bank muassasasidan olingan naqd pullar qaysi maqsadlar uchun olingan bo’lsa, usha maqsadlarga sarflanishi mumkin;
tashkilot o’z kassasida faqat bank muassasasi rahbari tomonidan tashkilot rahbari bilan kelishilgan holda belgilangan limit chegarasida saqlashi mumkin;
tashkilot o’z kassasida limitdan ortiqcha naqd pullarni faqat mehnat haqi, stipendiya, mukofot, nafaqa berish vaqtida 3 kun muddatda saqlashi mumkin;
savdo va xizmat ko’rsatish sohalaridan kelib tushgan tushumlarni mehnat haqi, pensiya va nafaqalarni to’lash uchun sarflash takiklangan;
xizmat safarlari uchun beriladigan pul qiymati usha xududda belgilangan sarf-xarajatlar me’yorida bo’lishi zarur;
sarflanmagan naqd pullar tashkilot kassasiga 3 kun ichida qaytarilishi shart va naqd pul olgan xisobdor shaxs buxgalteriyaga avans xisoboti topshirishi shart.
Pul mablag’larining saqlanishi va ularning tugri foydalanish javobgarligi korxona rahbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolari koidalariga rioya qilishi va ularni belgilangan qat’iy tartibda tugri rasmiylashtirishlari zarur. Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo’lganligi uchun korxona mablag’lari bir vaqtning o’zida aylanishning barcha bosqichida bo’lishi mumkin, bunda pul mablag’lari korxona iqtisodiyotida alohida axamiyatga ega. CHunki ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari ta’minotchi ishlab chiqarish va sotish bosqichlarida pul mablag’lari u yoki bu miqdorda sarflanadi. SHuning uchun xam korxonada doimo ma’lum miqdorda pul mablag’larini bo’lishi taqazo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy barkaror-ligi ko’p jihatdan ularning to’lov qobiliyatiga boglikdir.
Ma’lumki, to’lov qobiliyatining mazmuni eng avvalo bo’sh pul mablag’larining mavjudligi bilan xarakterlanadi. CHunki pul mablag’lari eng yuqori likvidlikka ega bo’lgan aktivlar xisoblanadi. SHuning uchun xam korxonalarda mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanish uchun ularni oborotga kiritish alohida axamiyatga ega. Umuman, korxonalarning pul mablag’larining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Pul qiymat o’lchovi bo’lib-bu tovarning ma’lum qiymatidagi pul summasiga tengligini ko’rsatadi va tovar qiymatining miqdori xisoblanadi. Pulda ifodalangan tovar qiymatining bahosi xisoblanadi. Qiymat o’lchovi vazifasi asosan baho orkali amalga oshiriladi. Uning yordami bilan korxona ishlab chiqqan tovarning qiymati bozor yoki preyskurant (shartnoma) bahosi uchun asos bo’ladi va mamlakatning milliy valyutasida va uning boshqa mamlakatlar valyutalariga tenglashtirilgan holda aks ettiriladi.
Korxonalarning pul mablag’lari muomala jarayonida ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish va ko’rsatilgan xizmat va bajarilgan ish xajmlari uchun to’lov vositasi xisoblanadi. Pulga korxona xamma zarur resurslarni sotib olish va barcha to’lovlarni amalga oshirishi mumkin. U Xujalik sub’ektlari o’rtasidagi barcha xisob-kitoblarni amalga oshiruvchi universal o’lchovdir.
Pul jamgarish vositasini bajarganda boylik to’plashga xizmat qiladi. Albatta, pul boylikning asosiy shakli, lekin uning yagona shakli emas, ammo pul boylik to’plashning eng qulay vositasi xisoblanadi. Ammo buning uchun pul qadrli bo’lishi kerak. Respublikamizning milliy valyutasini qadrli bo’lishini ta’minlash mamlakatimizning eng asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri xisoblanadi. "Qachon milliy valyuta kuchli va obro’li bo’lsa, iqtisodiyot o’shandagina mukammal bo’ladi".
Korxonalarning bankdagi xisoblashish scheti va valyuta schetlarida saqlanaetgan pul mablag’lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustaxkamlashga xizmat qiladi. CHunki ular banklarni aktiv operatsiyalarini jonlantirilishini ta’minlaydi, milliy va chet el valyutalarining ishlab chiqarish jarayonidagi aylanishini ta’minlaydi va u bunda birdaniga ikkita muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish yo’li bilan pulning aylanishini ta’minlaydi va milliy valyuta xisobiga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromadni o’sishini ta’minlaydi. Ikkinchidan esa, korxonaning xisoblashish va valyuta schetlari pul mablag’larini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilganligi uchun bank o’z mijozlariga xam ma’lum miqdorda haq to’laydi.
SHunday kilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma’lum miqdorda daromad keltiradi.
Pul to’lov vazifasini xam bajaradi. Bunda pul korxona mol yuboruvchilar, pudratchilar va boshqa izmat ko’rsatvuchi Xujalik sub’ektlariga va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga bo’lgan qarz majburiyatlarini bajaradi.
Pul mablag’larining korxona iqtisodiyotida tutgan o’rni uning asosiy vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya xisobi boshqaruv apparatini tegishli ma’lumotlar to’plami bilan ta’imnlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag’lari xisobining oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
korxonaning pul mablag’larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar iblan ta’minlash;
to’lov va xisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’eriy hujjatlarda ko’rsatilgan tartiblarga rioya qilgan holda o’z vaqtida amalga oshirish;
xisob registrlarida pul mablag’larini naqdligi va xarakatlarini o’z vaqtida aks ettirish, chunki pul mablag’larining xarakati korxonaning faollik darajasining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir.
pul mablag’larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga amal qilishini nazorat qilish;
pul mablag’larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o’tkazishini ta’minlash va o’zaro xisob-kitoblar, muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini to’lanishini nazorat qilish;
kassadagi, xisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schetlarda saqlanaetgan pul mablag’larining saqlanishining nazoratini ta’minlash;
pul resurslarining xarakat oqimini prognozlash va optimizatsiya qilish bo’yicha tegishli boshqaruv karorlarini kabul qilish.
Ushbu masalalarning muvaffakiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi boshqaruv karorlarini kabul qilish imkoniyatini yaratadi. Albatta, Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun pul mablag’larining buxgalteriya xisobini tugri tashkil qilish zarur bo’ladi. Buning uchun esa korxonalarda mavjud mablag’larni turkumlash alohida axamiyatga egadir.
Yuridik shaxslarning pul mablag’larining tashkil topishi, saqlanishi va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat qilinadi. 1998 yil 12 dekabrda ro’yxatga olingan va 1998 yil 24 yanvarda O’zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "YUridik shaxslarning kassa muammolarini yuritish koidalari"da batafsil eritib berilgan.
Pul mablag’larining qaysi manbalardan tashkil topishi va ularning sarflanishini asosiy axamiyati esa "Buxgalteriya xisobi tugrisidagi" O’zbekiston Respublikasining qonuni asosida ishlab chiqilgan va buxgalteriya xisobining Milliy andozalarining 9-son "Pul oqimlari tugrisida xisobot"ida aniq ko’rsatilib o’tilgan bo’lib, u O’zbekiston Moliya Vazirligi 1998 yil 16 oktyabrda tasdiqlangan va O’zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 4 oktyabrda ro’yxatga olingan.
Erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan jamiyatda har bir korxona, tashkilot va muassasa boshqa shu turdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan uzluksiz ravishda o’zaro munosabatda bo’ladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan material, asbob-uskuna, yoqilg’i va boshqa tovar-moddiy boyliklar, xaridor va buyurtmachilar bilan jo’natilgan mahsulot, transport tashkilotlari bilan yuklarni tashish, soliq organlari bilan byudjetga to’lovlar yuzasidan va hokazo. Bundan tashqari, korxona, tashkilot va muassasalar jismoniy shaxslar, korxonaning o’zida ishlovchi xodimlar bilan hisob-kitob operatsiyalarini olib borishlari mumkin. Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, ota-onalardan farzandlari uchun bolalar bog’chasi xarajatlarini qoplash yuzasidan va boshqa xil hisob-kitoblar. Korxona, tashkilot va muassalar o’rtasidagi hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz ko’rinishda bo’ladi. Bu hisob-kitob muomalalari tegishli bank muassasalari vositachiligida amalga oshiriladi.
Banklar, asosan, korxonalar mablag’larini jalb qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va qaytarib olish, to’lovlilik va muddatlilik sharti bilan bo’sh mablag’larni joylashtirish uchun tashkil etilgan. Bundan tashqari, banklar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga kreditlar berish bilan ham shug’ullanadi. Kredit resurslaridan samarali foydalanish natijasida korxonalar faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi hamda ularning iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi. Mana shu jarayonlarda bevosita buxgalteriya hisobi belgilovchi rolь o’ynaydi. Buxgalteriya hisobining bu boradagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- hisob-kitob muomalalarini o’z vaqtida hisobga olish;
- hisob-kitob muomalalarini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirish;
- hisob-kitob to’lov intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |