3.Boshqa
Umuman olganda har bir kuchaytirgich uchta asosiy qismga ega:
1. Boshqamvchi (kuchaytiruvchi) inersion bo‘lmagan element;
2. 0 ‘zgarmas tok manbai;
3. Nagruzka (iste’molchi).
Qolgan barcha qismlar yordamchidir. Bunda nagruzka kuchayib
chiqqan signalni ajratib olish uchun, yordamchi qismlar
kuchaytirgichning u yoki bu ish rejimini hosil qilish uchun xizmat kiladi,
Boshqamvchi element turiga qarab kuchaytirgichlar lampaviy yoki
yarimo‘tkazgichli (tranzistorli) bo‘ladi. Nagruzka qarshiligining turiga
qarab esa, aperiodik yoki tanlovchi kuchaytirgichlarga ajraladi.
Tanlovchi kuchaytirgichlarda nagruzka vazifasini tebranish konturlari
bajaradi. Agar u yakka tebranish konturidan iborat bo‘lsa kuchaytirgich
rezonans kuchaytirgich deb, bog‘langan tebranish konturidan iborat bo‘lsa, u o‘zgarmas polosali kuchaytirgich deb ataladi.
Rezonans kuchaytirgichlarda signallar spektridan bitta yoki juda
kichik chastota diapazoniga to‘g‘ri keladigan tebranishlar kuchaytirib
beriladi. Bu xususiyat uning chastota tanlash xususiyati deb ataladi.
O‘zgarmas polosali kuchaytirgichlar deyarli to‘g‘ri to'rtburchak
shakliga yaqin o‘tkazish polosasiga ega. Shuning uchun ular signal
spektridagi tebranishlaming ma’lum chastota oralig‘ini kuchaytirib beradi.
Aperiodik kuchaytirgichlarda nagruzka vazifasini rezonans
xususiyatiga ega bo‘lmagan elementlar, drossel, transformator va .
boshqalar bajaradi. Shunga ko‘ra ular nagruzkaning turiga mos nomlar
bilan yuritiladi. Masalan, qarshiliklarda tuzilgan kuchaytirgich, drosselli
kuchaytirgich va boshqalar.Qarshiliklarda tuzilgan kuchaytirgichlar yana
reostat kuchaytirgichi, RС-kuchaytirgich yoki sig‘im bog‘Ianishli
kuchaytirgich deb ham ataladi.
Kuchaytiriladigan signal chastotasining absolut qiymatiga qarab
kuchaytirgichlar past chastotali, yuqori chastotali va o‘zgarmas tok
kuchaytirgichi kabi turlarga bo‘linadi.
Past chastotali kuchaytirgichlar tovush diapazonidagi tebranishlaming
fq-fyu ishchi chastota oralig‘ini bir me’yorda kuchaytirish uchun xizmat
qiladi, ya’ni ulaming asosiy hislati fy/fq chastota nisbatining yetarlicha
katta bo‘lishidir. Bunday kuchaytirgichlar aperiodik kuchaytirgichlarga
misol bo‘la oladi.
O‘zgarmas tok, aniqrog‘i, sust o'zgaruvchi tok yoki kuchlanish
kuchaytirgichlari past chastotali kuchaytirgichlaming bir turi bo‘lib, ularda
kuchaytiriladigan signal chastotasi nolga yaqin bo‘ladi. Kuchaytirgichlar
yana o'tkazish polosasining kengligiga, signalning shakli va boshqa
belgilarga qarab ham turlarga ajratilishi mumkin.
Umuman olganda hamma kuchaytirgichlar signalning quwatini
oshirish uchun xizmat kiladi, ya’ni barcha tur kuchaytirgichlar quwat
kuchaytirgichlaridir. Lekin ko‘p hollarda kuchaytirgichning ishini baholash
uchun uning chiqishidagi tok yoki kuchlanishning qiymati katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ular shartli ravishda kuchlanish,
tok va quwat kuchaytirgichlariga bo‘linadi.
Quwat kuchaytirgichlari kuchaytirish bosqichining oxirgi pog‘onasiga
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ular yana oxirgi kaskad, chiqish kaskadi kabi nomlar bilan ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |