1.“Devоni lug’оt-it turk” asari haqida Maxmud Kоshg’ariyning “Devоni lug’оt-it turk” asari – ilk turkiy yozma yodgоrlik



Download 32,99 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2022
Hajmi32,99 Kb.
#645300
  1   2   3
Bog'liq
maxmud qoshg\'ariy devoni lug\'at turk asari


Mavzu : Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’ati turk” asarining mohiyati


Reja:
1.“Devоni lug’оt-it turk” asari haqida
2.Maxmud Kоshg’ariyning “Devоni lug’оt-it turk” asari – ilk turkiy yozma yodgоrlik
3.“Devоni lug’оt it-turk” va “Qutadg’u bilig”dagi tabiat tasviri R.Denkоff talqinida



1.“Devоni lug’оt-it turk” asari haqida

«Devonu lug’otit-turk» («Turkiy so’zlar devoni») — Mahmud Koshg’ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72). Bu asarda 11-a. ning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G’arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug’ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. «Devonu lug’otit-turk»ning qo’lyozmasi 1914 y. Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo’lyozma Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa «Devonu lug’otit-turk» yozilganidan salkam 200 yil keyin, ya’ni Mahmud Koshg’ariyning o’z qo’li bilan yozilgan nusxadan 1266 yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko’chirilgan.
«Devonu lug’otit-turk» arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish maqsadida arabcha harakatlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo) ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib bo’lmas edi. Turkiy tildagi cho’ziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshg’ariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qo’llaydi yoki so’z boshidagi cho’ziqlikni ikki alif bilan ko’rsatadi yoki ikki xil talaffuz qilinadigan so’zlarga 2 xil ishora qo’yadi: azuqluq, eritmak so’zlaridagi Z va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qo’ygan, demak, bu so’zlar o’sha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf b-n ko’rsatish mumkin bo’lmagan turkiy talaffuzni «Devonu lug’otit-turk»da izohlab, ta’riflab o’tgan. «Devonu lug’otit-turk»da, avvalo, otlar, so’ng fe’llar izohlanadi. So’zlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan.
Mahmud Koshg’ariy «Devonu lug’otit-turk»ga o’zi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, tog’, cho’l, dovon, dengiz, ko’l, daryo va h. k. ning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Xarita, asosan, hoz. Sharqiy yarim sharga to’g’ri keladi. Asarda 11-a. dagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, ko’llar, turkiy qabilalar va urug’lar haqida, urug’larning ijtimoiy aqvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug’ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va o’simliklari, ularning nomlanishiga to’xtalib o’tadi, astronomik ma’lumotlar, burj va muchal haqida ham ma’lumotlar bor. «Devonu lug’otit-turk»da ayniqsa qabila va urug’ tillariga oid lingvistik ma’lumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har so’zning ma’nolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxa-ik so’zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so’zlarning etimologiyasiga to’xtalib o’tadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, cho’ziq va qisqa unlilar, ularning urug’ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida so’z turkumlarini, davr an’anasiga ko’ra, 3 so’z turkumiga: fe’l, ism, bog’lovchiga bo’lib, ularning yasalish va turlanish yo’llarini ko’rsatib o’tadi. «Devonu lug’otit-turk»da 250 dan ortiq maqol va matallar, o’nlab she’riy parchalar keltirilgan.
V. V. Bartolьd «Devonu lug’otit-turk»dan o’z ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin ko’rsatib o’tgan. Tilshunos olim V. I. Belyaev «Devonu lug’otit-turk» haqida shunday yozadi: «Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan… Muallif bergan ma’lumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu ma’lumotlarning aksariyatini isbot etmoqda». Nemis sharqshunosi K. Brokkelьman «Devonu lug’otit-turk» asarini 1928 yili nemis tiliga tarjima qildi. «Devonu lug’otit-turk» qo’lyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. «Devonu lug’otit-turk» ningturktilidagi keyingi qayta nashri 1957 y. amalga oshirildi. «Devonu lug’otit-turk» ikkinchi bo’lib o’zbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63 y. lari Toshkentda «Fan» nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima bo’lmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. O’zbekcha nashrining muqaddima qismida 11-a. filologlari, «Qutadg’u bilig» asari, Maxmud Koshg’ariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urug’ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkriptsiyasi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. «Devonu lug’otit-turk» o’zbekcha nashrining oxirida turkiy urug’, qabila, shaharlar va boshqalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan so’z va iboralar keng ta’riflanadi, izohlanadi. O’zbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan ko’rsatkichdir. Unda «Devonu lug’otit-turk»da uchragan so’zlar alifbo tarzida keltirilib, so’zning o’zbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur so’zning «Devonu lug’otit-turk» ning qaysi betlarida uchrashi (oldin o’zbekcha, so’ng turkcha nashrlarining beti, satri) ko’rsatib o’tiladi.
