Muhammad Solih “SHayboniynoma” asarida SHayboniylar davlatining tarixi haqida hikoya qiladi. Movarounnahrdagi temuriylar saltanatini zaiflashib borayotganidan foydalangan SHayboniyxon 1497 yil Samarqandga yurish qilib, Buxoroni jangsiz egallagan. 1500 yil Samarqandni ham jangsiz qo‘lga kiritgan. Samarqand hokimi Sulton Alining onasiga uylanadi. Asta-sekin qarshi va Fuzor shaharlari ham shayboniylar tomonidan bosib olinadi. Movarounnahrning ikki yirik shaharlarni Buxoro va Samarqandni jangsiz SHayboniyxonnning qo‘liga o‘tishi, uning nafaqat tajribali sarkarda balki etuk davlat arbobi va aqlli siyosatchi ham ekanligini ko‘rsatadi. 1501 yil Toshkentga yurish qilib ko‘plab qal’alalarni qo‘lga kiritadi. SHu yillarda SHayboniyxon qo‘shinlari O‘ratepa, SHosh, SHohruhiya, Sayramni egallaydi. 1503-1504 yillarda Xorazmga yurish qilib, 1505 yil Xorazmni bosib olgan. 1507 yil Xurosonni bosib oladi. SHayboniyxon zamondoshlari tomonidan «Xalifa ur-Rahmon» va «Imom-az-zamon» deb ulug‘langan. SHayboniyxon Movarounnahr va Xurosonni o‘zbek sultonlariga “suyuorg‘ol” sifatida taqsimlab ber-gan edi. Keyin SHayboniyxon Eronni zabt etishga intilgan jangda vafot etadi. Taxtga amakisi Kuchkunchixon o‘tiradi (1510-1529) undan keyin uning o‘g‘li Abu Saidxon (1529-1533) o‘tiradi.
Buxoro viloyati hukmdori Ubaydullahon hokimiyatni qo‘lga oladi. (1533-1539) Buxoro viloyati har tomonlama rivojlanadi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chiriladi. SHundan so‘ng SHaybo-niyxon davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi. SHayboniylar davlatining so‘nggi vakili Pirmuhammad ibn Sulaymon bo‘lgan 1601 yil Pirmuhammaddan keyin Buxoro taxti Ashtarxoniy (Joniylar) qo‘liga o‘tadi.
SHayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruvida tutgan o‘rniga, mavqeiga qarab quyidagi bir necha ijtimoiy tabaqa-larni ajratish mumkin:
1. Oliy tabaqa, unga xon va uning yaqinlari, o‘zbek sultonlari, yirik saroy amaldorlari (vaziri-vuzaro) kirgan. Davlat boshqaruvini ana shu ijtimoiy tabaqa amalga oshirgan.
2. Umaro-harbiy-ma’muriy amaldorlar, yirik sarkardalar, viloyat hokimlari, qo‘shin va qabila boshliqlari. Mahalliy boshqaruv ular qo‘lida bo‘lgan;
3. Ulamolar-yirik din peshvolari, shayxlar, xojalar. Ular nafaqat diniy balki dunyoviy boshqaruvda ham faol ishtirok etganlar.
4. Fuzalo. Jamiyat madaniy-ma’naviy hayotini aks ettirgan ijtimoiy tabaqa olimlar, shoirlar va boshqalar.
5. Raiyat. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi, moddiy boylik yaratuvchi, xazinaga soliq to‘lovchi ijtimoiy tabaqa bo‘lib, ularga do‘kondorlar, hunarmandlar, o‘rtahol dehqonlar va chorvadorlar, yollanib ishlaydigan aholi kirgan.
6. Qullar. qullar asosan harbiy talonchilik yurishlari paytida asirga tushirilgan, o‘lja qilib olingan kishilar tashkil etgan. Ma’lum haq evaziga ular ozod bo‘lishi mumkin bo‘lgan. qullar menatidan saroyda, yirik amaldorlar va ulamolarni xo‘jaliklarida foydalanishgan.
Xonlik iqtisodining asosiy tarmoqlari qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik va chorvachilik) savdo-sotiq va hunarmandchilik hisob-langan. SHayboniylar davrida er egaligining asosiy tarmoqlari mavjud edi.

  1. Mulki sultoni – davlatga qarashli erlar.

  2. Mulki xolis- xususiy shaxslarga tegishli.

  3. Vaqf – diniy mahkamalarga, madrasa va masjidlarga tegish-li, qabristonlarga qarashli erlar.

  4. Qishloq jamoalari egalik qiladigan erlar.
    Mehnat qiladigan kishilarning asosiy qismi kambag‘al qishloq aholisi bo‘lib, ular ijaraga olingan erda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Manbalarda keltirilishicha, bu davrda bug‘doyning 10 xil navi, arpa, jo‘xori, mosh, no‘xot, makkajo‘xori va sabzavot, poliz ekinlari, sholi, paxta etishtirilgan.
    Dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan hosildor er maydonlari bepayon yaylovlar xon va uning yaqinlari, yirik harbiy-ma’muriy amaldorlarga qarashli edi. Bu davrda iqto, suyurg‘ol va tanho kabi xususiy er egaligi keng tarqalgan.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish