2.1. Davrlashtirish muammolari
Mashhur tarjimashunos Jorj Stayner Injildan so‘ng adabiyotlarni nazariya, amaliyot va tarjima tarixiga oid to‘rt davrga ajratadi5.
Uning ta’kidlashicha, ilk davrda Aleksandr Freyzer Tytlerning 1791-yildagi “Tarjima asoslari to‘g‘risida”gi ocherki nashriga qadar fan Sitseron va Horase6ning tarjimaga oid fikr va qarashlariga asoslangan.
Ushbu davrning asosiy xususiyati shundaki, “bevosita tajribaga asoslangan markaz”, ya’ni tarjima haqidagi tamoyil va nazariyalar bevosita tarjima amaliyotiga tayanadi.
Stayner ikkinchi davrni nazariya va germenevtik tadqiqot davri sifatida hamda so‘z boyligining oshirishi va tarjimaga yondashuv metodologiyasining shakllanishi bilan xarakterladi.
Uchinchi davr 1940-yilda mashina tarjimasi vositasida qilingan o‘girmalar birinchi bor qog‘ozda chop etilishi bilan boshlanadi hamda bu davr struktur tilshunoslik va muloqot nazariyasini tarjimashunoslikka joriy qilinishi bilan xarakterlanadi.
Staynerning to‘rtinchi davri uchinchi davrga asoslangan bo‘lib, 1960-yilning boshiga to‘g‘ri keladi. “Germenvtik, shuningdek, metafizik tadqiqotlarni tarjima va talqinga” qaytishi bilan xarakterlanadi. Qisqa qilib aytganda, tarjima fanining kengayishi va bir qancha fanlarni - mumtoz filologiya va qiyosiy adabiyotshunoslik, leksik statistika va etnografiya, sinfiy nutq sotsiologiyasi, retorika, nazm va grammatikani birlashtirish tarjima akti va “tillar orasidagi muloqot” jarayonini ochib berishdi.
Staynerning davrlashtirish nazariyasi ishonarli bo‘lishiga qaramay, tarjimashunoslikni diaxronik o‘rganish qiyinchiliklarini keltirib o‘tadi, birinchi davr 1700 yilni qamrab olsa, qolgan ikki davr atigi o‘ttiz yilni tashkil qiladi.
Uning fan rivoji haqidagi kuzatuvlari juda o‘rinli, shuningdek, birinchi davr haqidagi talqini hozirgilariga mos keladi.
Uning tarjima tarixini to‘rt davrga bo‘lishini o‘rinli deb ayta olmaymiz, biroq u bir katta xavfli fikrdan chetlanishni uddaladi: adabiyot tarixidagi davrlashtirish yoki kompartmentalizatsiya ya’ni ajratishni chetlab o‘ta oldi.
Lotmanning ta’kidlashicha, inson madaniyati dinamik sistemadir, aslida davrlarni sanalar bilan ajratish deyarli mumkin emas.
Qat’iy dunyoviy chegaralar dinamikaning zid doirasida madaniy rivojlanish bosqichlarini topish uchun harakat qiladi.
Biz uyg‘onish davrining aniq chegaralarini aniqlash davomida “davrlashtirish yondashuvida” muamm.olar paydo bo‘ladi.
Adabiy jarayon ko‘z oldimizda nomoyon bo‘lganida o‘rta asrda Petrarx yoki Choser ijod qilganmi yohud ular uyg‘onish davri yozuvchilari, yo Rabelais o‘rta asrda, yo Dante uyg‘onish davri yozuvchisimi degan o‘ylar paydo bo‘ladi. Shu nuqtayi nazaridan tarjimalarni tadqiq etish u darajada foyda keltirmagan edi.
T.R.Steyner Sir Jon Denhamdan boshlab va Wilyam Covper bilan tugaydigan, 1650-1800 oralig‘idagi ingliz tarjima nazariyasini tahlil qiladi va shuni aniqlaydiki, XVIII asrda tarjimon konsepti tasvirchi va imitator (taqlid qiluvchi)ga tenglashtirilgan.
Andre Lefever7 nemis tarjima an’anasiga asos bo‘la oladigan Luterdan boshlab Gotched, Gyotedan Shlegel va Sgleirmaxer, shuningdek, Rozensveggacha bo‘lgan davrdagi tarjimaga oid ma’lumotlar, hujjatlarni to‘playdi va asoslaydi.
Tizimli yondashuvga ega bo‘lmagan, lekin F.O.Matesson8 XVI asrning to‘rtta asosiy tarjimoni (Hoby, Nors, Florio va Filimon Holland)ni tahlil qiladi,
Mattesonning qator da’volariga ko‘ra “Angliyaga uyg‘onish davri Elizabetik tarjimalarni o‘rganilishi bilan kirib kelgan” biroq bu fikr ilmiy asoslanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |