Giperglikemik koma
Qandli diabetning og‘ir asoratlari insulin yetishmovchiligi va glukozaning jigar va to‘qimalarda saqlanishi buzilishidan kelib chiqadi. Qandli diabet surunkali ko‘rinishda rivojlanib, yengildan og‘ir turiga qarab rivojlanib boradi.
Noto‘g‘ri davolanish o‘tkir va surunkali kasallik qo‘shilishi, intoksikatsiya, jigar kasalligi diabetning qaytalanishiga bu esa koma oldi holatiga olib keladi.
Organizmga glukoza yig‘ilishining buzilishi tufayli keskin ravishda karbon suvlar, moylarning almashinuvi ham buziladi.
Natijada keton tanachalari oshib ketadi, bu esa qonda karbonat angidrid gazi oshishiga olib keladi.
Giperosmolyar (giperglikemik) koma qonning yuqori osmo larligi va giperglikemiya hamda organizmning yaqqol suvsiz lanishi bilan kechadi. Qonda keton tanachalari ko‘rsatkichi oshmaganda, asidoz aniqlanmaydi. Giperosmolyar koma ikkinchi tipdagi qandli diabetda kuzatilib, uning kam uchraydigan asorati hisoblanadi va ko‘proq yoshi ulug‘ kishilarda kuzatiladi. Bemorlarda uchraydigan o‘tkir kasalliklar, infeksiyalar, sepsis, tananing kuyishi, siydik haydovchi dorilarni kop iste’mol qilish, o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti ushbu og‘ir asoratning rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi holatlar qandli diabetning ikkinchi tipida qonda insulinga qarshi garmonlarning keskin oshishiga va oqibatda to‘qimalarning unga bo‘lgan sezuvchanligi kamayishiga hamda jigarda aminokislotalardan proteoliz va giperglukoneogenez kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi to‘qimalar tomonidan glukoza parchalanishini qiyinlashtiradi va qonda uning miqdori oshishiga olib keladi.
Yuqoridagi holatlar qandli diabetning ikkinchi tipida qonda insulinga qarshi garmonlarning keskin oshishiga va oqibatda to‘qimalarning unga bo‘lgan sezuvchanligi kamayishiga hamda jigarda aminokislotalardan proteoliz va giperglukoneogenez kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi to‘qimalar tomonidan glukoza parchalanishini qiyinlashtiradi va qonda uning miqdori oshishiga olib keladi. Giperglikemiya natijasida bemorda glukozuriya, osmotik diurez, organizmning suvsizlanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida organizmdagi mavjud insulin lipoliz va ketogenez jarayonini to‘xtatib turishga hamda ketoasidoz rivojlanishini oldini olishga imkon beradi.
Giperglikemik komaga tushgan bemorlar qonida glukoza miqdori ko‘tariladi. Qonda kreatenin miqdori oshib ketadi. Ushbu komani davolash diabetik ketoasidoz muolajasidan birmuncha farq qiladi. Bemorlarga ko‘proq suyuqlik quyish lozim. Suyuqlik yuborilish davrida bemor diurezi, arterial qon bosimi, tomir urishi, markaziy venoz bosimini kuzatib borish kerak. Ko‘rsatkichlarning ko‘tarilib borishi suyuqlikni kamaytirishga ko‘rsatma hisoblanadi.