Reanimatsiya va intensiv bo‘lim hamshirasining huquq lari:
–– kichik tibbiy xodimlarining ishini nazorat qilish; –– ilmiy amaliy konferensiyalarda ishtirok etish.
Terminal holatlar
Organizmda o‘tkir rivojlanayotgan kasalliklar (shok, miokard infarkti, ko‘p qon yo‘qotish, zaharlanish) va shikastlar tufayli kislorod yetishmovchiligi paydo bo‘lishi bilan terminal holatlar yuzaga keladi.
Terminal holatlar yig‘ma tushuncha bo‘lib, hayotiy funksiya larning haddan tashqari pasayib ketishi bilan xarakterlanadi va quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
–– talvasa oldi (agoniya oldi); –– talvasa (agonal);
–– klinik o‘lim.
Agoniya oldi holati – bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Bu davrda bemorning es-hushi qisman saqlangan, arterial qon bosim 60 mm.sim.ust.dan past. Dastlab taxikardiya so‘ngra esa bradikardiya kuzatiladi. Nafas olishi tez lashadi, patologik nafas turiga almashadi. Bemorning burun uchi, barmoqlarining ko‘karishi kuzatiladi. To‘qima va a’zolarda kislorod yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi.
Agonal holat – miyaning po‘stlog‘i ishdan chiqadi. Bemorning es-hushi yo‘qoladi. Markaziy asab sistemasi faoliyati so‘na bosh-laydi. Nafas olish havoni yutish ko‘rinishida bo‘ladi. Qon bosimi va reflekslarni aniqlab bo‘lmaydi. Periferik arteriyalarda puls
aniqlanmaydi. Ko‘z qorachiqlari kengayadi, yorug‘likka reaksi-yasi yo‘qoladi. Bu davr bir necha daqiqa davom etadi.
Klinik о‘lim – bu organizmning markaziy asab sistemasi, na-fas va yurak faoliyati to‘xtagandan keyin bir necha daqiqa davom etadigan holatdir. Bu holat hayot bilan o‘lim o‘rtasidagi holatdir. Bu davrda qon aylanishi va nafas to‘xtashi kuzatiladi, ammo or-ganlarda qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan bo‘ladi. Shuning uchun bu bosqichda bemorni qaytadan hayotga qaytarish mum-kin bo‘ladi. Yurak urishi va nafas olishi to‘xtaydi, ko‘z qorachig‘i kengayib, uning reflekslari yo‘qoladi. Bunday holatda 5–6 da qiqadan kechikmay reanimatsiya usullarini qo‘llab bemorni tiril tirish imkoni bo‘ladi. 5 daqiqadan so‘ng to‘qimalarda qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘lib, biologik o‘limga o‘tadi.
Biologik o‘lim
Biologik o‘lim bevosita klinik o‘limdan keyin boshlanib, qaytmas jarayon hisoblanadi va bunda organizmni tiriltirish-jonlantirishning imkoni qolmaydi. Bu jarayon barcha to‘qima lardagi nekrotik jarayon bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘i neyron laridan boshlanib qon aylanishi to‘xtaganidan keyin bir soat ichida sodir bo‘ladi. Keyingi 2 soat ichida esa barcha ichki organlar hujayralarining o‘lishi kuzatiladi (teri nekrozi esa bir necha soatdan keyin, ba’zan esa sutkadan keyin sodir bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |