2011-“Stol ishlab chiqarish xarajatlari”; 2012-“Stul ishlab chiqarish xarajatlari”; Asosiy sexning stol ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlari quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
№
Xo’jalik operatsiyalarning mazmuni
Summa ming so’m
21- son BXMS bo’yicha xisobvaroqlar korrespondentsiyasi
Debet
Kredit
1
Stol ishlab chiqarishga materiallar hisobidan chiqarildi
1800,0
2011
1010
2
Stol ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan ish haqi aks ettirildi
3000,0
2011
6710
6520
Asosiy sexning stul ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlari quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
№
Xo’jalik operatsiyalarning mazmuni
Summa ming so’m
21- son BXMS bo’yicha xisobvaroqlar korrespondentsiyasi
Debet
Kredit
1
Stul ishlab chiqarishga materiallar hisobdan chiqarildi
750,0
2012
1010
2
Stul ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan ish g‘aqi aks ettirildi
2250,0
2012
6710
6520
Nazorat uchun savollari
Materiallarning chikib ketishi
Xar bir birlikning tannarxi bo‘yicha xisobdan chitsarish usuli.
O‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha xisobdan chiqarish usuli.
Maxsulot tannarxini aniqlash nima?
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan Yaroqsiz mahsulot qiymati deganda nimani tushunasiz?
Ishlab chiqarishga materiallar hisobidan chiqarish nima?
17MAVZU: Tovarlarningxaridorlar tomonidankaytarilishi.Xizmatlarnikursatish.Chakanasavdodatovarlar xisobi.Chakanavaulgurjisavdo.Savdochegirmasi.Schyot-faktura,uni rasmiylashtirish va QQS. Pul chegirmalarning xisobi va uni rasmiylashtirish tartibi.
Reja Tovarlarningxaridorlar tomonidankaytarilishi.
Savdochegirmasi.Schyot-faktura,uni rasmiylashtirish va QQS.
Pul chegirmalarning xisobi va uni rasmiylashtirish tartibi.
Tovarni qaytarishim yoki almashtirishim mumkinmi? “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida” gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq, xaridor xarid qilgan kunidan boshlab 10 kun vaqt mobaynida lozim darajadagi sifatli nooziq tovarni xarid qilingan joydagi sotuvchidan shunga o`xshash tovarga almashtirish, tovar sotuvda mavjud bo`lmagan taqdirda esa pullik kompensatsiya olish huquqiga ega.
Xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarish to`g`risidagi talablari quyidagi hollarda qanoatlantiriladi:
Tovar ishlatilmagan bo`lsa;
Uning Tovar ko`rinishi, iste`mol xususiyatlari, plombalari, yorliqlari saqlangan bo`lsa;
Xaridni tasdiqlovchi hujjat (tovar yoki kassa cheki) mavjud bo`lsa.
Qaytarilmaydigan va almashtirilmaydigan tovarlar: Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi chakana savdo qoidalarining 1-sonli ilovasiga muvofiq quyidagi lozim darajadagi sifatli tovarlar qaytarib olinmaydi:
1.Mebel
2.Avtomobillar yoki motovelotovarlar, tirkamalar va ularga biriktirilgan raqamlangan agregatlar; qishloq xo`jaligi ishlari kichik mexanizatsiyalarining mobil vositalari; sayr qayiqlari va boshqa maishiy suzish vositalari.
3.Kafolat muddatlari belgilangan texnik murakkab maishiy tovarlar (metal kesuvchi dastgohlar va maishiy yog`ochni qayta ishlash dastgohlari; maishiy elektr mashinalari va maishiy elektr jihozlari; maishiy radioelektr uskunalari; maishiy hisoblash va ko`paytiruvchi texnika; foto va kinomatografiya uskunalari; telefon va faksimile uskunalari; elektr musiqa asboblari; elektron o`yinchoqlar), agarda bir martta ishlatilgan bo`lsa ham.
Tovarni qaytarish Sotuvchining “Yetkazib berish xizmati” orqali amalga oshiriladi, buning uchun:
“Bog`lanish uchun aloqalar” bo`limidagi telefon raqamlari orqali internet-do`konga qo`ng`iroq qiling;
“Qaytarish uchun ariza” shaklini bosmadan chiqaring va to`ldiring;
Qaytarish uchun arizaga tovar yoki kassa chekini ilova qiling.
Nuqsonli tovarlarni almashtirish tartibi:
7 kun davomida (zavod brakining aniq yaqolligida);
20 kun davomida (qo`shimcha tekshiruv zarur bo`lganda);
1 oy davomida (o`xshash marka mahsulotining mavjud bo`lmaganida);
2 oy davomida (uzoq hududlarga yetkazib berishda).
Tovar nuqsonlarini bartaraf etish tartibi:
20 kun davomida (servis xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha texnik xizmat tomonidan to`liq tekshirilgandan so`ng)
Kafolat muddati tugaganidan so`ng shikoyatlar tovarning xizmat ko`rsatish muddati davomida ishlab chiqaruvchiga taqdim etiladi.