Devonu lugʻotit turk“ (arabcha: ديوانلغاتالترك; tarjimasi „Turkiy soʻzlar devoni“) — Mahmud Koshgʻariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72).[1][2] Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urugʻ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirilgan. „Devonu lugʻotit turk“ning qoʻlyozmasi 1914-yil Turkiyaning Diyorbakr sh.dan topilgan. 319 sahifali bu qoʻlyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa „D.t.l.“ yozilganidan salkam 200 yildan keyin, yaʼni Mahmud Koshgʻariyning oʻz qoʻli bilan yozilgan nusxadan 1266-yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy aldamashqiy tomonidan koʻchirilgan.
„Devonu lugʻotit turk“ arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib boʻlmas edi. Turkiy tildagi choʻziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshgʻariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qoʻllaydi yoki soʻz boshidagi choʻziqlikni ikki alif bilan koʻrsatadi yoki 2 xil talaffuz qilinadigan soʻzlarga 2 xil ishora qoʻyadi: azuqluq, eritmak soʻzlaridagi 3 va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qoʻygan, demak, bu soʻzlar oʻsha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turkiy talaffuzni „Devonu lugʻotit turk“da izohlab, taʼriflab oʻtgan. „Devonu lugʻotit turk“da, avvalo, otlar, soʻng feʼllar izohlanadi. Soʻzlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan.
Mahmud Koshgʻariy „Devonu lugʻotit turk“ga oʻzi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, togʻ, choʻl, dovon, dengiz, koʻl, daryo va h.k.ning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Harita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga toʻgʻri keladi. Asarda 11-asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, koʻllar, turkiy qabilalar va urugʻlar haqida, urugʻlarning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urugʻ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va oʻsimliklari, ularning nomlanishiga toʻxtalib oʻtadi, astronomik maʼlumotlar, burj va muchal haqida ham maʼlumotlar bor. „Devonu lugʻotit turk“da ayniqsa qabila va urugʻ tillariga oid lingvistik maʼlumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har soʻzning maʼnolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik soʻzlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim soʻzlarning etimologiyasiga toʻxtalib oʻtadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, choʻziq va qisqa unlilar, ularning urugʻ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida soʻz turkumlarini, davr anʼanasiga koʻra, 3 soʻz turkumiga: feʼl, ism, bogʻlovchiga boʻlib, ularning yasalish va turlanish yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan.
V. V. Bartold „Devonu lugʻotit turk“dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Til-shunos olim V. I. Belyayev „Devonu lugʻotit turk“ haqida shunday yozadi: „Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan… Muallif bergan maʼlumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda“. Nemis sharqshunosi K. Brokkelman „Devonu lugʻotit turk“ asarini 1928-yil nemis tiliga tarjima qildi. „Devonu lugʻotit turk“ qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. „Devonu lugʻotit turk“ ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957-yil amalga oshirildi. „Devonu lugʻotit turk“ ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63-yillari Toshkentda „Fan“ nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, „Qutadgʻu bilig“ asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. „Devonu lugʻotit turk“ oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi, izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan koʻrsat-kichdir. Unda „Devonu lugʻotit turk“da uchragan soʻzlar alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur soʻzning „Devonu lugʻotit turk“ ning qaysi betlarida uchrashi (oldin oʻzbekcha, soʻng turkcha nashrlarining beti, satri) koʻrsatib oʻtiladi.


Download 32,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish