Fiskal-monetar risk ham ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida bo‘lib, u davlatning fiskal-
monetar siyosatini o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Davlatning fiskal va monetar siyosati
iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlashtirishga erishishning muhim vositasi hisoblanadi.
Fiskal-monetar risklar davlatning daromadlar va xarajatlar sohasidagi antitsiklik chora-
tadbirlar yordamida tarmoq va firmalarning ish bilan faollik sohasini aniqlashni talab qiladi.
Fiskal risklarning tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy-byudjet siyosati hisoblanadi.
YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiyotning tabaqalik darajasidagi risklarning asosiy
qismi banklar faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu risklar bankning turi va xususiyatiga,
uning faoliyati, xarakteri, hamda uning mijozlari tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ihtisoslashgan,
tarmoqlashgan va universal tijorat banklarining har birida riskning hamma turlari mavjud
bo‘ladi, lekin ularning paydo bo‘lish extimoli va xususiyati bank muassasasining turiga
36
bog‘liqdir. Halqaro bank amaliyotida universal tijorat banklarining faoliyati turlicha bo‘lib,
ular iqtisodiyot bilan bog‘liq hamma xizmat turlari bilan shug‘ullanadilar. Ixtisoslashtirilgan
tijorat banklari asosan o‘z faoliyatlarini aniq bir soxaga xizmat ko‘rsatishga, ya’ni aniq bir
ob’ektga yo‘naltirilgan faoliyatga qaratgan bo‘ladi. SHu jihatdan iqtisodiyotning shu
sohasida mavjud risklar ixtisoslashgan banklar faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Misol
uchun, faoliyati bo‘yicha innovatsion, investitsiyaviy, ssuda, jamg‘arma, ipoteka, depozit,
kliring, ma’lum bir mijozlar turiga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan, tarmoq bo‘yicha yoki
funksional belgisi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi banklar keng qamrovli faoliyat ko‘rsatib
turli xil iqtisodiy risklarga duchor bo‘lishlari mumkin.
Undan tashqari halqaro bank amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ixtisoslashtirilgan tijorat
banklarining faoliyati iqtisodiyotning rivojlanishiga, bozorga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular
hududiy, hududlararo va transmilliy bo‘lishi va hududlar, mintaqalarda yuzaga keluvchi
ob’ektiv va sub’ektiv risklar ular faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Ichki risklarning har xil turlari va darajalari bilan tijorat banklarining to‘qnashishi asosan ular
faoliyatining xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining sub’ektlari xisoblangan
korxonalar, xorijiy investorlar, davlat, yakka xujaliklar va ular bilan bog‘liq ashyoviy (tovar)
va monetar (pul) oqimi tebratadi. Xujalik oborotining g‘ildiragi bu – pul mablag‘lari bo‘lib,
ular banklar va boshqa moliyaviy muassasalar orqali oqib o‘tadi. SHuning uchun
iqtisodiyotning qaysidir bir sohasi yoki kanalida mavjud risklar banklar faoliyatiga ham ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Iqtisodiyotda nafaqat pul oqimida, balki barcha jarayonlarda riskning yuzaga kelishi uni
yuzaga keltiruvchi manbalarga bog‘liq bo‘ladi. Aniqrok qilib aytadigan bo‘lsak, risk bu
faoliyat ko‘rsatuvchi sub’ektlar amaliyotida yuzaga kelib iqtisodiy kategoriya sifatida
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda aniq va echimi bo‘lmagan holatning son va sifat jihatdan
bog‘liq bo‘lgan vokeliqni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |