1Mavzu: Reanimatsiya va intensiv terapiya haqida tushuncha. Terminal holatlar. Elementar ópka – yurak reanimatsiyası



Download 119,99 Kb.
bet11/53
Sana15.06.2022
Hajmi119,99 Kb.
#673969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
Xirurgiya lekciya

Siydik ajralishi

Bunday bemorlarda tabiiy siydik ajratish imkoniyati bo‘l­ maydi. Shu sababli, ayniqsa, doimiy kateter qo‘yilgan bemorlarda siydik oqishi va uning xususiyatini kuzatib turish, infeksiya rivojlanishi va siydik chiqarish kanali shikastlanishining oldini olish hamda bemorning ahvoli yaxshilanishi bilan kateterni iloji boricha vaqtliroq olish uchun harakat qilish lozim.




Defekatsiya

Bemor og‘izdan ovqat iste’mol qilishga holi bo‘lmaganda ham ichak ichidagi qoldiqlar va peristaltika hisobiga defekatsiya ro‘y beradi. Biroq odatda harakatlanish faolligi to‘satdan to‘xtab qolishi, yurak-tomir yetishmovchiligi va dori qabul qilish



204


natijasida ichak ishlashi buzilishi oqibatida ich qotishi kuzatiladi. Va, aksincha, hazm qilish va so‘rilishning yomonlashuvi hamda ichak ishlashining patologik kuchayishi diareyaga olib kelishi mumkin. Diareyada suyuqlik yo‘qotilishi va elektrolit balans buzilishini nazorat qilish lozim. Ich qotganda esa diafragma ko‘tarilishi nafas olish va qon aylanishiga salbiy ta’sir qilishi (AB ko‘tarilishi, puls tezlashishi, aritmiya va nafas olishning qiyinlashishi)ni hisobga olgan holda zarur yordam ko‘rsatish lozim. Shuningdek, chot va orqa chiqaruv teshigi sohasining tozaligini nazorat qilish (yuvish va quritish) kerak.


Ovqat qabul qilishda yordam berish


(ovqatlanishni ta’minlash)

Og‘ir holatda bemorlarni peroral ovqatlantirish kam uchraydi, ko‘proq hollarda suyuqlik va ozuqa moddalarini parenteral kiritish amalga oshiriladi. Kuchli jismoniy va ruhiy stress natijasida bemorlarning ishtahasi pasayadi va og‘iz orqali qabul qilish shartlari bajarilgan taqdirda ham bemor ovqatni yuta olmasa, ovqatni majburlab tiqishtirish bemorda yanada kuchli stressni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq bemorlar ovqatni og‘iz orqali qabul qilishni tuzalish alomati deb hisoblaydilar va ularga hech bo‘lmasa oz-ozdan yeb turishiga yordam berish kerak. Shuningdek, ovqat qabul qilishda yordam berish bemor bilan munosabatni yaxshilashga imkon berishni yodda tutish lozim.


Naycha orqali ovqatlantirishni yaxshisi Fauler holatida o‘tkazish lozim. Ovqatni sekinlik bilan yuborish kerak, qorin sohasi shishini yoki suyuqlik orqaga qaytgan taqdirda yuborishni zudlik bilan to‘xtatish va ortiqchasini so‘rib olish lozim. Shuningdek, muolajadan oldin, muolaja vaqtida va undan so‘ng nafas olish va qon aylanishi dinamikasini nazorat qilish va biror-bir o‘zgarish bor-yo‘qligini kuzatib turish lozim.


Tomir ichiga giperalimentatsiya usuli markaziy vena kate­ teriga ulangan sistema orqali to‘yingan va yuqori kaloriyali preparatlarni yuborishdan iborat. Ushbu usul sterillikka qat’iy rioya qilgan holda qo‘llaniladi. Kateter kiritilgan joyga yetarlicha


dezinfeksiya qilingandan so‘ng steril bog‘lov qo‘yiladi. Sistema yopishqoq plastir yordamida ko‘krak terisiga mahkamlanadi.

Siydik tarkibida glukoza bor-yo‘qligi tekshiriladi, diurez va siydikning solishtirma og‘irligi o‘lchanadi. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan elektrolitlar tarkibi, buyraklar funksiyasi va boshqa parametrlarni tekshirish va har qanday o‘zgarishlarga e’tibor berish lozim. Noma’lum sabablarga ko‘ra bemorda gipertermiya mavjud bo‘lgan taqdirda, eng avval, kateter orqali infeksiya tushganligini taxmin qilib, zudlik bilan uni olib tashlash va kateterning uchini bakteriologik tekshirish uchun laboratoriyaga topshirish lozim.




Faollik

Faollik – odam uchun zarur bo‘lgan tana harakati bo‘lib, odatda uning tabiiy fiziologik ehtiyojiga bog‘liq. Faollik uchun kerakli energiya va kislorodli ozuqa moddalari yurak nasosi tufayli qon oqimi bilan yetkazib beriladi.


O‘tkir miokard infarktiga chalingan bemorlarga infarktdan so‘ng 48–72 soat mobaynida intensiv terapiyaning kardiologiya bo‘limida tinch holat va harakatlar cheklanishi buyuriladi. Jismoniy va ruhiy faollik cheklanishi energiya sarflanishi kamayishiga yordam beradi. Demak, hamshira bemorga harakat qilish (tana holatining o‘zgarishi), najas chiqarish, ovqatlanish, gigiyenik muolajalarini bajarish kabi zarur harakatlarni bajarishga yordam berishi kerak. Xavotir va g‘azab, qo‘rquv va qattiq tashvishlanish yurakni tezroq ishlashga majbur qiladi, shuning uchun bemorni tinch holatda ushlab turish juda muhimdir. Infarktdan avval normal hayot kechirgan odamlar kardiologiya ITB bo‘limiga tushib, qat’iy yotish tartibiga rioya qilishlari zarur. Harakatlanish mumkin emasligi ularga azob va chidab bo‘lmas noqulaylik hissini keltiradi. Hamshira bemor uchun qulay bo‘lgan holatda yotqizishi lozim. ITB bemorlari g‘amgin holatda bo‘ladilar, ularga ko‘p sonli datchik va naychalar ulangan, jarohatlardan kuchli og‘riq sezadilar. Bunday holatda umuman



206


harakat qila olmaydilar yoki juda kam harakatlanadilar. Odatda bemorlarning holati har 2 soatga o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, reabilitatsiyaning ilk bosqichlarida barmoq va qo‘l, bo‘g‘imlari uchun mashqlar rejalashtiriladi va bajariladi.



Download 119,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish