Velosiped yulaklari.
Shaharning bosh rejasini ishlashda velosiped yulkalari xam inobatga olinishi lozim. Bu element ayniksa shark mamlakatlarining Shaharlarida kuprok uchraydi. Velosiped yulaklari kuchaning katnov kismi bilan piyodalar yulaklarining orasida, ya’ni, trotuar bilan kukalamzor ximoya polosa oraligida joylashadi.
Velosiped uchun yulaklar istiroxat boglariga, stadion va boshka turdagi sport majmualariga, plyaj, kurgazma, sanoat zonalariga, Shahar oldi dam olish maskanlariga olib boruvchi kucha va yullarda loyixalanadi.
Velosiped yulaklarining eni bir kator xarakatlanish uchun kamida 1,5 m, ikki kator xarakat uchun esa kamida 2,5 m ni tashkil etadi.
Bunday yulaklarning utkazish kobiliyati bir kator xarakatlanishda bir soatda 300 velosipedni tashkil etadi. Velosiped yulaklari piyodalar yulkasidan 1,2 m, kuchaning katnov kismidan esa 0,8 m kenglikdagi butazorlar yordamida ajratiladi.
Velosiped yulaklarida buylama kiyalik 0,4-5% ni tashkil etadi.
Kundalang kiyalik esa 1,5-2,5%.
Piyodalar yulkalari (trotuarlar).
Piyoda yullarining ulchamlari piyodalar okimining jadalligiga karab aniklanadi. Piyodalar yulida bita yulakning utkazish kobiliyati 600÷1000 piyoda/soat. Bitta yulakning eni esa 0,75 m kabul kilingan.
Shaharsozlik me’yorlariga kura piyodalar yullarining eni kuyidagicha buladi:
-Shahar axamiyatidagi magistral kuchalarda 4,5÷7,5m;
-tuman axamiyatidagi magistral kuchalarda 3,0m;
-maxalliy kuchalarda 2,25m;
-ichki yulaklarda va sanoat zonalaridagi yullarda 1,5m.
Agarda trotuarlarda tashki yoritish chiroklari, trolleybus ustunlari kuyiladigan bulsa, mos ravishda uning kengligi 0,5-1,2 m gacha kengaytiriladi.
Ba’zi zaruriy xollarda piyodalar yulining eni kengaytirilishi mukin. Bu esa kukalamzor ximoya polosalari xisobiga amalga oshiriladi.
Piyodalar yullari xisobidan turli kiosklar, dukon va boshka turdagi inshootlar kurilishi ta’kiklanadi.
Piyodalar yullari koplamasi mustaxkam va tekis bulishi, lekin sirpanchik bulmasligi lozim. Kucha-yul tarmogi koplamasidan farkli ularok, piyodalar yullari koplamasiga ketadigan xarajat ancha kamdir.
Piyodalar yullarida maksimal buylama kiyalik 6%ni tashkil etadi.
Piyodalar okimi kattaligi kuchada kanday ob’ektlar kurilganligiga xam boglikdir. Masalan, ommaviy katnov ob’ektlari oldida 7,5m (maksimal kenglik) ni tashkil etsa, vitrinalar yonida unga yana 1 metr kushiladi.
Trotuarlar kuchaning katnov kismidan 15 sm balandlikda loyixalanib, chegaralovchi toshlar bilan ajratilib, katnov kismi tomonga 1,0-1,5% nishablikda kuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |