Davolash:
Bemor yotqizib qo‘yiladi.
Ekspress usulda qondagi qand miqdori aniqlanadi (3 mmol/l dan kam).
Shifokor ko‘rsatmasiga binoan:
Glukoza 40% – 40–80 ml vena ichiga yuboriladi, naf bermasa shu muolaja yana takrorlanadi.
Bemor hushiga kelmasa: glukoza 5% – 200 ml vena ichiga tomchlab yuboriladi.
Prednizolon 30–60 nig glukozaga qo‘shib vena ichiga yubo riladi.
Oksigenoterapiya.
Talvasada: seduksen 0,5% – 2 ml mushak orasiga inyeksiya qilinadi.
Arterial qon bosim pasayganda: Kordiamin 2 ml teri ostiga, mezaton 1% – 1 ml yuboriladi.
Bemor ahvoli muntazam kuzatib, baholab boriladi.
Jigar komasi
Jigar komasi – metabolik komaning shakllaridan biri bo‘lib, jigar funksiyalarining keskin buzilishi, intoksikatsiya tufayli rivojlanadi.
Gepatoserebral yetishmovchilikning 3 tipi farqlanadi. Birinchi tip – jigar-hujayraviy, destruktiv koma. Aksariyat
hollarda bemor komaga olib kelgan patologik holat bilan davo lanayotganda shifoxonada yuzaga keladi.
U gepatotsitlarning total yoki subtotal nekrozi bilan bog‘liq bo‘lib, 80% dan ortiq holatlarda o‘limga olib keladi. Virusli ge patit В va С og‘ir kechganda, to‘rt xlorli uglerod, fosfor, rangpar poganka bilan zaharlanganda va ba’zi dori vositalari ta’sirida yu-zaga keladi.
Ikkinchi tip – portal tizimli aylanib o‘tuvchi koma. U jigar bo‘laklari arxitektonikasining turg‘un o‘zgarishi va portokaval venoz anastomozlarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Komaning bu tipi jigarning spirtli ichimliklar va virus ta’sirida yuzaga kel-gan sirrozida kuzatiladi.
Uchinchi tip – terminal holat yoki gipokaliemik jigar komasi, surunkali jigar kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Bu holat ka-liy ionlarining o‘tkir yo‘qotilishi, kompensatsiyalanmagan va na-fas bilan bog‘liq bo‘lmagan alkaloz tufayli toksikligi oshib ketgan ammiak ta’sirida rivojlanadi.
Davolash tamoyili – bemor zudlik bilan yonbosh holatda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqiziladi.
Jigar komasi o‘tkir jigar kasalliklari va surunkali gepatit, ji-gar sirrozida yuzaga keladi. Modda almashinuvining buzilish jarayoni oqibatida rivojlanadi. Bundan tashqari jigar distrofiyasi, glukogenning kamayishi, intoksikatsiya, oqsil almashinuvining buzilishi kabi omillar ham komaning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Klinikasi: bemorda umumiy darmonsizlik, ishtahaning pasa yishi, jigar o‘lchamining kichrayishi, keskin sariqlik, uyqusiz-lik va qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi. Teri osti qon quyilishi, burun-dan, buyrakdan qon oqishi mumkin, najas rangsizlanadi. Og‘ir holatdagi komada hushidan ketish, axilik najas paydo bo‘ladi. Jigar o‘lchami juda kichrayadi. Siydikda oqsil va silindrlar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |