N – ovoz darajalari miqdori. i – kodlash teranligi.
Misol uchun, kodlash teranligi 16 ga teng bo’lganda ikkilikda ovozni eng quyi chegarasi 0000000000000000 va eng yuqori chegarasi 1111111111111111 ga teng bo’ladi.
Kodlash – axborotni shartli belgilar va qoidalar tizimi yordamida tasvirlashdir. Har qanday axborot kompyuter xotirasida 0 va 1 raqamlarining ketma-ketligi yordamida kodlanadi.
Alfavit – sonli axborotni bayt deb ataluvchi 8 razryadli so’zlar bilan ifodalash mumkin. Bayt 256 ta turli qiymat qabul qila olishi sababli 256 ta turli simvollarni kodlash mumkin. Bunday kodlashtirish bir baytli deb ataladi. Ikki baytli kodlash Unicode hozirda keng tarqalgan, bunda simvollar kodi 0 dan 65 535 ta turli sonlarni kodlash mumkin.(masalan, Windows NT operatsion tizimi) ES EHM larda ikkilik kodlashtirish (DKOI), mikroprotsessorlarda, shaxsiy kompyuterlarda, mikro-EHM larda ASCII kodlashtirish usuli qo’llaniladi.
Microsoft firmasi Windows kompyuterlari uchun ANSI кodlashtirish jadvalini yaratdi. Keyin “rus” versiyali ANSI – jadvali ishlandi. Windows uchun birinchi kodlashtirish OEM – kodlashtirish edi. Windows ning keyingi versiyalarida OEM dan ANSI ga va aksincha teskarisiga o’tkazish standart funksiyalari mavjud.
Misol: DKOI da kodlashtirish
1. 1917 - 1-11110001
9-11111001
1-11110001
7-11110111 – 4 bayt
2. она - о-11011011
н-11011010
а-01110111 – 3 bayt
3. -6.285 - - 01100000
6-11110110
.-01001011
2-11110010
8-11111000
5-11110101 -6 bayt
ANSI da kodlashtirish
1. 1917 - 1-00010011
9-10010011
1-00010011
7-01110011 – 4 bayt
2. она - о-11101110
н-11011110
а-00001110 – 3 bayt
3. -6.285 - - 11010010
6-01100011
.-11100010
2-00100011
8-10000011
5-01010011 -6 bayt
Obyekt uchun uning kodli belgisini berib almashtirish jarayoni kodlashtirish deyiladi. Kodlashtirish tizimida ikki metoddan foydalaniladi:
• tasnifli kodlashtirish tizimi;
• qayd qiluvchi kodlashtirish tizimi.
Tasnifli kodlashtirish tizimida obyektlar avvaldan sinflarga yoki iyerarxik (daraxtsimon) obyektlar tizimiga ajratilib belgilab chiqiladi.
Misol: Oliy ta’lim tizimida ta’lim darajalari, bilim sohasi, yo’nalishlar va mutaxassislik ma’lumotlari quyidagi obyektlarga ajratilib kodlashtiriladi.
X X X X X X X
- Ta’lim dasturi darajasi kodi;
- mutaxassislik kodi;
- yo’nalish kodi;
- ta’lim sohasi kodi;
- bilim sohasi kodi.
Ta’limning xalqaro standart tasniflash tizimiga muvofiq bakalavriat yo’nalishi 5 raqami bilan belgilanadi. Magistratura yo’nalishi esa 5 va A belgilari bilan belgilanadi. Masalan: bakalavlar quyidagicha kodlashtiriladilar – 5140100, 5211300, 5520400 va 5340800; magistrlar 5A140101, 5A211301, 5A520403 va 5A340800.
Odatda kod harflar, raqamlar va ba’zi maxsus belgilardan iborat alfavit asosida yaratiladi. Har bir kod o’zining uzunligi va tarkibi bilan xarakterlanadi. Kodning uzunligi – koddagi «Biznes va boshqaruv» yo’nalishi uchun standartda belgilangan umumiy kod – 340 000, Bakalavriatning «Soliqlar va soliqqa tortish» yo’nalishi kodi – 5340800, magistraturaning «Davlat soliqlari va yig'imlari» mutaxassisligi kodi – 5A340802.
Qayd qiluvchi kodlashtirish tizimida obyektlar avvaldan sinflarga ajratilmaydilar.
Masalan: Fakultetning barcha talabalari o’quv guruhlariga ajratilib, ularga tartib nomeri beriladi. Har bir guruh ichida har bir talaba alfavit tartibi bo’yicha o’z qayd nomeri beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |