Na bo‘lgaykim bu o‘t ichra menga shafqat suyin sochsang,
Tarahhum ilki birla bu girih bo‘lg‘on ishim ochsang.
Ul kimarsa base rahmdil erdi va chun aning ul nav’i nolasin eshitib, bechoraligin ko‘rdi, ersa o‘ziga aydi: “Agarchi yilon odamizodlarning dushmani erur, ammo holo bu darmondalik va hayronliqda hech andin yaxshi ermaski, anga lutf-ehson ko‘rguzmoq birla dunyo saodatin va oxirat savobin topg‘ayman”, deb nayza uchig‘a tubrani birkitib sundi: yilon ani g‘animat bilib, filhol tubra ichiga kirdi. Ul kimarsa ani toshqori olib soldi va aydi: “Endi balodin najot topding, qayon xo-hish etsang, anda borg‘il. Ondin keyin kishining ozori qasdida bo‘lmog‘ilkim, kishiga ozor berguvchi ikki dunyoda la’natga sazovordur, oxiratda uqubatga giriftor.
Bayt:
Kishiga berma ozori, yiroq bo‘l,
Xalos o‘lmog‘likingg‘a ushbudur yo‘l”.
Yilon aydi: “Bu na so‘zdurkim, men senga va tevaga zaxm urmag‘uncha hech sori ketmasman”. Va ul kishi aydi: “Man senga yaxshiliq qilib, o‘tdin olg‘onimning jazosi bumudur? Qit’a:
Men senga ko‘rguzdum oyini vafo,
Bas, nedur sendin manga rasmi jafo?”
Yilon aydi: “Oriy sen yaxshiliq qilding – vale o‘runsuz yerga qilding. Bilurmusankim, men zararning mazhari va zahrning ma’dani tururman va senkim yomonliq qilur kishiga yaxshilik qilding, senga sazovor uldurkim, alam va jafo ko‘rgoysan, chunkim yomonlarg‘a yaxshilik, yaxshilarg‘a yomonliq hukmida durur. Misra:
Chunonkim yaxshilar haqida kishi gar
Ravo ermasdurur kilmoq yomonliq.
Yomonlar haqida ham joyiz ermas
Birov ko‘rsa lutfu mehribonliq.
Va digar ba’zukum liba’zin aduvun hukmi birla bizlar oramizda qadimiy adovat bor durur, ya’ni tovus va yilon, va iblis, Odam va Havo Alayhissalom ba’zilaringiz ba’zilarg‘a dushman erursizlar.
Lozim bo‘ldikim, sango zaxm urg‘oyman, to o‘zgalar mundin tanbeh olg‘oylar”. Ul kishi aydi: “Ey yilon, insof hamisha qilg‘ilkim, yaxshiliqg‘a yomonliq qaysi mazhabdadur?” yilon aydi: “Sizlarning odatingizlar shundog‘durur. Man bu rasmni sizlardin o‘rgondim, o‘zingizlardin olg‘anni o‘zungizlarg‘a sotarman. Misra:
Sotib olg‘ondin, o‘ziga andaki ham sotqoysan”.
Hikoyatning boshlanishida bir kishining tuyaga minib kelayotganini mulla Muhammad Temur ravishdosh oborot bilan bersa (“bir kishi tevaga minib...”), Almaiy sifatdosh oborot bilan (“bir teva mingan kishi...”) ag‘dargan.
Biroq, ba’zan shunday hollar ham uchraydiki, bular asarning badiiy qimmatiga ta’sir qiladi. Masalan, mulla Muhammad Temur tarjimasida berilgan:
Men senga ko‘rguzdum oyini vafo,
Bas, nedur sendin menga rasmi jafo?
misralari Almaiy tarjimasida tashlab ketilgan. Ba’zan har ikki tarjimada ham asl nusxada aytilgan baytlar aks ettirilgan bo‘lsa-da, ammo ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Masalan, Almaiy ijrosida:
Xudodin qo‘rqg‘il-u, ozor berma,
Qutulmog‘ni yo‘li bu bo‘ldi-yu, bas
deb berilgan misralar mulla Muhammad Temur tarjimasida misralarning to‘laligi va qofiyalanishiga e’tibor qilgan holda ancha mukammal aks ettirilgan edi:
Kishiga berma ozori, yiroq bo‘l,
Xalos o‘lmog‘liqingg‘a ushbudur yo‘l.
Bu o‘lmas asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi ikki xalqning – hind va o‘zbek xalqining yuragini bir-biriga payvand qilishda katta rol o‘ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |