1–Mavzu: Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 245,19 Kb.
bet6/11
Sana15.04.2020
Hajmi245,19 Kb.
#44899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Фукоролик жамияти (2)


Birinchi xulosa, qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, o‘tmishda, xozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etgan moddiy, ma’naviy boyliklardir. Shu nuqtai nazardan tarixiy tajriba, an’analarning meros bo‘lib o‘tishi-bularning barchasi yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolishi lozim.

Ikkinchi xulosa, Markaziy Osiyo mustaqil mamlakatlari xalqlari milliy qadriyat larni asrab-avaylab, oqilona rivojlantirishni har insonning muqaddas burchiga aylan tirishi zarur.

Uchinchi xulosa, qadriyatlar o‘tmish bilan bugungi kun kelajakni bog‘laydigan vositadir. Buni faqat bilimli yoshlargina kelajakka olib o‘tishi mumkin, chunki qadriyatlar anglan masdan qadrlanmaydi va kelajakning mulkiga aylanmaydi. Shu o‘rinda Birinchi Prezident Islom Karimovning: «Kuch-bilim va tafakkurda»- degan fikrini o‘zlarida mujassamlash tirayotgan yoshlarimiz misolida ko‘rishimiz mumkin.

To‘rtinchi xulosa, qadriyatlar ma’naviy yetuk barkamol yoshlarni tarbiyalaydigan qudratli kuchdir. Shu nuqtai nazardan bilimlar tarkibida qadriyatga oidlarini o‘zlashtirish bugungi bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tish davrida o‘ta zarurdir.

Beshinchi xulosa, qadriyatlar jamiyatimizni jahon hamjamiyatiga qo‘shuvchi ishonchli vositadir.» Qadriyat insoniyat tarixida eng qadimiy mavzulardan bo‘lishi bilan birga, bugungi davrimizda u o‘ta muhimligi, ijtimoiy ahamiyati o‘ta yuksakligi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov iborasi bilan aytganda, uning vatandoshlarimiz uchun «Suv va havodek zarurligi barcha jamiyat a’zolari tomonidan tan olinmoqda», lekin unga bo‘lgan ichki munosabatda mushtaraklikka xozircha erisha olganimiz yo‘q. Bu holat bir qator omillar bilan bog‘liq. Chunonchi, birinchidan, bolshevistik mafkura bilan suyagi qotgan aholining muayyan qatlamida faqat biz (aslida, men) haqmiz, (yoki haqman), boshqalarniki esa noto‘g‘ri degan umumdemokratik tamoyillarni hozircha hazm qila olmayotganliklarining bir ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.

Oltinchi xulosa, G‘arbda hozirgi biz uchun yot, nomaqbul an’analar mavjud, ular G‘arbgagina xos. Bu Sharqqa to‘g‘ri kelmaydigan hodisa sifatida qaraldi. Ularga to‘g‘ri baho bermasdan, hisobga olmaslik noto‘g‘ri bo‘lar ekan.

Ettinchi xulosa, umuminsoniy qadriyatlarni bizniki va boshqalarniki, deyish bilan millatlar o‘rtasida nifoq tushinishini o‘ylamasdan, ba’zi bir ekstremistik kuchlarning o‘zimizniki bo‘lmagan barcha narsalar bizga yot deb ayyuhannos solayotganliklari ham umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosidagina ma’rifatli jamiyat qurish mumkinligini anglamayotganligidir.

Sakkizinchi xulosa, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tahlil etishda hech qachon er shari aholisining hozircha erishgan ma’naviy durdonalari, shu jumladan, qadriyatlari qachon va qaysi tilda dastlab ildiz otgan degan fikrlarni isbotlash ilmiylik emas, balki ekstremistik harakterga ega bo‘lgan zararli yo‘nalishdan boshqa narsa emas. Bugun shuni alohida-qayd etish mumkinki, demokratiya turli xil milliy- madaniy sharoitlarda yashay olish xususiyatiga ega ekanligini isbotladi. Shuningdek, o‘zining milliy-ma’naviy qadriyatlariga tayanmagan, ayni paytda, umum-insoniy qadriyatlar, tamoyillar bilan uyg‘un bo‘lmagan demokratiyani haqiqiy demokratiya yoki demokratik jamiyat deb bo‘lmaydi. Bu sohada ba’zi munozaralar mavjud bo‘lib, G‘arb va Sharq demokratiyasiga bo‘lishga urinib o‘rtada «buyuk xitoy-devori»ni o‘rnatishga urinuvchilar ham mavjud. Negaki, demokratiyaning umuminsoniy qadriyat ekanligiga tayangan holda, uni Sharq, G’‘arb ko‘rinishlariga bo‘lib o‘rganish nisbatan e’tirozli fikrdir. Biroq Sharq va G’‘arbga xos bo‘lgan demokratiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini ham e’tirof etish kerak.

Milliy qadriyatlar umuminsoniy demokratik qadriyatlar bilan uyg‘un lashtirilsagina, jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo sho‘rolar davrida qadriyatlar bir tomonlama yoritilar edi, ya’ni bu borada ko‘p tadqi-qotlar olib borilgan edi. Lekin milliy qadriyatlarning ham mavjudligi e’tibordan chetda qolar edi. Bunday «tadqiqot»lardan maqsad har bir millatning o‘z muayyan tarixiy tajribasi asosida o‘z qadriyatlari tizimi shakllanganiga kishilarning e’tiborini tortmaslik, umumjahon, umumbashariy qadriyatlar esa, sinfiy asosda belgilangan qadriyatlarga e’tibor beriladi, bu sinfiylik asosda tanlab olingan umumjahon qadriyatlari ichida ulug‘ millatning qadriyatlari muhim o‘rin egallab turadi.



T a ya n ch i b o r a l a r :

Demokratik tamoyillar, qadriyat, falsafiy va sotsiologik tushuncha, progressiv, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, jamiyat va qadriyatlar, ijtimoiy-falsafiy, tarixiy ildizlar, kuch-qudrat, ma’rifiy, millat, ellat, mintaqaviy, sinfiy, shaxsiy, yashovchanlik, uyg‘unlashuv, xulosa, demokratik qadriyatlar, diniy ekstre mizm, terrorizm.




  1. mavzu. Qonun ustivorligi- huquqiy davlat va fuqarolik

jamiyati qurishning asosi.

R e j a :

  1. O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda

qonun ustivorligi tushunchasi va uning mohiyati.

2. O‘zbekistonda davlat hokimiyatining bo‘linish tamoyili.

3. Konstitutsiya va qonunlarda adolat va inson manfaatlarining

ustuvorligi.

1. Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri jamiyat a’zolarining qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va Qonunlarning ustuvorligining ta’minlanganligidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lgach, «Sotsialistik davlat», «Umumxalq davlati» degan tushunchalardan voz kechdi va jahondagi ilg‘or, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asosan, huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Huquqiy davlatning asosiy belgisi-barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishidir».

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o‘ziga xos bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini ya’ni, bozor iqtisodi tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz.. Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart».

Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi chambarchas bog‘liqdir. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tadbiq etilishidan adolatning tantana qilishiga olib keladi. Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar adolatli bo‘lishi, o‘zida xalq manfaatlarini ifoda etishi mumkin va shartdir. Bu qonunlarga og‘ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi. Chunki, barcha demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, oila, jamiyat va davlatning huquq manfaatlari muhofazasini ta’minlash, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat qilish ruhida tarbiyalash bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurishda nafaqat maqsadi, balki uning vositasi va eng muhim sharti hisoblanadi. Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III-bobi, 15-va 16-moddalarida belgilab berilgan va unga bag‘ishlangan.

Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Davlat va uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.

O‘z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o‘tilgan sub’ektlarning Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Agar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o‘zlarining bu burchlarini bajarmasalar ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llaniladi. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etmagan shaxslarning javobgarligi Konstitutsiyaning o‘zida yoki tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan: Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar hokimlarini Respublika Prezidenti o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli. Bu borada shuni ham aytib o‘tish lozimki, Konstitutsiyaning normasi boshqa qonunlarning normasidan farqliroq, nisbatan ustunlik harakterga ega. Chunki Konstitutsiya boshqa barcha qonunlar uchun poydevordir.

2.Ulug‘ bobokolonimiz Amir Temurning «Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu erda erkinlik bo‘ladi” degan o‘gutlariga amal qilib O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida hayotimizni isloh qilish bilan bir vaqtda, oldimizga qo‘yilgan ustuvor vazifaga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlagan edi. Xususan, birinchidan: davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa, bu qonunchilik hokimiyati bo‘lmish mamlakat parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat.

Qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilib borish Oliy Majlis faoliyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Oliy Majlis tomonidan qonunlarga rioya qilinishi ni nazorat qilish, ularning ta’sirchanligini urganish, qonun hujjatlaridagi kamchilik larni, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadini ko‘zlaydi. Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari har yili qariyb 50 ta qonunning ijrosini o‘rganadilar. Qonun ijrosi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (16-moddada) mustah kamlangan qoidaga binoan, «Bironta ham qonun yoki boshqa normativ hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Agar bironta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid keladigan bo‘lsa, u bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasida normativ huquqiy hujjatlarining Konstitutsiyaga mosligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo‘llanilmoqda.

Konstitutsiyaning bu moddasiga binoan, qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishni uning qaysi bosqichida amalga oshirishga qarab, quyidagi ikki turga bo‘lish mumkin.

Dastlabki nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjat loyiha shaklida tayyorlangan vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risi» gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunning 18-moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O‘zbekiston Respubli kasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin».

Keyingi nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o‘zi ham 2 turga bo‘linadi.

a) normativ-huquqiy hujjat qabul qilingandan keyin, ammo, u hali kuchga kirishdan avval amalga oshiriladigan nazorat. Bu nazoratni adliya vazirligi ham amalga oshiradi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingina kuchga kiradi.

b) kuchga kirgan normativ hujjatlarning huquqiyligi, Konstitutsiyaga mosligi yuzasidan nazoratni barcha davlat organlari amalga oshiradilar. Fuqarolarning Konsti tutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazorati amalga oshiriladi. Bunda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili – instituti muhim rol o‘ynaydi. Er yuzida inson borki, u doimo o‘z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan. Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro larning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir- «Ombudsman» (Hombutsmen) shvedcha so‘z bo‘lib, hukumat idoralari faoliyatini taftish-nazorat qiluvchi mansabdor, shaxs yoki vakil ma’nosini anglatadi.

Ushbu faoliyat turiga oid ma’lumotlar hozirgi zamon huquqiy adabiyotlarida keng tarqalgandir. Biroq, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda ombudsman institutining o‘ziga xos talqini va tarixiy ildizlari mavjud. Shu nuqtai nazardan, amerikalik mutaxassis Din Gatterining bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir. U shunday yozadi: Ombudsman institutining ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ombudsmanning bir qismi odillik tamoyillaridan kelib chiqadi. Bizga ma’lumki, Ombudsmanning tarixiy ildizlaridan biri Qur’oni Karim va Islom mafkurasining bir qismi sifatida odillik tamoyillaridan kelib chiqadi. O’sha paytda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mulkiy, oila va nikohga oid huquqlarni tartibga soluvchi hamda shikoyatlarni hal qilish uchun muxtasib mansabi dastlab Xalifa Umar tomonidan tashkil etilgan edi. Keyinchalik ana shunday muxtasib mansabi Movarounnahrdagi mavjud xonliklarda ham tashkil etilgan bo‘lib ular asosan fuqarolarning shikoyatlarini adolat nuqtai-nazaridan hal etishga intilganlar. Shunday qilib, Ombudsman institutining ildizlari Sharq mamlakatlari davlatchiligiga borib taqaladi.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) demokratik yo‘ldan borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Oliy Majlisning qabul qilgan qonunida berilgan vakolatlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida» gi qonuniga muvofiq, xalq deputatlari viloyat, tuman-shahar kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 1-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir. Bu normaga asosan Prezident birinchidan qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklari rioya qilinayotganligini, ikkinchidan esa ularning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilib boradi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, qonunlar Respublika Prezidenti tomonidan imzolanadi, boshqacha qilib aytganda, o‘zining rasmiy tasdig‘ini topadi. Agar Prezident qabul qilingan qonunda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilmagan yoki u Konstitutsiyaga zid deb hisoblasa, Konstitutsiyaning 93-moddasining 14-bandiga muvofiq Qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agar boshqa huquqiy, mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi Qonunning 26-moddasi, ikkinchi qismiga muvofiq uni to‘xtatishga va bekor qilinishiga amal qilinadi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik tashabbusi asosiy inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega.

3. Ma’lumki huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, demokratik huquqiy davlat kuch yoki inqilob bilan emas, balki tabiiy–tarix evolyusion yo‘l bilan barpo etiladi. Albatta, har qanday jamiyatda huquqiy davlat tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligi bilan belgilanmaydi. Negaki qonunlar huquqiy normalar majmui sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. Hamma gap o‘sha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir.

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzalarida huquqiy davlatning mazmun mohiyatini belgilaydigan amaldagi qonunlar me’yoriy hujjatlarni tanqidiy baholagan holda, huquqiy davlatni shakllantirish borasida birinchi galda qabul qilishimiz zarur bo‘lgan yangi qonun va me’yoriy hujjatlarni aniqlab olishimiz kerak deb ta’kidlab o‘tganlar.

Mamlakatimizda Qonun ustuvorligini ta’minlashda Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1996 yil ( 3 oktyabrda ) «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi»ni tuzish to‘g‘risidagi Farmoni alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bugungi kunda milliy markazning, bu borada demokratik tamoyillarni hayotga to‘liq joriy etishda ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud, mustaqilligiga erishishdan iboratdir.

Respublikada qonun ustuvorligini ta’minlashda Oliy Majlisning o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining Oliy qonun chiqaruvchi vakillik organidir. Oliy Majlis ikki palatali parlamentdan: quyi-qonunchilik palatasi hamda yuqori palata-Senatdan iboratdir.

Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishni nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirishdir

Senat, asosan, mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini bajarishni inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdir. Senat so‘zi yunon tilida «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasiga muvofiq, Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir. Oliy ijro etuvchi hokimiyat-vazirlar mahkamasidir. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, Konstitutsiya qonunlariga rioya etilishining kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishiga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi. O‘zbekiston nomidan ish ko’radi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini imzolash va shu kabi «veto» huquqlariga egadir.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunga muvofiq Respublika hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Darhaqiqat, davlat va jamiyat qurilishi, boshqaruvning tashkil etilishi, ularning barcha bo‘g‘inlarida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlovchi tizimning vujudga keltirilishi huquqiy davlatni qaror toptirish va mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Sud oddiygina huquqni qo‘riqlovchi organ emas. U hokimiyatning tulaqonli sub’ektidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’noda mustaqil bo‘lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so‘zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo‘lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolatning buzilishi muqarrar. Fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so‘z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.

O‘zbekiston Respublikasida sud fikri qonun chiqaruvchi organ uchun hamisha qimmatlidir. Zero, sud o‘z g‘oya va takliflarini bevosita hayotdan, huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib shakllantiradi. O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan davlat organlari huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va Qonunlarga mosligini nazorat qilish sud organlarining vakolatlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 12-moddasi birinchi qismiga muvofiq Davlat organini qonunga muvofiq bo‘lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan taqdirda ushbu huquqiy hujjat yuridik kuchga ega emas. Agar biron bir hujjatning qonuniyligi to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lsa, o‘sha hujjat yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga yana shikoyat qilishlari mumkin emas. Qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviy mosligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonunning va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qabul qilingan boshqa hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining O‘zbekiston Respublikasiga mosligini aniqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari individual xususiyatga ega bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi degan norma mustahkamlangan.. Prokuror qabul qilgan qarorlar ustidan shuningdek, Respublika Bosh Prokurori qabul qilgan individual harakterga ega bo‘lgan buyruqlar va boshqa hujjatlar ustidan amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, sudga shikoyat qilish mumkin emas. Chunonchi, Prokuratura to‘g‘risidagi Qonunning 1-moddasida prokurorga shikoyat qilinishi mumkin degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 44-moddasida: har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish davlat organlari mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi deb ko‘rsatilgan.

Agarda umumiy yurisdiksiya sudlarida yoki xo‘jalik sudlarida Konstitutsiyaning 109-moddasida sanab o‘tilgan normativ – huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi ga shubha bo‘lsa yoki bu masalada fuqarolarning shikoyatlari bo‘lsa, Oliy sudning raisi, Oliy xo‘jalik sudining raisi ushbu normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga mosligini aniqlab berishni so‘rab, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishi mumkin. Bunday holda ular Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishlari shartmi yoki bu ularning huquqlarimi degan o‘rinli savol tug‘iladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya viy sudi to‘g‘risidagi Qonunining 19-moddasiga muvofiq, bu ularning huquqlaridir. Demak, ular hohlasalar Konstitutsiyaviy sudga masalani ko‘rib chiqish uchun murojaat qiladilar, hohlamasalar yo‘q. Normativ huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishda ko‘rsatib o‘tilgan organlarni, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo‘lgandagina o‘zining to‘liq ifodasini topadi.

Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar adolat prinsipiga, inson huquqi va manfaatlaridan kelib chiqqan va ijtimoiy asoslangan bo‘lishi shart.

Ikkinchidan, barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talabi barcha davlat organlari mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart.

Uchinchidan, barcha normativ – huquqiy hujjatlar Konstitutsiyaviy qonunlarga mos bo‘lishi shart. Demokratik jamiyatning muhim tomoni bo‘lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.

Demak, Qonun ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, boshqaruvchi, bo‘lmog‘i darkor. Huquqiy davlatda faqat qonun hakam, qonun hukmdor bo‘la oladi.



T a y a n c h i b o r a l a r :
Huquqiy, taraqqiyot yo‘li, Prezident, Konstitutsiya, Qonunchilik, Konstitutsiya normalari, nazorat, normativ-huquqiy hujjat, huquqiy davlat, Ombudsman, Fuqarolar huquqi, mahalliy davlat, adolatparvarlik, ustuvorlik, sud hokimiyati, uchala holat.
7-Mavzu: Kоrrupsiyagа qаrshi kurаsh – fuqаrоlik jаmiyatini rivоjlаntirishning ustuvоr shаrti.

Download 245,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish