Iqtisodiy risklar mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqadi. Tuzilish belgilariga
ko‘ra iqtisodiy risklar mulkiy, tarmoq va moliyaviy risklarga bo‘linadi. Mulkiy risklar o‘g‘rilik,
diversiya, terrorchilik harakati, ekologik tanglik va boshqa sabablarga ko‘ra mulkni yo‘qotish
ehtimoli bilan bog‘liq. Tarmoq risklari iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahvolning o‘zgaruvchanligi
tufayli yuzaga keladi. Moliyaviy risklar pulning xarid quvvati o‘zgarishi natijasida pul
mablarlarini yo‘qotish ehtimoli bilan bog‘liq. Unga pulning qadrsizlanishi va deflyasiya risklari
kiradi.
2-jadvalda
maqsadning
funksionalligi,
vazifalarning
umumiyligi,
operatsiyalar
o‘xshashligining darajasi va boshqa omillarga qarab risklarni iqtisodiyotning makro, mezo va
mikro darajada tasniflanishi ko‘rsatilgan.
2-jadval: Risklar tasnifi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |