Nazorat savollar 1.Aylanma aktivlarga nimalar kiradi? 2.Aylanma bo'lmaganlarga nimalar kiradi? 3.Aylanma aktivlarning aylanish koeffitsienti 4. Ishlab chiqarish harajatlarini to’risida aytib bering?
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan yaroqsiz mahsulot qiymatini hisoblash.
Materiallarni xisobdan chiqarish usullari Materiallar ogirlik, xajm, maydon bo‘yicha yoki texnologik jarayon me’yorlari va talablariga kat’iy muvofiqlikdagi xisob-kitob xujjatlar asosida ishlab chiqarishga beriladi.
Korxonaning ishlab chiqarish extiyojlariga (sotish xarajatlariga va boshqalarga) materiallarning chikimi buxgalteriya xisobida ishlab chiqarish xarajatlarini (boshqa xarajatlarni) xisobga oluvchi tegishli xisobvaraqlar debeti bilan korrespondensiyada 1000-«Materiallar» guruxi xisobvaraqlari kreditida aks ettiriladi. Bir vaktning o‘zida sarflangan materiallarga tegishli bo‘lgan fark summasi 1000-«Materiallar» guruxi xisob-varaqlaridan materiallar chikimi xisobga olingan ushbu xisobvaraqlarning debetiga xisobdan chiqariladi (agar korxona tomonidan farklarni xisobdan chiqarishning shunday tartibi kabul kilingan bo‘lsa).
Materiallarni ishlab chiqarishga berish yoki boshqacha chikib ketishi quyidagi usullardan biri orkali xisoblangan baxoda amalga oshiriladi:
- xar bir birlikning tannarxi bo‘yicha;
- o‘rtacha tortilgan qiymat (AUESO) bo‘yicha;
FIFO usuli bo‘yicha (materiallarni sotib olish vaktiga ko‘ra birinchisining tannarxi bo‘yicha).Materiallarni xisobdan chiqarish tartibi korxonaning xisob siyosatida belgilanishi lozim. Bunda materiallarning xar bir turi bo‘yicha xisobdan chiqarishning turli xil usuli ko‘llanishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo’llash bilan amalga oshirish mumkin:
O’rtacha tannarx bo’yicha yoki AVECO usuli;