198-guruh talabasi Jumabayeva Feruzaning “Matnshunoslik” fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


-mavzu: Matnshunoslikning adabiyotshunoslik va tilshunoslik taraqqiyotidagi o’rni



Download 3,45 Mb.
bet9/16
Sana04.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#636421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Matnshunoslik.Jumabayeva Feruza

16-mavzu: Matnshunoslikning adabiyotshunoslik va tilshunoslik taraqqiyotidagi o’rni


Manbashunoslik va matnshunoslikda matn ma’nosi keng qamrovli tushuncha. Matn deganda, muallif ijod etmoqchi bo‘lgan fikr va g‘oyaning yozuvdagi in’ikosi tushuniladi. Matn deganda yaxlit bir asar, qo‘lyozma nusxa ham anglashiladi. Qadimiy matnlar tadqiqi bilan matnshunoslar (manbashunoslar) shug‘ullanadilar. Ularning vazifalariga adabiyotshunoslik va tilshunoslikka xos bo‘lgan, tarixchilarning manbashunoslik va istoriografiya sohalaridagi barcha tadqiq usullarini qo‘llash kiradi. Matnshunoslik qo‘lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko‘rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg‘otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matn taqdiri, saqlanish darajasi, nashr bezaklari va tavsifiy belgilarini o‘rganish matn tushunchasining klassik ta’rifiga sig‘masa-da, matnshunoslikda qabul qilingan matn tushunchasi, uni o‘rganish doirasiga kiradi.
Hozirgi zamon filologiyasida matn ustida ishlash masalalarida ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qoida yo‘q. Manbashunoslar matn tarixi, tadqiqi va tavsifi ustida ko‘proq bosh qotirsalar, matnshunoslar ularga qo‘shimcha ravishda matn talqini tadqiqiga alohida e’tibor qaratadilar. Shuning uchun ham manbashunoslik tarixiy va tabiiy fanlar sohasiga, matnshunoslar asosan filologiya sohasiga tegishliligi bilan farqlanib turadi. O‘z navbatida matnlarni badiiy va lingvistik tadqiq etish masalarida ham matnshunoslar o‘rtasida bir to‘xtamga kelinmagan. Bu matn interpretatsiyasi ustida ishlayotgan olimning qaysi fan sohasida ish olib borishiga bog‘liq.
Talqin tadqiqi badiiy asarning yozma yodgorlik sifatidagi qimmatini baholash, davr ruhi, muallif yondashuvi (ob’ektivlik va sub’ektivlik), badiiy asar matni haqida to‘liq tasavvur paydo bo‘lishida ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, matnshunoslik badiiy asarning matn zamiridagi yashirin ma’nolarini, botiniy jihatlarini ochib berish, uning yaratilish tarixi, matn o‘zgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlash va muallif varianti saqlanib qolmagan taqdirda, asarning dastlabki ko‘rinishiga yaqin matnni tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
1.Matn tarixini o‘rganish.
2.Matn talqinini tadqiq etish.
3.Matn tuzish.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, matn bir qancha yordamchi sohalar – editsiya, arxeografiya, germenevtika, ekzegetika kabilar bilan bog‘liq holda ham tadqiq etiladi. Masalan, editsiya – hujjatli va mumtoz matnlarning ilmiy nashrini amalga oshirishdir. Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, birlamchi ishlov berish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun asarning o‘tmishda tutgan o‘rni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi. Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi. Matnshunoslik qo‘lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko‘rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg‘otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matn taqdiri, saqlanish darajasi, nashr bezaklari va tavsifiy belgilarini o‘rganish matn tushunchasining klassik ta’rifiga sig‘masa-da, matnshunoslikda qabul qilingan matn tushunchasi, uni o‘rganish doirasiga kiradi. Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi matn tarixini kompleks ravishda o‘rganishdir. U matn taqdirini yoritadi va matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini oydinlashtiradi.
Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir. Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: “Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi; tekstologiya”[1]. O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻤﺘﻥ) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, pishiq, qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, “bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy “-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan.
“Matnshunoslik” istilohining fanda qachondan qo‘llana boshlangani borasida rus paleografiyasi tarixi va zamonaviy matnshunoslik ishlari, xususan, XVIII – XX asrlarda amalga oshirilgan nashrlarni o‘rgangan S. A. Reyser shularni yozadi: “Tekstologiya so‘zi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Bu so‘z 1930-yillar o‘rtalarida birinchi marta B. V. Tomashevskiy tomonidan 1926/27 o‘quv yili Leningrad san’at tarixi instituti kurslarida qo‘llangan. 1957–1967 yillar oralig‘ida birin-ketin SSSR Fanlar akademiyasining Jahon adabiyoti institutida “Tekstologiya masalalari” nomi bilan to‘rt to‘plam: “Tekstologiya asoslari”, “X–XVII asrlar rus adabiyoti materiallarida tekstologiya”, “Tekstologiya. Qisqacha ocherk” kabi ahamiyatli kitoblar bosiladi. “Tekstologiya” garchi yangi istiloh hisoblansa–da, lekin tushunchaning o‘zi qadimiydir. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish